• ” mavzusidagi bajargan MUSTAQIL ISHI Qabul qildi: Qurbonov Jamshid Muhiddinovich
  • Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Kimyo fakulteti 1-kurs 121-b guruh talabasi Normamatova Sevinchning “Umumiy fizika” fanidan “




    Download 408,34 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana18.05.2024
    Hajmi408,34 Kb.
    #242903
      1   2
    Bog'liq
    BioFiz 1-didline 11M slayd



    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
    Kimyo fakulteti 1-kurs 121-b guruh talabasi Normamatova Sevinchning
    “Umumiy fizika” fanidan “
    Suyak
    to’qimasining mexanik
    xassalari
    ” mavzusidagi bajargan
    MUSTAQIL ISHI
    Qabul qildi: Qurbonov Jamshid Muhiddinovich


    Suyak
    — odam va umurtqali hayvonlar
    skeletining asosiy qismi. Suyak toʻqimasi
    biriktiruvchi toʻqimaning bir xili. Suyak
    boʻgʻimlar, boylamlar, muskullar va oʻziga
    birikkan paylar bilan birga tayanchharakat
    apparatini hosil qiladi. Suyak hujayralar
    (osteotsitlar, osteoklastlar) va hujayralar
    oraligʻi mineral moddalardan tarkib topgan. 
    Osteotsitlar hujayralar oraligʻi moddasi bilan
    oʻralgan; oʻsimtalar yordamida oʻzaro
    tutashgan; suyak toʻqimasida moddalar (oqsil, 
    suv, ion) almashinuvini, osteoblastlar esa
    suyaklar hosil boʻlishini, ularning soʻrilish
    (rezorbsiya) jarayonini taʼminlaydi. 


    Osteoblastlar va osteoklastlarning
    birgalikda taʼsiri suyak ning oʻsishi va
    funksional zoʻriqishi oʻzgarishining
    asosini tashkil etadi. Hujayralararo modda
    kollagen (ossein) tolalar
    va asosiy
    moddadan iborat
    , bu moddalar suyakning
    pishiq va mustahkam boʻlishini
    taʼminlaydi. Suya k toʻqimasi kollageni
    oʻziga xos polipeptidlarning koʻpligi bilan
    togʻaydan farq qiladi. Asosiy modda
    glikoproteidlar va proteoglikanlardan
    tashkil topgan. Mineral komponenta apatit, 
    sulfat va kalsiy karbonat kristallaridan
    iborat. 


    Suyak embrional rivojlanish davrida biriktiruvchi
    toʻqima — mezenximadan hosil boʻladi. Birlamchi
    suyak ichki togʻay skeletning suyaklanishidan
    (yelka, son va boshqalar), ikkilamchi suyak teri osti
    tangachalaridan (peshona, tepa va boshqa suyaklar) 
    vujudga keladi.
    Suyak tuzilishi va shakliga koʻra uzun, yaʼni
    naysimon (son, boldir va boshqalar), yassi, yaʼni
    serbar (toʻsh va boshqalar) va kalta (umurtqalar va
    boshqalar) buladi. Naysimon suyaklarning urta qismi
    (diafiz) va ikki uchi (epifiz) bor. Diafiz zich
    moddadan, epifiz va yassi hamda kalta suyaklar
    tanasi gʻovak moddadan iborat. 


    Suyak — kalsiy va fosfor deposi hisoblanadi. 
    Paratgormon va kalsiotonin gormonlari kon
    plazmasida kalsiy miqdorini va
    osteoklastlarning soʻrilish faolligini boshkarib
    turadi. Suyak toʻqimasi juda faol regeneratsiya
    xususiyatiga ega boʻlib, organizmda toʻxtovsiz
    yangilanib turadi. Shu sababdan suyakning
    mexanik xossalari ham organizmga tushadigan
    yukka mos ravishda oʻzgarib boradi. Odam
    skeleti suyak tarkibi umr davomida yangilanib
    turadi (yana qarang Suyak
    sinishi, Suyak
    chiqishi
    , Skelet).


    Odam skeleti 200 dan ortiq alohida-
    alohida suyaklardan iborat. Skelet
    quyidagi bo‘laklaiga ajratilgan tana 
    suyaklari (umurtqalar, qovurg‘alar va to‘sh
    suyagi), kalla suyagi (miya va yuz
    qismlaridan iborat), yelka kamari (kurak
    va kutubxonasi o'mrov suyaklari), qo'l
    suyaklari (yelka, bilak va qo 1 panja
    suyaklari), chanoq suyaklari (yonbosh, qov
    va o‘tiig‘ich suyaklar) va son, boldir
    hamda oyoq panja suyaklaridan iborat.


    Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko‘ra quyidagicha
    tasniflanadi.
    1. Naysimon suyaklar: uzun suyaklar — yelka, bilak, son va
    boldir suyaklari qo‘l va oyoq skeletini tashkil qilib, tayanch
    vazifasini bajaradi; Naysimon suyaklar
    richag harakatini bajarib

    tayanch va mudofaa vazifasini bajaradi Naysimon suyaklaming
    o'rta qismi tanasi— diafizi (diaphysis) silindr yoki uchburchak
    shaklda. Naysimon suyaklaming tanasida suyak iligi kanali bor. 
    U larn in g kengaygan uchi — epifiz (epiphysis) deb ataladi.


    2. G 'ovak suyaklar: a) uzun g'ovak
    suyaklar — to'sh suyagi va
    qovurg'alar; b)kalta g'ovak
    suyaklaiga—umurtqalar, qo 'l-
    oyoq, kaft usti va kaft oldi
    suyaklari kiradi, ular k o 'p qirrali
    shaklga ega. U lar asosan g'ovak
    moddadan tuzilgan bo'lib, yupqa
    zich modda qatlami bilan
    qoplangan.


    3.Yassi suyaklar
    himoya vazifasini
    bajarib
    , tana bo'shliqlarini hosil
    qilishda ishtirok etadi (kalla
    qopqog'i, chanoq va kurak
    suyaklari). Bu suyaklar tashqi zich
    qavat (lamina externa) va ichki zich
    qavat (lamina interna) o‘rtasida
    joylashgan mayda katakchali
    g'ovak moddadan (diploe) tashkil
    topgan.


    4, Aralash suyaklar turli xil tuzilishga ega
    qismlardan iborat. Umurtqaning tanasi
    tuzilishi jihatidan g'ovak suyaklarga, 
    ravog'i va o'sim talari yassi suyaklarga
    kiradi. Havo saqlovchi suyaklar tanasida
    shilliq parda bilan qoplangan havo bilan
    to'la bo'shliq bo'ladi. Ularga kallaning
    peshona, ponasimon, yuqori jag‘ va
    g'alviisimon suyaklari kiradi. Har 
    bir
    suyakning yuzasida mushaklar

    ulaming paylari, fassiya, boylamlar
    boshlanadigan va birikadigan hosilalar
    bo'ladi. Ulami apofizlar (apophysis) deb 
    ataladi. 



    Download 408,34 Kb.
      1   2




    Download 408,34 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Kimyo fakulteti 1-kurs 121-b guruh talabasi Normamatova Sevinchning “Umumiy fizika” fanidan “

    Download 408,34 Kb.
    Pdf ko'rish