|
Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari Pdf ko'rish
|
bet | 240/442 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 5,43 Mb. | | #264348 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. Toshkent-2020Huawei Tech Investment Tashkent
kompaniyasi tomonidan tashkil
etilgan "
Bulutli hisoblash O‘zbekiston sammiti-2016
" xalqaro anjumani bo‘lib
o‘tdi. 2017 yil 21 sentyabrda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi hamda
Microsoft
kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik
memorandumi imzolanib, bu hujjatda AKT sohasidagi istiqbolli hamkorlik
yo’nalishlari belgilab olindi.
IaaS
bulut texnologiyalaridan O‘zbekistonda
avvallari xam foydalanilgan, bu esa tashkilotlarni resurs talab qiladigan mijoz va
tarmoq
IT
-infratuzilmasini xamda ma’lumotlarga ishlov berish moddiy va dasturiy
infratuzilmasini tashkil qilish muammolaridan holi etadi.
IaaS
infratuzilma
autsorsingidan foydalanib, bulutli xizmatlar iste’molchilari ortiqcha xarajatlardan
xalos bo‘ladilar.
PaaS
bulutli texnologiyalari O‘zbekistonning yetarlicha moddiy
bazaga ega bo‘lmagan ishlab chiqaruvchi va xizmat kursatuvchi kompaniyalari
loyihalarini amalga oshirishda foydalanilishi mumkin.
SaaS
turiga mansub bulutli
texnologiyalar O‘zbekistonda endigina joriy qilinmoqda. Bizning fikrimizcha, bu
birinchi navbatda, asosan chekka xududlarda, Internet tarmog‘iga ulanish
tezligining pastligi bilan bog‘liq. Biroq kelgusi yillarda
SaaS
xizmatlari eng ko‘p
talab qilinadigan xizmatlardan biriga aylanadi, chunki so‘nggi yillarda bulutli
yechimlarning qo’llanilish kulami jahon bozorida jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda
va butun dunyo bo‘ylab katta o‘sish sur’atlari ko’payishi aynan
SaaS
yo‘nalishida
kuzatilmoqda. Ekspertlarning baholashlariga ko‘ra, jahon tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, davlat hukumati muassasalaridagi katta hajmli axborotlar eng
takomillashgan yondashuvlarni talab qilganligidan aynan davlat sektorida
SaaS
xizmatlari uchun eng barqaror talab shakllanishi mumkin.
Quyidagi jadvalda O‘zbekistonda tashkil etilgan ma’lumotlar-markazida (
data-
center
) o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bir qancha kompaniyalar xaqida qisqacha
ma’lumotlar keltirilgan:
|
| |