                  
Toshkent shahar
Yunusobod tumanidagi
327- sonli maktabning
geografiya fani o’qituvchisi
Xabibova Feruzaning
8-sinflar uchun
“Mashinasozlik istiqbollari”
mavzusidagi dars ishlanmasi
8-“A” sinf
O`zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi
Mavzu: Mashinasozlik istiqbollari.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad:
O`quvchilarga respublikamizdagi yuksalib borayotgan mashinasozlik tarmoqlari haqida ma`lumot berish;
Tarbiyaviy maqsad:
O`quvchilarni darslikdan tashqari adabiyotlarni o`qishga da`vat etish; o`quvchilar ongiga insonparvarlik, vatanparvarlik, hamdo`stlik va milliy g`oyalarni singdirish;
Rivojlantiruvchi maqsad:
Mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, o`z-o`zini boshqarishga o`rgatish;
Dars turi:
O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantiruvchi;
Darsda foydalaniladigan metodlar:
“Diqqatni jamlash” , savol-javob, test, jadval bilan ishlash, og`zaki bayon, krossvord, matn bilan ishlash.
Darsning jihozi: Innovatsion AKT sinf xonasi
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. (2 minut)
Diqqatni jamlash:
3 minut vaqt davomida “Mashinasozlik majmuasi” konseptual xaritasini to`ldiring.
Mashinasozlik
majmuasi
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: (15 minut)
1.Quyidagi savollarga javob bering:
- O`zbekistonda avtomobilsozlikka qachon asos solindi?
-Asakadagi avtomobil zavodining boshqa korxonalar bilan aloqalari qanday?
-O`zbekistonda qishloq xo`jaligi mashinasozligi vujudga kelganini qanday izohlash mumkin?
-Qishloq xo`jaligi mashinasozligining asosiy korxonalari qaysilar?
2.Testni bajaring:
1.Masinasozlik majmuasining yalpi sanoat mahsulotidagi salmog`I qancha?
A) 17.5% ; B) 15% ; S) 10% ; D) 5% ;
2.Jahonda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-davlat?
A) Qozog`iston ; B) O`zbekiston ; S) Rossiya ; D) Ukraina
3.Yaponiya bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan avtobus rusumini belgilang:
A) Otayo`l ; B) Mersades-Bens ; S) Isuzu; D) Damas;
4.”MAN” yuk tashish mashinalari qaysi davlat bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda?
A) Yaponiya B) Janubiy Koreya S) Turkiya D) Germaniya
5.”Damas” rusumidagi avtomobillar qaysi viloyatda ishlab chiqarilmoqda?
A) Xorazm B) Andijon S) Toshkent D) Samarqand
6.Universal traktorlar qaysi zavodda ishlab chiqariladi?Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
A) “Algoritm” da B) TTZ da S) “Toshqishloqmash” da D)”Paxtamash” da
7.O`zbek-Isroil qo`shma korxonasida qaysi qishloq xo`jaligi mashinalari ishlab chiqarilmoqda?
A) Traktorlar B)Kultivatorlar S) Paxta teradigan mashinalar
D) Irrigatsiyada qo`llaniladigan mashinalar
8.Ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan eng yirik korxona?
A) TTZ B) Chirchiq qishloqmash S) KochXolding D) Paxtamash
9.Irrigatsiya mashinasozligining yirik markazi qaysi viloyat hisoblanadi?
A) Toshkent B) Andijon S) Farg`ona D) Namangan
10.Asakadagi avtomobil zavodi uchun akkumulyatorlar qayerda ishlab chiqariladi?
A) Urganchda B) Jizzaxda S) Gulistonda D) Xivada
Savol
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Javob
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3.Jadvalni to`ldiring:
|
Qo`shma korxona
nomi
|
Qaysi davlat bilan
hamkorlikda?
|
1
2
3
4
5
|
Uz-Daewoo Avto
SamKochavto
GM-Uzbekistan
Sam-Avto
MAN
|
|
III. Yangi mavzuni tushuntirish: (10 minut)
Mashinasozlik majmuasining yuksalishiga hamohang korxonalar tobora alohida detallarni ishlab chiqarishga ixtisoslashmoqda.Ayni vaqtda tayyor mahsulot qiymatida xomashyo hissasi qisqarib malakali mehnat hissasi ahamiyati ortmoqda. Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t. Bunday jarayonni mashinasozlik korxonalari qoshida kasb-hunar kollejlari, ilmiy tajriba konstruktorlik byurolari singari ilmiy muassasalar faoliyat ko`rsatayotganida ham kuzatish mumkin .
