• 6-BOB. ELEKTRON TIJORAT MUAMMOLARI VA UNGABO’LGANTAHDIDLAR 6.1. Elektron tijoratdagi iqtisodiy firibgarliklar
  • Tarmoqdagi piramida larning eng oddiy usuliga misol bo’lib zanjir bo’ylab xat jo’natish
  • Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet156/442
    Sana19.06.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #264348
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   442
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. Toshkent-2020

    RSA Keon
    dasturiy-texnik kompleksidan foydalanadi. Ushbu dasturiy-texnik kompleks 
    elektron 
    raqamli 
    imzo 
    infratuzilmasi 
    tarkibiy 
    qismlarining 
    barcha 
    elementlarini o’z tarkibiga oladi va tashkilotlarni boshqarish bo’yicha boshqa 
    tizimlar bilan birgalikda ishlay oladi. 
    6-BOB. ELEKTRON TIJORAT MUAMMOLARI VA 
    UNGABO’LGANTAHDIDLAR 
    6.1. Elektron tijoratdagi iqtisodiy firibgarliklar 


    Toshkent Moliya instituti 
    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
    Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali virtual savdoni amalga 
    oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning real extimolligi mavjud 
    bo’ladi. Ular real xayotdan orttirgan «
    qimmatli»
    tajribalarini muvaffaqiyatli 
    ravishda virtual dunyoda xam qo’llab ko’rishni judayam xoxlaydilar. Firibgarlar 
    orasida Internet piramidalarini tuzib boyishga xarakat qiluvchilar birinchi o’rinda 
    turishadi. Keyingi o’rinda maxsulot va xizmatlarni juda past narxlarda taklif 
    qiladiganlar bo’lib, mijoz pulni o’tkazganidan so’ng, uning o’rniga xech narsa 
    ololmaydi. Undan keyingi shoxsupada kompyuter va uning dasturiy ta’minotini 
    «
    sotuvchi
    » lari turadi. To’rtinchi o’rinni internetda xilma xil ish va tadbirkorlik 
    faoliyatini tashkil qiluvchilar egallaydi. Nixoyat, oxirgi o’rinda uyda biror bir ish 
    bajarishni taklif qiluvchilar turishadi. AQSh Federal Savdo Komissiyasining 
    reytingiga asosan firibgarlar orasidagi eng ommabop mexanizm piramida tashkil 
    qilish va uni risoladagiday yurgizishdir.
    Tarmoqdagi piramida
    larning eng oddiy usuliga misol bo’lib 
    zanjir 
    bo’ylab xat jo’natish
    kiradi. Bunda Siz biror bir kimsadan xat olasiz va unda 
    boshqa bir qancha odamning nomi va manzili ko’rsatiladi. Sizga bu shaxslarning 
    birinchisiga masalan 100 so’mdan jo’natish va uning o’rniga ruyxat oxiriga o’z 
    nomingizni yozib qo’yish taklif qilinadi. Keyin ushbu xatni o’z tanishlaringizdan 
    bir qanchasiga jo’natish kerakligi ko’rsatiladi. Siz menga xam nixoyat baxt kulib 
    boqdi va kaminaga katta miqdordagi mablag’ ishlab olish imkoniyati yaratildi deb 
    juda xursand bo’lib, bu o’yinga qo’shilishingiz mumkin. Lekin keyinchalik xech 
    nima ololmasangiz xafa bo’lmang, chunki bu xatni eng birinchi yuborgan odam 
    allaqachon tegishli pulni ishlab olib, juftakni urgan va Siz endi xech nima ola 
    olmaysiz. Piramidaning ikkinchi usuliga 

    Download 5,43 Mb.
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   442




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari

    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish