|
Inshootlar, buyumlar, materiallar, mahsulotlar organizmlar bilan zararlanganda foydali xususiyatlarini yo’qotadilar. Ularni biozararlanish ob’ektlari yoki biozararlanadigan ob’ektlar deyiladi
|
bet | 2/6 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #118003 |
Bog'liq 1 ma\'ruzaInshootlar, buyumlar, materiallar, mahsulotlar organizmlar bilan zararlanganda foydali xususiyatlarini yo’qotadilar. Ularni biozararlanish ob’ektlari yoki biozararlanadigan ob’ektlar deyiladi.
Biozararlanish hamisha, qanday bo’lmasin, to’g’ridan to’g’ri yoki bir tomondan atrof-muhit bilan bog’langan deb qaraladi. Muhitsiz hech qanday biozararlanish vujudga kelmaydi va bo’lmaydi. Biozararlanishning atrof-muhitda o’z analoglari-ekologik prototiplari bo’lib, tabiatda shunga o’xshash hodisalar inson paydo bo’lishidan oldin ham, ayniqsa hozirgi davrda inson muntazam ravishda muhitni buyum va materiallar bilan to’ldirib turishi biozararlanishni vujudga kelishiga sharoit yaratadi.
Biozararlanishlardan biri - kemalarda suv o’tlari, qisqichbaqasimonlar va mollyusklar bioqoplamasining o’sishi-tabiatda ularning suzivchi buyumlarga tabiiy o’sivchi bioqoplama ularni ekotiplari mavjudligidan darak beradi. Masalan: suvga qulagan daraxtlarda va h organizmlarning muhitga tushgan yangi predmetga nisbatan ta’sirchanligi
Biozararlanishlar jarayoni nafaqat atrof-muhit ta’sirini sezadi, o’z navbatida o’rab olgan barcha yaqin muhitni o’zgartirib, unga ham ta’sir ko’rsatadi. O’zini olganda, inson tomonidan yaratilib va atrof-muhitga kiritilgan ob’ekt kuchli ekologik muhit hisoblanib, bir xil hollarda organizmlar tomonidan faol foydalanilsa, boshqalarda – ularga salbiy ta’sir ko’rsatadi, uchinchilarida esa bilvosita yashash joyi va tarqalishga nisbatan ularga yangi imkoniyatlar tug’diradi.
Agarda biozararlanish jarayonini paydo bo’lishidagi va rivojlanishidagi antropogen faktorning ahamiyatini aniqroq baholamoqchi bo’lsak, unda inson o’zi ishlab chiqargan va tabiatga kiritgan ob’ektga tirik organizmlar ta’sirining boshini va oxirini qayd qiladi, so’ngra zaruratga qarab uni yo’q qiladi.
Biozararlanish muammosi keng rejali tadbirlarni talab etadi va uni mablag’da hisoblash qiyinchilik tug’diradi. Iqtisodiy nuqtai nazardan biozararlanish tufayli taxminiy hisoblarga ko’ra har yili bir necha o’n mlrd. dollar zarar ko’riladi.
Bu muammoga ijtimoiy nuqtai nazardan qaraganda biozararlanish tufayli keltiriladigan talofotni hech qanday baholashning imkoni bo’lmaydi. Ammo uning bahosi iqtisodiy zarardan ham yuqori turadi. Bunday talofot sifatida bebaho san’at asarlari (arxiv materiallari, noyob kitoblar, qadimiy ustalarning bebaho san’at asarlari),
qushlar bilan to’qnash kelganda havo laynerlari yo’lovchi va ekipajlarining nobud bo’lishi,
texnik moslamalar va inshootlarning zarar ko’rishi, oyna, optika, turli plastmassalar, rezina, apparatura, yo’l qoplamalari, suv to’g’onlari, transportlarda bakteriya va zamburug’lar, o’simliklar, hasharotlar, kemiruvchilar, suv bioqoplamalari va boshqa organizmlar tufayli zarar ko’rishini ko’rsatib o’tishning o’zi kifoyadir.
Materiallarni biozararlanish va bioparchalanishdan himoya qilishni o’rganishdagi keskin burilish bu jarayonda mikroorganizmlarning roli aniqlangandan so’ng o’rin oldi.
