• Java Script dasturlash tili va unda sodda masalalarni dasturlash
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi




    Download 378,02 Kb.
    bet5/7
    Sana20.12.2023
    Hajmi378,02 Kb.
    #124908
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Asirova Sevara M Ish
    Mavzu, 4-Laboratoriya, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja, MTA 1-amaliy ish topshiriqlari, netniki, parviz 1-mustaqil ish, Ismoilov 2, j.abdulaziz.dock, 3mbum, 2-, Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug, lab1-4.t.x, 1-Mustaqil ta'lim, 7-mavzu, openstack
    Masalalarni echish bosqichlari
    Kompyuterda masalani yechish bosqichlari quyidagilar:
    1.Masalani qo‘yish va uning matematik modelini ishlab chiqish. Ushbu bosqichda boshlang‘ich malumotlar tarkibi aniqlanadi. Masalani qo‘yish odatda echiladigan masalaning asosiy xususiyatlarini og‘zaki tavsiflash bilan tugallanadi va so‘ngra, masala matematik modeli yoziladi.
    2.Echish usulini tanlash. Masala matematik ifodalanib bo‘lgandan so‘ng uni echish usuli tanlanadi. Bunda izlanayotgan natijalarning boshlang‘ich ma’lumotlarga bog‘liqligini aniqlaydi. Hozirgi zamon hisoblash matematikasi fan va texnikaga oid turli masalalarni echish uchun ko‘plab sonli usullarga ega.
    3. Masalani echish algoritmini ishlab chiqish. Bu bosqichda kompьyuterda masalani echish uchun bajariladigan amallar (buyruqlar) ketma-ketligi tavsiflanadi. Biz buni algoritmlash deb ataymiz.
    4.Dasturlash. Bunda algoritm biror algoritmik tilga ko‘chiriladi.
    5.Dasturni kiritish va xatolarini tuzatish.
    6.Masalani bevosita kompьyuterda echish va natijalarni tahlil qilish. Bunda dasturda kerakli boshlang‘ich qiymatlar berilib kompьyuterda natija olinadi va tahlil qilinadi. Bu bosqichda agar kerak bo‘lsa algoritm va dastur modernizatsiya qilinishi ham mumkin. Yangi olingan ma’lumotlar asosida kerakli xulosalar ishlab chiqiladi. Bu ma’lumotlar qo‘yilgan masalani turlicha tahlil qilishga, murakkab jarayonlarni tushunishga, olamshumul yangiliklarning ochilishiga, yangi nazariyalarning, texnika mo‘‘jizalarining yaratilishiga xizmat qiladi. Umuman olganda «Model-algoritm-dastur» uchligi modellashtirishning intelektual mag‘zini tashkil etadi, bunday uchliksiz kompyuterda murakkab masalalarni echishda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.

    Java Script dasturlash tili va unda sodda masalalarni dasturlash

    JavaScript dasturlash tili interaktiv saytlar tuzish uchun ishlab chiqilgan. Uni alohida .js kengaytmali faylda saqlanadi va sahifa bilan birgalikda ishga tushiriladi. HTML faylda JavaScript faylni ulash uchun maxsus quyidagicha teg yoziladi:





    Odatda skriptlar sahifaning eng quyi qismiga ya’ni tegi oldidan ulash amalga oshiriladi.


    JavaScript’da dasturlash — brauzer nima ishlar bajarishi kerak ekanligini ko’rsatib beruvchi qo’llanmalar ketma-ketligi. Ushbu qo’llanmalar ham o’z vaqtida tepadan pastga qarab ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
    JavaScript’da biror bir qo’llanma yakunlanganini bildirish uchun satr s’nggi nuqta vergul qo’yiladi va keyingi sahifaga o’tiladi. Nuqta vergul belgisini yozmasdan yangi sahifaga o’tish orqali ham qo’llanma yakunlanganini bildirish mumkin. Ammo bu usul har doim ham ishlayvermaydi. Shuning uchun nuqta vergul qo’yish maqsadga muvofiq
    JavaScript HTML faylda yozilgan kodlarni o’zgartirish imkoniyatiga ega emas, lekin u brauzerda foydalanuvchiga ko’rinadigan qismini o’zgartirib beradi.
    Izohlar (kommentlar)
    Kommentlar — bu kodni tushunishga yordam beruvchi qo’shimcha izohlar hisoblanadi. U brauzerda ko’rinmaydi va dastur ishlashi uchun hech qanday ta’sir o’tkazmaydi. Komment ichidagi qo’llanmalar ishlamasligi uchun uni ko’proq kodning ma;lum bir qismini o’cirib turish uchun foydalaniladi.
    JavaScript’da ikki xil komment ko’rinishi mavjud:

    // Bir satrli komment.


