|
Sulfattiklovchi (sulfatreduksiya qiluvchi, desulfatlovchi) bakteriyalar (STB, DSB)
|
bet | 3/6 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #118003 |
Bog'liq 1 ma\'ruzaSulfattiklovchi (sulfatreduksiya qiluvchi, desulfatlovchi) bakteriyalar (STB, DSB) – po’lat, temir va alyuminiyda asosiy anaerob korroziya qo’zg’atuvchilaridir. Taxmin qilinishicha, ular qo’zg’atadigan korroziyaning mexanizmi ushbu bakteriyalar hayot kechirishi davrida hosil bo’ladigan qattiq temir sulfidi katod depolyarizasiyasini jadallashtirishi yoki bakteriyalar polyarizasiyalangan vodorodni iste’mol qilishidir.
Sulfattiklovchi bakteriyalar sanoatning ko’p tarmoqlariga, ayniqsa neft va gaz qazib olishga katta zarar yetkazadi. Ular neft saqlash uchun qo’llaniladigan po’lat omborxonalar, turboreaktiv samolyotlarning yonilg’i asbob-uskunalari, yonilg’i o’tkazuvchi trubalar va suv ta’minlovchi teskari gradirnyalarda faol korroziya qo’zg’atadi. Yapon tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko’ra, yer osti tunnellarining temirbeton devorlari yemirilishining asosiy sabablaridan biri bu bakteriyalar vodorod sulfid chiqarishi va keyinchalik temir sulfid hosil bo’lishidir.
Neftning bakterial bioparchalanishi aerob va anaerob muhitda 80os gacha bo’lgan haroratda kuzatiladi. Neft sathidan pastki qismida Neft asosan anaerob parchalanadi. Neftda erigan sulfat mavjud bo’lsa, bioparchalanishni sulfattiklovchi, agar erigan sulfat oz bo’lsa, unda metan bakteriyalar qo’zg’atadi. Bakteriyalar hayoti uchun lozim bo’lgan azot, fosfor va kaliyni suvdan oladi. Neft bioparchalanishi quyidagi o’ta salbiy natijalarga olib keladi:
- neftning yopishqoqligi kamayadi (bu esa Neft chiqishini kamaytiradi);
- neftning solishtirma og’irligi kamayadi (bu esa olingan Neft mahsulotining sifatini pasaytiradi);
- Neft tarkibidagi to’yingan va aromatik karbonvodorodlarga nisbatan asfalt qismi ko’payadi;
- ba’zi metallar miqdori ko’payadi;
- oltingugurt miqdori ko’payadi;
- Neft nordonligi oshadi;
- neftda karboksil guruhli kislotalar va fenollar hosil bo’ladi.
AQSHning Oklaxoma shtatida qazib olingan va parchalanishi bo’yicha uch guruhga ajratilgan neftning tahlili bunga misol bo’la oladi (1-jadval).
Sulfattiklovchi bakteriyalarning tabiatda ko’p uchrashi ular obligat anaerob bo’lishiga qaramasdan, havo ta’sirida halok bo’lmasligi bilan bog’liqdir. Ular tuproq, chuchuk va dengiz suvi, oltingugurt va neftning geologik cho’kindilarida uchraydi. Ular ko’pincha aerob shilimshiq hosil qiluvchi mikroorganizmlar bilan birikma paydo qiladi. Taxminga ko’ra bu mikroorganizmlar sulfattiklovchi bakteriyalar uchun ozuqa moddalar va anaerob sharoit yaratadi.
Qulay sharoitda sulfattiklovchi bakteriyalar katta miqdorda, ular nafas olishining oxirga mahsuloti bo’lgan, vodorod sulfidini hosil qiladi. Shuning uchun ular vodorod sulfidining yuqori miqdorlariga (2 g/l) ham chidamli. Ular 3-15 os va 35-40 os orasida hayot kechira oladi, ko’pchiligi uchun opimal harorat 25-30os, ba’zilari uchun 37-46os. Termofil turlar Desulfovibrio thermophilus 45-70os, optimum 55os, D. nigrificans optimum 65os haroratda o’sadi. Xabar qilinishicha, ba’zi sulfattiklovchi bakteriyalar yuqori bosim (1000 atm.) sharoitida 104os haroratda ham vodorod sulfid hosil qilish qobiliyatini yo’qotmaydi. Ular o’sishi uchun optimal rN 7,0-7,5, ammo ba’zi turlar rN 4,2 dan rN 10,5 gacha bo’lgan sharoitda ham o’sa oladi.
Sulfattiklovchi bakteriyalar quyidagi turkum va turlarga mansubdir. Desulfovibrio turkumiga sporasiz gramsalbiy, harakatchan (xivchinchalari mavjud), hujayra qiyshiqligi har xil darajada bo’lgan (vibroid, sigmoid, spiralloid) bakteriyalar kiradi; juda kam hollarda hujayralari to’g’ri va tayoqchasimon. Barcha turlar qat’iyan anaerob, 25-45os harorat va rN 5,5-9,0 (optimum 7,2) sharoitida o’sadi. Ular elektron aktseptori sifatida sulfatlardan tashqari sulfit, tiosulfit va tetrationatni ishlata oladi. Bu turkumga mansub turlardan eng kamida 4 tasi – D. desulfuricans, D. vulgaris, D. africans va D. salixegenes metallarda biokorroziya qo’zg’atadi. D. africans – lofotrix (monopolyar politrix), qolganlari monopolyar monotrix. Ularning barchasi chuchuk va sho’rroq, ba’zan sho’r (galotolerant D. africans turi) suvda yashaydi. D. desulfuricans chuchuk suv havzalari tagidagi balchiqda va oqava suvda uchraydi, bitta kenja turi sho’r suvdan ham ajratilgan. Bulardan tashqari sulfattiklovchi bakteriyalarning yana 6 ta – Desulfomonas, Desulfobacter, Desulfobulbus, Desulfococcus, Desulfosarcina va Desulfonema turkumi ta’riflangan (Kondrateva, 1983). Ular orasida tayoqcha, ellips va dumaloq (Desulfococcus) shakllilari, sartsina (Desulfosarcina) hosil qiluvchilari mavjud. Desulfonema turlari o’lchami 3-13x3-8 mkm1 bo’lgan va ikkiga bo’linib ko’payuvchi hujayralardan tashkil topgan, uzunligi ba’zan 1 m ga yetadigan ip (trixoma) lar paydo qiladi.
|
| |