|
Transformatorning ikkilamchi chulg‘am elektr parametrlarini birlamchi chulg‘am o‘ramlar soniga keltirish va unga simmetrik yuklama ulanganda ro‘y beradigan elektromagnit jarayon rejа
|
bet | 1/4 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 23,5 Kb. | | #122543 |
Bog'liq jamoldin
: Transformatorning ikkilamchi chulg‘am elektr parametrlarini birlamchi chulg‘am o‘ramlar soniga keltirish va unga simmetrik yuklama ulanganda ro‘y beradigan elektromagnit jarayon
REJА:
Transformatorning kuchlanish tenglamasini differentsial koʼrinishi
Transformatorning kuchlanish tenglamasini kompleks koʼrinishi
Transformatorning chulgʼamlarini keltirish
1. Transformatorning kuchlanish tenglamasini differentsial koʼrinishi
Transformatorlarning ish rejimlarini kuchlanish tenglamalari yordamida oʼrganish mumkin. Manbaning kuchlanishini oʼzgarish chastotasi fq=5kH dan kichik boʼlganda, transformatorning elementlari orasidagi (oʼramlar va gʼaltaklar) sigʼim toklari nominal tokka nisbatan juda kichik boʼladi, shuning uchun ularni hisobga olinmasa ham boʼladi. U holda, bir fazali ikki chulgʼamli transformatorning kuchlanish tenglamasini differentsial koʼrinishi quyidagicha yoziladi:
U1 =r1 i1 + L11 di1 M di2
dt dt
-U2 = r2 i2 + L22 di2 M di1 (5.1) dt dt
bu yerda U1, U2 va i1, i2 - lar transformatorlarning birlamchi va ikkilamchi chulgʼamlaridagi kuchlanish va toklarning oniy qiymatlari; r1, r2 va L11, L22 –lar birlamchi va ikkilamchi chulgʼamlarning aktiv qarshiliklari va toʼla oʼzinduktivliklari; M – chulgʼamlarning oʼzaro induktsiya induktivliklari.
Transformatorning yuqorida keltirilgan kuchlanish tenglamasidan koʼrinib turibdiki, birlamchi chulgʼamdagi kuchlanish chulgʼamda kuchlanishning aktiv pasayishi r1i1 va birlamchi chulgʼamning elektr yurituvchi kuchi e1 ni muvozanatlashga sarflanar ekan.
Kuchlanishlar tenglamalarini tuzishda birlamchi chulgʼamni elektr energiyani qabul qiluvchi va ikkilamchi chulgʼamni esa, istehmolchilar uchun elektr energiya manbai deb hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Transformatorning ikkilamchi chulg‘am elektr parametrlarini birlamchi chulg‘am o‘ramlar soniga keltirish va unga simmetrik yuklama ulanganda ro‘y beradigan elektromagnit jarayon rejа
|