Mikroorganizmlar ta’sirida yog’ochlar zararlanishini o’rganish 19 asrda boshlangan bo’lsa, qog’oz, kitob va hujjatlar zararlanishi 20 asrning boshlarida, sanoatda qo’llaniladigan materiallarning zamburug’lar bilan zararlanishi 20 asrning o’rtalarida tadqiq qilina boshlandi. Ma’lumotlarga ko’ra 2-nchi jahon urushi yillarida tropik mintaqalarda har xil mamlakatlar armiyalarining ko’p aslaha-anjomlari mikroorganizmlar ta’sirida yo’qotilgan. Masalan, Yangi Gvineyada Avstraliya armiyasining brezent, chodir, kiyim, oyoq kiyim, rezinadan tayyorlangan buyumlar, elektr asbob-uskunalar, radiostansiyalar va b. butunlay yaroqsiz holga kelgan.
Materiallarga mikroorganizmlardan zamburug’lar eng katta zarar yetkazishi isbotlangan. Ular barcha tabiiy, ko’p sintetik materiallarni va hatto po’lat va temirbetondan tayyorlangan murakkab inshootlarni, barcha yonilg’i turlari, lak, bo’yoq, madaniyat va san’at yodgorliklari va obidalarini, boshqa ko’p jihoz va buyumlarni zararlaydi.
Zamburug’lar bilan materiallar zararlanishi ularning tuzilishi bilan bog’liq. Birinchi navbatda ichida zamburug’lar uchun ozuqa bo’lib xizmat qiladigan moddalar (tabiiy tolalardan tashkil topgan to’qimalar, yog’och, oqsilli yelimlar, karbonvorodlar) mavjud bo’lgan materiallar zararlanadi. Zamburug’lar bu materiallarni karbon va energiya manbai sifatida qo’llaydi va yaroqsiz holga keltiradi.
Shu bilan birga, tarkibida biror ozuqa moddalari bo’lmagan materiallar (masalan, metall va nometall buyumlar, optik jihozlar) ham zararlanadi. Yaqqol micol –durbin shishasi ustida mitseliy o’sish jihozni darhol yaroqsiz holga keltiradi. Bunday hollarda materiallar zararlanishining sabablari: 1) ular havodan tushadigan chang va zamburug’ sporalari bilan ifloslanishi; 2) materiallarning bir-biri bilan kontaktda bo’lishi, masalan, zamburug’ bilan oldin jihoz g’ilofi zararlanishi va keyin shishaga o’tishi va h. bo’lishi mumkin.
Shisha ustidan mog’orni tozalab ketkizgandan so’ng ham uning ustida mitseliyning botiq “rasmi” (izi) qoladi; bu zamburug’ metabolitlari (asosan organik kislotalari) ta’sirida shisha yemirilishi natijasidir.
Bakteriyalarning alohida guruhlari ular o’zlashtiradigan energiya va karbon manbaalari bilan farqlanadi. Energiya manbai sifatida yorug’likdan foydalanuvchi bakteriyalar fototrof bakteriyalar, oksidlanish – tiklanish reaksiyalaridan foydalanuvchilari esa xemotrof bakteriyalar guruhlarini tashkil qiladi. Energetik jarayonda elektronlar donori sifatida anorganik moddalarni qo’llovchi organizmlar litotroflar,
organik moddalarni qo’llovchilar esa organotroflar deb ataladi.
Karbon elementi manbaiga bo’lgan munosabatiga qarab, barcha tirik organizmlar singari, bakteriyalar ham avtotrof va geterotroflarga bo’linadi.
Avtotroflar tana tuzilmalarini qurishda yagona karbon manbai sifatida karbonat angidridni,
geterotroflar esa – tayyor organik moddalarni ishlatadi.
Metallar korroziyasini qo’zg’atishda qatnashuvchi bakteriyalarning ko’pchiligi xemotroflardir
z
Xemotrof va geterotrf bakteriyalar o’sishi uchun haroratning ustki chegarasi ko’p hollarda 90 os va undan ham yuqoriroqni tashkil etadi. Misol uchun, metallarda faol biokorroziya qo’zg’atuvchi Thiobacillus turkumiga mansub bakteriyalar o’sishi uchun haroratning ustki chegarasi 60 oS; biokorroziya qo’zg’atuvchi sulfatreduksiya qiluvchi bakteriyalarning bir turi uchun esa 70 oS. Ba’zi muhitni oksidlovchi bakteriyalar 90 oS haroratda o’sa oladi. Bunday bakteriyalarning termostabilligi ular oqsillarining (birinchi navbatda fermentlarining) issiqlikka chidamliligi bilan bog’liq. Ularning membranalaridagi lipid moddalari, karbonning ko’p sonli atomlariga ega bo’lgan to’yingan va shoxlangan moy kislotalari mavjudligi bilan ta’riflanadi.
