|
Transport va muhandislik obodonlashtirish
|
bet | 1/3 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #134770 |
Bog'liq Transport va muhandislik obodonlashtirish 1.0 mavzu:ko’chalarning haqiqiy o’kazish qobilyatini aniqlash. Ko’cha harakati o’lchamining kartagrammasini tuzish . Mikrorayon hududlarda mashinalar harakatini tashkil qilish. Ko'chalarnin go'tkazish qobiliyati - K o'cha yoki yo'lning o ‘tkazish qobiliyati deganda kuzatilayotgan kesimdan bir soatda, bitta yo'nalish bo‘yicha o'tayotgan yuqori transport vositalarining soniga aytiladi. Ko'chaning o'tkazish qobiliyati transport va piyodalarni xavfsizligini ta’minlagan holda, kunning eng serqatnov payti uchun aniqlanadi. Ko'cha yoki yo'lning o'tkazish qobiliyati ahamyati bor, lenratar soni bilan ifodalanadigan qatnov qismining kengligiga bog'liq. Ikkita chorraha oralig'i peregon deyiladi. Qatnov qismida kesishmalarsiz bitta lentaning o'tkazish qobiliyati quyidagi formula orqali topiladi. N = 3600 v / L
- bu yerda, N — bir soatda bitta yo'nalish bo'yicha ikki chorraha oralig'idagi biror kesimda, bitta lenta orqali o'tadigan avtoniobillaming yuqori soni; 3600 v — harakatning hisobiy tezligi, m/s; L — avtomobillarning uzunligini hisobga olgan holda, bitta lentada ketma-ket harakatlanayotgan avtomobillar orasidagi ruxsat berilgan eng qisqa xavtsizlik masofasi. 106 L ning qiymati harakatning shart-sharoitlaridan kelib chiqadi, ya’ni yo‘1 qoplama turi. harakat tezligi, tormoz berish shartlari va shina protektori holati, haydovchining holati va tajribasi uning harakat reaksiyasi va h.k. Qurilish m e’yorlari va qoidaiariga asosan dastlabki hisob-kitob uchun bir soatli kesishmali qatnov qismida bitta lentaning bir yo‘nalish bo’yicha o'tkazish qobiliyati quyidagicha belgilangan: yengil avtomobillar uchun 1 soatda 600—700, yuk avtomobillari uchun 300—400, avtobuslar uchun 100—150, trolleybuslar uchun 70—90 transport birligi.
Ko‘cha harakati o’lchamining kartograramasi - Ko‘cha harakatini istiqboldagi rivojlanish o‘Ichamlarini asosli ravishda aniqlash uchun ko'cha, chorraha, maydonlar transport va piyodalar bilan haqiqiy yuklanish darajasini amalda hisoblash kerak Amaliy hisoblar bevosita ko'cha va chorrahalardan o’tayotgan transport vositalari va piyodalarni kuzatish orqali topiladi. Chorrahalarda transport harakatini sxemasini loyihalash maydonlarning o'lchamlarini aniqlashda transport oqimining absolut qiymatini va ularni qaysi yo‘nalishlar bo'yicha burilishlarini bilish zarur. Har bir kuzatilgan va hisob-kitob qilingan transport kesishmalari uchun bir sutkaga yoki eng serqatnov soat uchun transport oqimining sxemasi quriladi. Shaharning asosiy magistrallaridagi harakat o ‘lchami transport oqimining kartogrammasi deb ataluvchi sxema orqali izohlanadi.
|
| |