|
Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi
|
bet | 1/10 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #99800 |
Bog'liq MT№3 Ibragimova D. Ginekologiya
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI, INFORMATIKA VA BIOFIZIKA KAFEDRASI
Magistratura 1 kurs “Akusherlik va ginekologiya ” yo’nalishi rezidenti Ibragimova Durdona Abbos qizining
“Zamonaviy axborot tizimi” va “Tibbiyotda IT texnologiyalari” fanidan “ Algoritmlash usullari. Dasturlashtirish tillari” mavzusidagi bajargan
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: Ermetov E.Y.
Toshkent – 2023
MUNDARIJA
Kirish ……………………………………………………………………………3 Asosiy qism ……………………………………………………………………..4 Xulosa …………………………………………………………………………...9 Mavzu bo’yicha test savollari…………………………………………………...10 Glossari………………………………………………………………………….12 Qisqartma so’zlar………………………………………………………………..13 Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………....14
Mavzu: Algoritmlash usullari. Dasturlashtirish tillari.
KIRISH
Inson hayoti davomida katta-kichik vazifalar yoki masa- laiarni hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Odatda, u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo'lgan amal yoki ishlarini hayotiy tajribasi yoki o'zlashtirgan bilimiga asos- lanib ma'lum bir tartibga keltiradi. Bunga hayotimizdan xilma- xil misollar keltirish mumkin. Algoritm so‘zi IX asrda yashab (783-yilda tug‘ilgan) o‘z ilmiy ishlari xazinasi bilan dunyoga tanilgan vatandoshimiz buyuk astronom, matematik va geograf Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. Al-Xorazmiy arifme- tikaga bag‘ishlangan «Hind hisobi haqida kitob» risolasida to‘q- qizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklari va ular yordamida har qanday sonni ham qisqa va oson yozish mum- kinligini aytadi va hozirgi kunda hamma o‘quvchilar biladigan sonlar ustida, yuqoridagi 3-misoldagi kabi ustun ko'rinishida amallar bajarish qoidalarini yoritadi. Ayniqsa, nol (0) qo‘llash- ning ahamiyati haqida tushuncha berib, nolni yozmaslik nati- janing xato chiqishiga olib keladi, degan. Bu risola XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan va butun Yevropaga tarqatilgan. Bu tarjimaning XIV asrda ko'chirilgan qo’lyozmasining yagona nusxasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Risola «Dixit Alxhorithmi», ya’ni «Dediki aiXorazmiy» iborasi bilan boshlanadi.
|
| |