Ba’zi bakteriyalar PH 1 yoki PH 10 bo’lganida ham o’sish va rivojlanishini to’xtatmaydi. Misol uchun, Thiobacillus turkumiga mansub bakteriyalar turlaridan bittasi uchun optimal PH 1-3, boshqasi uchun esa - PH 9,8.
Ba’zi bakteriyalar yuqori havo bosimiga o’ta chidamli. 750 atm bosimida o’sa oladigan turlar mavjud; ba’zi turlar uchun optimal bosim 100-300 atm. Biokorroziya qo’zg’atuvchi sulfatreduksiya qiluvchi bakteriyalar 3500 metrdan ham chuqurroqda joylashgan neft skvajinalaridan ajratilgan; bu chuqurlikda bosim 400 atm dan ortiq, harorat esa 60 oS va 100os orasida o’zgarib turadi.
Muhitdagi tuzning yuqori miqdorlariga ham bakteriyalarning o’ta chidamli turlari mavjud. Misol uchun, ba’zi turlar osh tuzining to’yingan eritmasida (~32%) o’sa oladi.
Bakteriyalarning qattiq materiallarni yemirish xususiyati ma’lum darajada ularning qattiq substrat va zarrachalar ustiga adsorbsiya qila olish qobiliyati bilan bog’liq. Ko’pincha adsorbsiya bakterial yemirilishning 1-nchi bosqichidir. Misol uchun, ma’lumki, bakteriyalar shisha ustiga yopisha oladi. Shishaga adsorbsiya qilgan ba’zi bakteriyalar uni yemira boshlaydi. Elektron mikroskop vositasida o’tkazilgan tekshiruvlarda ba’zi shilimshiq modda hosil qiluvchi bakteriyalar shishaga yopishgan joylarini eritishi va u yerda botiqlik hosil qilishi aniqlangan.
Tiobatsillalar oltingugurtning qattiq zarrachalarini o’zlashtirishida adsorbsiyaning roli yaxshi o’rganilgan. Adsorbsiyadan so’ng oltingugurt kristallari ustida botiqliklar paydo bo’ladi.
Bu jarayonda bakteriyalar chiqaradigan fosfatidilinozit sirt faol moddasi katta rol o’ynaydi Kristallarga bakteriyalar adsorbsiyasini oddiy nur mikroskopida ham kuzatish mumkin.
Bunda adsorbsiya joylarida kristalllar tezda eriy boshlaydi. Sellyuloza parchalovchi mikroorganizmlar uning tolalariga yopishadi va tola bo’ylab uzunasiga joylashadi.
Bunday mikroorganizmlarning hujayralari juda katta adsorbtsion qobiliyatga ega va ular sellyuloza tolalariga juda mahkam yopishadi.
Tuproqda polixlorvinil pardasi parchalanishini tadqiq qilganda, parda ustida mikroorganizmlarning ma’lum shakllari selektiv usulda adsorbsiya qilinishi va ayni shu mikroorganizmlarning mikrokoloniyalari ostida parda kuchli o’zgarishi aniqlangan.
Ba’zi bakterial ekzofermentlarning nisbatan kam ixtisoslashgan bo’lishi bakteriyalar har xil materiallarni faol bioparchalashiga imkon yaratadi. Misol uchun, Bacillus subtilis turining ishqorli proteinazalari (subtilizinlari) oqsillarni gidroliz qilishi bilan birga amidlar, aminokislotalar efirlari va ularning hosilalari, tuban moyli kislotalarning efirlari (metilbutirat, etilvalerat va b.) va hatto ba’zi triglitserinlarning (misol uchun tributirinning) gidrolizini kataliz qilishga qodir. Pseudomonas fluorescens turining ekzolipaza fermenti tabiiy substratlardan (glitserin va moy kislotalarining efirlaridan) tashqari, past tezlikda bo’lsa ham, karbon kislotalarining har xil sintetik efirlarini (etilenglikoldiatsetat, dimetiladipinat, propion kislotasining butil efirini) gidroliz qila oladi.
Litotrof bakteriyalar va ularning tuzilishi.
Litotroflardan biozararlanishning eng faol namoyandalari sulfattiklovchi, tion, nitrifikator va temir bakteriyalaridir. Ular qo’zg’atadigan metallar korroziyasi, beton, tosh, g’isht va boshqa materiallar yemirilishining o’lchami g’oyat katta.
Sulfattiklovchi (sulfatreduksiya qiluvchi, desulfatlovchi) bakteriyalar (STB, DSB)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Inshootlar, buyumlar, materiallar, mahsulotlar organizmlar bilan zararlanganda foydali xususiyatlarini yo’qotadilar. Ularni biozararlanish ob’ektlari yoki biozararlanadigan ob’ektlar deyiladi
|