Poytaxtimiz Toshkentdagi V.P.Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi o`shanday korxonalarning namunasi deyish mumkin. Bu korxonani shahar ichidagi shahar desa bo`ladi. Unda necha o`n minglab ishchi, muhandis, ixtirochilar ishlaydi. Jahonda eng ulkan “Antey” rusumli transport samolyoti shu korxonada bunyod etilgan. 1993-yilda birlashma IL-114 rusumli 64 yo`lovchiga mo`ljallangan yangi samolyot ishlab chiqardi. U An-24 va YAK-40 singari eskirgan samolyotlarga qaraganda yoqilg`ini 2 barobar kam sarflaydi.19996-yildan “Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat aksiadorlik jamiyatiga aylandi.
O`tgan asrning o`rtalaridan boshlab elektrotexnika sanoati alohida tarmoq tarzida shakllandi. EHM ishlab chiqaradigan “Algoritm” zavodiga asos solindi. EHM uchun mikroelektronika elementlari, mikrosxemalar, masofadan turib boshqarish sistemalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan “Zenit” zavodi ishga tushirildi. 19990-yil konsern “O`zeltexsanoat” uyushmasiga aylantirildi.
Radioelektronika va elektrotexnika Respublika mashinasozlik majmuasining jadal rivojlanuvchi istiqbolli tarmog`i.Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
To`qimachilik sanoatining yuksalishi xomashyogagina bog`liq bo`lmay, uni zamonaviy to`quv dastgohlar, asbob uskunalar bilan ta`minlashga ham bog`liqdir. Bunday jihozlarni “O`zbek to`qimachilikmash” birlashmasida ishlab chiqariladi. Birlashma korxonalari Toshkent, Qo`qon , Jizzax shaharlarida joylashgan.
Kimyo va neft-kimyo mashinasozligi 1941-yilda tashkil topgan.Uning yirik korxonasi Chirchiq shahridagi “O’zbekkimyomash”zavodi dastavval kimyo, mikrobiologiya , selluloza-qog’oz sanoati korxonalari uchun uskunajihoz ishlab chiqarar edi.Hozirda kimyo uskunalari , turbokompressorlar , ventilatorlar ,nasoslar
ishlab chiqarilmoqda. Toshkent “Komperessor”zavodida qo’shma kampressor stansi-
yalar ishlab chiqariladi . Namanganda esa neft va gaz quduqlari uchun jihoizlar ishlab chiqarilmoqda.
Kommunal xo`jaligi mashinasozligi tarmog`ida Samarqand liftsozlik zavodi ishlamoqda. Namangan - Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholi soni boʻyicha Fargʻona vodiysida oldingi oʻrinda. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Zavodda yo`lovchi va yuk liftlari yog`ochga ishlov beradigan stanoklar ishlab chiqariladi. Zavod negizida Rossiya va O`zbekiston qo`shma korxonasi “Sharq lift” tashkil etadi . Mashinasozlik korxonalarining istiqboli huquqiy joylashuvini inson omili belgilaydi.Qishloq aholisini ish bilan ta`minlash maqsadida mashina qismlarini ishlashga ixtisoslashtirilgan kichik korxonalar qishloqlarda barpo etilmoqda .
O`tgan asr o`rtalarigicha O`zbekiston mashinasozligi nafaqatgina qishloq xo`jaligi mashinalari ishlab chiqargan va ularni ta`mirlash hamda paxtani qayta ishlovchi korxonalarga yetkazib bergan edi.Endilikda esa mashinasozlik majmuyining yarmigina agrosanoat majmuasi bilan bog`liq.
Keyingi davrlarda O`zbekiston mashinasozligiga an`anaviy tarmoqlarni rivojlantirish bilan bir qatorda oz metall va ko`p mehnat talab tarmoqlar jadal rivojlandi.Natijada ko`p tarmoqli mashinasozlik tarkib topdi
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: (10 minut)
1.Krossvordni yeching:
Savollar:
1.Jahonda eng ulkan transport samolyotining nomi.
2.Tumanimizda joylashgan elektrotexnika zavodi.
3.Elektron hisoblash mashinalari ishlab chiqaradigan zavod.
4.Kompressor zavodi joylashgan shahar.
5.”Sharqlift” qo`shma korxonasidagi hamkor davlat.
5
II.Matnni to`ldiring:
Toshkent aviatsiya Ishlab chiqarish birlashmasida _______________ rusumli ______ nafar yo`lovchiga mo`ljallangan yangi samolyot ishlab chiqarildi.
“O`zeltexsanoat” uyushmasi tarkibida _______ dan ortiq _________________ faoliyat ko`rsatmoqda.
Radioelektronika va elektrotexnika Respublika mashinasozlik majmuasining ___________ ________________, _______________ tarmog`i.
“O`zbekto`qimachilikmash” birlashmasi korxonalari ____________ __________________ , ____________ shaharlarida joylashgan.
Chirchiq shahrida _________________________ zavodi joylashgan bo`lib , _________-yilda tashkil topgan.
V.O`quvchilarni baholash (3 minut)
VI.Uyga vazifa: (2 minut)
22-darsni o`qish , yozuvsiz kartadagi topshiriqlarni bajarish.
|