    /*
    Ko'p satrli.
    Uning yordamida bir vaqtda bir nechta satr kodlarini o'chirib qo'yish imkoni mavjud.
    */
    querySelector metodi
    Sahifadagi biror bir elementni izlab topish uchun querySelector metodidan foydalanladi. U selektor bo’yicha qidirish imkonini beradi:
    document.querySelector('селектор');
    Bu qo’llanma ikki qismdan iborat: Birinchisi — JavaScript izlashi kerak bo’lgan element. document so’zi skript ulangan veb-sahifa nazarda tutiladi. Umuman olganda, sahifa nomi qanday ekanligining umuman qizig’i yo’q JavaScript uni “hujjat” sifatida tushunadi. U sahifadagi istalgan element uchun ota element hisobalanadi.
    Qo’llanmaning ikkinchi qismi — nima qilish kerak ekanligi. Uning nomini metod deb qo’yamiz.
    Konsol
    Konsol — tuzuvchi yozgan kodlarini test qilishi mumkin bo’lgan uskuna. Agarda skriptni ishga tushirish vaqtida biror bir xatolik yuzaga kelsa, u haqida konsolda ma’lumot beriladi. Shuningdek, konsolda matnli eslatmalarni chiqarishda ham qo’llaniladi. Konsolda xabar chiqarish uchun console.log kalit so’zidan foydalanamiz:

    console.log('JavaScriptdan salom!');


    // Konsoldagi xabar: JavaScriptdan salom!
    console.log(document.querySelector('.page'));
    // Konsolda izlab topilgan element hosil boladi


    O’zgaruvchi
    O’zgaruvchi — ma’lumotlarni ularga tushunarli nom berish yordamida saqlab olish. O’zgaruvchilarni tuzish yoki e’lon qilish uchun let kalit so’zidan foydalaniladi. Undan keyin o’zgaruvchiining nomi keladi. O’zgaruvchi e’lon qilinganidan keyin unga qiymat berilishi kerak bo’ladi:

    let header = document.querySelector('header');


    O’zgaruvchi nomini istalgan nom bilan berishingiz mumkin ammo ular sonlar bilan boshlanmasligi va maxsus ‘_’ va ‘$’ belgilaridan boshqa belgilardan foydalanish mumkin emas. Shuningdek o’zgaruvchilarga nom berishda maxsus ro’yxatdagi so’zlardan foydalanish mumkin emas. O’zgaruvchilarning nomlari katta va kichik harflar bilan yozishga ham e’tibor beriladi: header, Header va HEADER — bular turli xil o’zgaruvchilar hisoblanadi. O’zgaruvchi nomi unda qanday ma’lumo saqlanayotgan bo’lsa shuni anglatishi kerak.


    Brauzer o’zgaruvchi nomini ko’rgan vaqtda uning qiymatini oladi.

    let kalit so’zi JavaScript’da 2015 yilda paydo bo’lgan, bungacha o’zgaruvchilarni e’lon qilishda var kalit so’zi ishlatilgan.




    Klasslarni o’zgartirish uchun metodlar
    Elemetlardan klassni o’chirishda classList.remove metodi ishlatiladi. U elementda qavs ichida keltirilgan klassni o’chirib yuboradi:
    элемент.classList.remove('класс');
    Elementlarga klass qo’shish uchun esa classList.add metodidan foydalaniladi:
    элемент.classList.add('класс');

    Almashtiruvchi metod hisoblangan classList.toggle metodi ko’rsatilgan klass elementda mavjud bo’lsa o’chiradi, mavjud bo’lmasa uni qo’shadi:


    элемент.classList.toggle('класс');


    textContent hususiyati
    Har bir elementning bir nechta hususiyatlari mavjud: o’lchami, rangi va bosqa. textContent hususiyati elementning matni tarkibini o’zida saqlaydi. Ushbu hususiyatga boshqa qimat berish imkoni ham mavjud:
    let paragraph = document.querySelector('p');
    paragraph.textContent = 'Здесь был Рекс. Вов!';
    value hususiyati
    Kiritish maydonlarini asosiy hususiyati — value hisoblanadi. U matn maydoniga kiritlgan ma’lumotlarni o’zida saqlaydi. Biz ularni to’g’ridan-to’g’ri sahifada namoyon qilishimiz mumkin:
    let input = document.querySelector('input');
    paragraph.textContent = input.value;
    Konkatenatsiya
    Bir nechta qiymatlarni bir-biriga “yopishtirish” amali konkatenatsiya deb atalib, bu amal JavaScript’da ‘+’ beligisi yordamida amalga oshiriladi.
    let name = 'Рекс';
    paragraph.textContent = 'Sizning ismingiz ' + name + '. Xayrli kun!';
    console.log(paragraph.textContent);
    // Natija: Sizning ismingiz Reks. Xayrli kun!


    Voqealarni amalga oshiruvchi onclick va onsubmit
    JavaScript sahifada yuz berayotgan barcha voqealarni kuzatib turadi. Biror bir tugmani bosishimiz yoki forma yuborishimiz — voqea deyiladi. Biz ba’zi islar bo’’lganda JavaScript nima qilishi kerakligini belgilab berishimiz mumkin. Bunda bizga voqealarni amalga oshiruvchilar yordam beradi. Biror hodisa yuz berganda bajarilishi kerak bo’lgan ishlar ro’yxati figurali qavslar ichida keltiriladi.
    onclick hususiyati biror nimani “bosish”ni bildiradi:
    let button = document.querySelector('button');
    button.onclick = function() {
    console.log('Tugma bosildi!');
    };

    Tugmani har bir bosganimizda konsolda Tugma bosildi! degan xabar paydo bo’ladi.


    Formani yuborish uchun onsubmit hususiyati mas’ul hisoblanadi:

    let form = document.querySelector('form');


    form.onsubmit = function() {
    console.log('Forma yuborildi!');
    };
    Forma yuborilganidan keyin konsolda Forma yuborildi! degan xabar paydo bo’ladi.



    Download 378,02 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 378,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi

    Download 378,02 Kb.