|
Mavzu: Biozararlanish fanining maqsad va vazifalari, dolzarbligi. Biozaralanish, ekologik-texnologik muammo sifatida. Litotrof va Organotrof bakteriyalar va ularning tuzilishi. Reja
|
bet | 4/6 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #118003 |
Bog'liq 1 ma\'ruzaTion bakteriyalari
Tion bakteriyalari oltingugurt va sulfatlarning har xil tiklangan birikmalarini oksidlaydi. Ular tufayli murakkab metall inshootlari, tosh va temirbeton qurilmalar, rezinali asbob-uskuna va jihozlar (shina, shlang) korroziyaga uchraydi. Tiobatsillalar oksidlashi mumkin bo’lgan oltingugurtning tiklangan birikmalari ma’lum; bular – oltingugurt (S–), vodorod sulfid, tiosulfat (S2O3–), tritionat (S3O6–), tiotsianat (CNS–) va b. Oltingugurt birikmalarini oksidlashda ajraladigan energiyani tiobatsillalar o’sish va biosintez uchun qo’llaydi. Ularning asosiy turlari Thiobacillus turkumiga mansub, tayoqcha shaklli, gramsalbiy, mayda (1-4x0,5 mkm). Aksariyati polyar tomonlarida xivchinchali va harakatchan. Ko’payishi binar bo’linish orqali. Ba’zi turlari hujayra ichi membranalarining rivojlangan tarmoqlariga ega.
Tiobatsillalar aerob va odatda faqat molekulyar kislorod mavjudligida o’sadi; ba’zi shtammlari uning miqdori kam bo’lganida ham o’sishi mumkin. Ular orasida fakultativ anaeroblari (T. denitrificans) mavjud. Muhit nordonligi darajasiga qarab tiobatsillalar neytral muhitda o’sadiganlar va atsidofillarga bo’linadi. Atsidofillar uchun optimum rN 2,5-3,5, ammo ular hatto rN 0,5-1,5 bo’lganida ham o’sishi mumkin. Neytral sharoitda o’sadiganlar qatoriga T. thioparus, T. denitrificans va b. kiradi. Atsidofillarga T. thiooxidans, T. ferrooxidans, T. acidophilus va b. mansubdir. Tiobatsillalarning aksariyati uchun optimal harorat 25-30os, ammo ba’zi shtammlari 8-10os da, boshqalari esa 60-75 os da ham o’sa oladi.
Nitrifikator bakteriyalar ammiakni oksidlash paytida ajratiladigan azot kislotasining ta’siri vositasida metallarda korroziya va serkovak qurilish materiallarida biozararlanish qo’zg’atadi. Bu jarayon 2 bosqichda o’tadi. 1 mkm (mikrometr) - metrning milliondan bir qismi (eski nomi – mikron Birinchi bosqichni 5 ta, xususan Nitrosomonas, Nitrosococcus, Nitrosospira, Nitrosolobus va Nitrosovibrio turkumlariga mansub turlar amalga oshiradi:
NH4+ + 1,5O2 → NO2– + 2H+ + H2O + 270,7 kDj/mol
Ikkinchi bosqichda Nitrobacter, Nitrospira va Nitrococcus turkumlariga mansub turlar ishtirok etadi:
NO2– + 0,5O2 → NO3– + 77,4 kDj/mol
Har ikki bosqichda ajralib chiqqan energiyani nitrifikatorlar hujayralari o’sishi va normal hayot kechirishi uchun ishlatadi.
Ammiak yoki nitritlarni nitratlargacha oksidlovchi bakteriyalar Nitrobacteriaceae oilasiga jamlangan. Barcha turlari obligat aerob, spora hosil qilmaydi, rivojlanishi uchun optimal rN 7,7-8,0 va harorat 25-30os. Tuproq, ko’l, dengiz, okean suvlari va cho’kindi balchiqlarda keng tarqalgan, oqava suvlar va foydali qazilma konlarida ham ko’p uchraydi. Ko’p hollarda nitrifikasiyaning har 2 bosqichini amalga oshiruvchi bakteriyalar ayni bir joydan ajratiladi. Barcha avtotrof nitrifikator bakteriyalar bir hujayrali, gramsalbiy. Hujayralarining shakli dumaloq, ellips, tayoqcha, spiral yoki pallalardan tashkil topgan. Ularning kattaligi har xil, uzunligi 1,0 mkm bilan 6,5 mkm, kengligi esa 0,3 mkm bilan 1,0 mkm orasida. Harakatsiz va harakatchan xillari mavjud; keyingilarning polyar, subpolyar va peritrix holatda joylashgan xivchinchalari bor. Ko’pchiligi ikkiga bo’linib, faqat Nitrobacter turlari kurtaklanib ko’payadi. Ba’zi turlar o’sish davrida shilimshiq ichida joylashgan harakatsiz hujayralar to’plami (zoogleya) hosil qiladi.
Nitrifikatorlarning ko’pchiligi, har xil turlarda shakli va joyi har xil bo’lgan, hujayra ichi membranalarining rivojlangan tarmoqlariga ega. Biroq odatda membranalar periferik (Nitrosomonas europea) yoki polyar (Nitrobacter winogradski) yoxud hujayra markazida dasta (Nitrococcus oceanus) bo’lib joylashgan lamellalar shakliga ega. Barcha nitrifikatorlar o’sishi uchun kislorod mavjud bo’lishi lozim, ammo ba’zi turlar uchun uning yuqori kontsentrasiyalari nomuvofiq (Kondratev, 1983). Ammoniyni oksidlovchi turlardan eng yaxshi o’rganilgani – Nitrosomonas europea. Uning hujayralari tuxum shaklli, gramsalbiy, polyar xivchinchalari bor. Organik moddalarni ishlatmaydi, balki ular bakteriyaga nisbatan zaharlidir. Nitrit hosil bo’lishida qat’iy shaklda elektronlarning oxirgi aktseptori sifatida molekulyar kislorod xizmat qiladi.
Nitrifikasiya ikkinchi bosqichining asosiy qo’zg’atuvchilari Nitrobacter turlaridir. Ular uchun bu bosqich energiya olishning yagona usulidir. Nitrobacter winogradski eng yaxshi o’rganilgan. Uning hujayralari mayda, tuxum shaklli, gramsalbiy.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Biozararlanish fanining maqsad va vazifalari, dolzarbligi. Biozaralanish, ekologik-texnologik muammo sifatida. Litotrof va Organotrof bakteriyalar va ularning tuzilishi. Reja
|