|
Transformatorlar, asinxron mashinalar, sinxron mashinalar va o'zgarmas
|
Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 334,99 Kb. | | #132295 |
Bog'liq elektr
1.Darslik texnika oliy o'quv yurtlarining «elektr texnikasi, elektr
mexanikasi va elektr texnologiyalari» yo'nalishi talabalari uchun «elektr
mashinalari» fanining dasturi asosida yozilib, uning mazmuni:
transformatorlar, asinxron mashinalar, sinxron mashinalar va o'zgarmas
tok mashinalari ketma-ketligida bayon qilingan. ularning tuzilishi.
ishlash prinsipi, asosiy xossalari va xarakteristikalari amaliyot nuqtayi
nazaridan yondashilgan holda bayon etilgan. yangi turdagi elektr
mashinalariga oid umumiy ma’lumotlar ham kitobning tegishli
bo'iimlarida o‘z aksini topgan. ishlash prinsipi elektromagnit induksiya
hodisasiga asoslanganligi hamda ulardagi elektromagnit jarayonlar ko'p
jihatdan elektr mashinalarinikiga o'xshashligi sababli transformatorlar
ham «elektr mashinalari» kursida o'lganiladi.
2. elektr mashinalari va transformatorlari sanoatning turli ishlab
chiqarish korxonalarida, energctikada, transportda (aviatsiya, temiryo'l,
avtomobil, metro, tramvay, trolleybus), qishloq va suv xo'jaligida,
qurilishda va boshqa sohalarda keng qo'llaniladi.
3. ayrim issiqlik elektr stansiya (les)larida o'rnatilgan kuch
transformatorlari uzatilayotgan elektr energiyaning kuchlanishini 20
kv dan 500 kv ga, ya’ni 25 marta oshirib beradi. natijada, liniya
simlaridagi eneigiya isroflari transformatorsiz uzatilganiga nisbatan 252
= 625 marta kamayadi, ya’ni katta iqtisodiy samaraga erishiladi.
elektr stansiyasidan iste'molchilarga elektr energiyani uzatish
jarayoni besh-olti bosqichda, asosan ikki chulg'amli katta quwatli
transformatorlar vositasida amalga oshiriladi. shuning uchun kuch
transformatorlarining soni hamda ulaming quwati elektr eneigiyani
uzatish masofasiga qarab elektr stansiyalaridagi elektr gene rat orlarining
soni va o'rnatilgan quwatiga nisbatan taxminan olti marta ko'p bo'ladi.
4. elektrmashinalarining rivojlanish tarixi o’ziga xos diqqatga sazovordir. hammamiz
bilamizki elektr mashinalari tarixi 1821-yil m. faradey kashfiyotidan boshlangan (1.2-
rasm). u doimiy magnit 1 va 2, uning atrofida aylanib turuvchi tokli o’tkazgich (simob)
kontakt idishi 3 va 4-yuqori tayanchdan iborat. faradey motorida doimiy tok magnit
maydoni ta’sirida hosil bo’lgan elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib bergan.
1.2- rasm.m.faradey motori
5. elektr mashinalarining tasnifi. aylanuvchi qismli elektr mashinalari
tokning turiga ko‘ra o ‘zgaruvchan va о ‘zgarmas tok mashinalariga
boiinadi. 0 ‘zgaruvchan tok elektr mashinalari ishlash prinsipiga bog‘liq
holda asinxron, sinxron va kollektorli mashinalarga bo'linadi
6. elektr mashinalari quyidagicha tasniflanadi, ya’ni quwatiga ko‘ra: 1)
500 w gacha — elektr mikromashinalari; 2) 0,5< p<10 kw — kam quwatli;
3) 10< p< 200 kw — o'rta quwatli: 4) quwati p>200 kw — katta quwatli;
aylanish chastotasiga ko'ra: a) n = 300 ayl/min. gacha — kam
tezlikli; b) n =300 1500 ayl/min — o'rta tezlikli; d) 1500 < n < 6000
ayl/min - katta tezl
7. bu izolatsiyalarga: qizishga chidamlilik, yuksak elektr va mexanik
mustahkamlik, namga bardoshlik, yaxshi issiq o'tkazuvchanlik va
egiluvehanlik kabi asosiy lalablar qoyiladi.
izolatsiyaning qizishga cliidamliligi ishning ishonchliligini aniqlovchi
asosiy talabidir. em sining normal ish sharoitlardagi xizmat muddati
15-^20 yil bo'lishi kerak, bu esa. asosan izolatsiyaning xizmat muddati
bilan aniqlanadi. agar izolatsiya standartda belgilangan me’yoriy
temperaturadan taxminan 8-h0°c ga oshirilgan sharoitda ishlatilsa,
o'zining izolatsion xossasi va mexanik mustahkamligini yo'qotishi
tufayli, em ning xizmat muddati 2 marta kamayadi,
elektr mashinasozligida va transformatorsozlikda qo'llaniladigan
elektr izolatsiya matcriallarini qizishga chidamlilik xossasi bo'yicha
yettita klassga bo'linadi (izolatsiyani qavs ichida ko'rsatilgan
temperaturagacha davomli ishlatish mumkin):y,a,e,b,f,h,c
zamonaviy em larining ko'pchiligida v va f klassdagi materiallar
asosida tayyorlangan izolatsiyalar qo'llaniladi. bunday em larida
kompozitsion elektr izolatsiya materiallari ham keng qomlanilmoqda.
mazkur materiallar sintetik tola asosida tayyorlanadigan har xil
egiluvchan izolatsiya materiallari bilan polimer yupqa pardalaming
birikmasidan hosil qilinadi.
elcktr mashinalarining ish xossalari va ishonchliligi ko'p jihatdan
ular tayyorlangan magnit, elektr o'tkazuvchi va elektr izolatsiya
materiallarining xossa va sifatlariga bog'liq.
8.transformator va em lari magnit sistemasini tayyorlashda
sovuqlayin jo'valangan anizotropli po'lat (markalari 3411—3414. 3404—
3408) plastinalari va tunukalarini, uning jo'valanish yo‘nalishi asosiy
magnit oqimi yo'nalishi bilan mos tushadigan qilib joylashtiriladi.
po'latni ishlab chiqarish jarayonida tarkibiga 0.5 dan 4,8 % gacha
kremniy qo'shilsa. uning magnit singdiruvchanligi oshadi va gistcrezis
tufayli bo'ladigan quwat isroflari kamayadi; solishtirma elektr qarshiligi
oshishi tufayli uyurma toklar hosil qiladigan quwat isroflari pasayadi.
anizotropli po'latning solishtirma isroflari issiqlayin jo'valangan turiga
nisbatan 2+2.5 marta pastdir.
10. elektromagnit induksiya hodisasi transfonriator nazariyasining asosini
tashkil qiladi. elektromagnit induksiya hodisasi ikki shaklda namoyon
bo'ladi:
1) faradey ta'rifi. «vaqt boyicha o ‘zgarmas bo'lgan magnit maydon
kuch chiziqlarini biror tezfik bilan kesib о 'tayotgan о ‘tkazgichda hosil bo 'igan
eyk ning qiymati magnit induksiya в ga, o ‘tkazgich uzunligi i ga va uning
harakat tezligi v ga to'g'ri mutanosib bo'ladi, ya ’tti e= в tv».
2) maksvell ta’rifi. «magnit oqimi bilan ilashgan berk o'tkazgichdagi
eyk ning qiymati magnit oqimi o ‘zgarish tezligining kattaligiga teng,
у a 'ni e = — йфi dt».
ishlash prinsipi. transformator faqat o'zgaruvchan tok zanjirida
ishlay oladi, o'zgarmas tokda esa do /dt = 0 bo'lganligidan
chulg'amlarda eyk vujudga kelmaydi.
ikkilamchi chulg'ami yuklamaga ulanmagan transformatorning
birlamchi chulg'ami o'zgaruvchan tok manbayiga ulansa, birlamchi
chulg'amdan salt ishlash toki i, = i0 o'tadi. uning reaktiv tashkil
etuvchisi i0ra l0shu chulg'amda magnit yurituvchi kuch (myk) i0rw,
ni vujudga keltirib. u esa o'z navbatida, asosiy (ф) va tarqoq (ф,,,)
qismlardan iborat deb qaraladigan o'zgaruvchan magnit oqimni hosil
qiladi (фо| to'la magnit oqimning taxntinan 0,1 0,25 foizini tashkil
qiladi)
11. Bajaradigan vazifasiga ko'ra
transformatorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) kuch transformatorlari;
2) maxsus transformatorlar. Kuch transformatorlari o'z navbatida:
umumiy maqsadli va sohaviy turlarga bo'linadi.10>
|
| |