• Ma’lumotlar havfsizligi bo’yicha muhandislar
  • Robototexnika operator-muhandisi
  • Informatsion texnologiyalar bo’yicha huquqshunos (IT-yurist)
  • Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet395/442
    Sana19.06.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #264348
    1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   442
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. Toshkent-2020

    Ovozli interfeyslar dizayneri 
    – insonning raqamli yordamchilar, chat-botlar, 
    personal robotlar bilan ovozli muloqot qilishiga imkon beradigan interfeyslarni 
    yaratadi, sun’iy intellekt javob reaktsiyalarining algoritmlarini tuzadi. 
    Buyumlar interneti interfeyslari dizayneri 
    – qurilmalarning turli-tumanligi va 
    ularni boshqarish usullarining xilma-xilligini hisobga olgan holda buyumlar 
    interneti tizimlarining interfeyslarini loyihalashtiradi. 
    Ma’lumotlar havfsizligi bo’yicha muhandislar 
    – Ma’lumotlarni raqamlashtirish 
    va shifrlashning havfsizligini hamda konfidentsiyalligini ta’minlab beradi, 
    tashkilot ichidan va uning tashqarisidan ma’lumotlarga ruhsat berilmagan 
    kirishlarga nisbatan himoyani amalga oshiradi.
    Robototexnika operator-muhandisi 
    – ishlab chiqarishda va hizmat ko’rsatishda 
    ishlatiladigan robototexnik komplekslarning boshqaruvini amalga oshiradi va 
    ularning maqsadga muvofiq ravishda ishlashini ta’minlab turadi. 
    Ma’lumotlar bilan ishlay oladigan mutaxassislar 
    – katta ma’lumotlar 
    massivlari bilan ishlay oladi, ularni qayta ishlash va analizi bilan shug’ullanadi, 
    statistik analiz usullaridan foydalangan xolda jarayonlarni o’rgana oladi va ular 
    asosida kerakli bo’lgan matematik modellar quradi. Matematik modellardan 
    foydalangan holda qonuniyatlarni topadi hamda biznes va fan-texnika 
    rivojlanishining bashoratlar qila oladi, jarayonlarning eng optimal rejimlarini 
    hisob-kitoblar orqali aniqlay oladi.
    Informatsion texnologiyalar bo’yicha huquqshunos (IT-yurist)
    – raqamli 
    iqtisodiyot sharoitlarida biznes yuritishning huquqiy ta’minotini amalga oshiradi. 
    Mamlakat va chet ellardagi bu soha bo’yicha barcha qonunlarni yaxshi biladi va 
    globalizatsiya sharoitlarida to’g’ri va aniq huquqiy hulosalar bera oladi. 

    Download 5,43 Mb.
    1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   442




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari

    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish