|
Ko’cha harakati o‘lchamining kartogrammasi (Moskva shahri misolida)
|
bet | 2/3 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #134770 |
Bog'liq Transport va muhandislik obodonlashtirish 1.0Ko’cha harakati o‘lchamining kartogrammasi (Moskva shahri misolida). Mikrorayon hududlarda mashinalar harakatini tashkil qilish. - Mikrorayon. turaijoy ravoni va sanoat rayonlaridagi ichki ko'cha va yo'llar — binolar guruhiga yoki alohidagi bino va inshootlaiga, madaniy- maishiy obyektlarga, do'kon, maktab, bog'chala^ga, xo'jalik maydonlariga, yong'inga qarshi gidrantlar va boshqa xo'jalik va xavfsizlik xizmatlari obyektlariga xizmat qiladi. Ichki yo'llami loyihalashning asosiy texnik me’yorlari ularning ahamiyati va undagi tezlikni 30 km/s ga mo'ljallanadi. Alohidagi bino yoki inshootga, xo'jalik maydoniga bir tomonlama harakatda qatnov qismi 3,5 m qabul qilinadi. Ko"p qavatli turaijoy binolari guruhiga ikki tomonlama harakatda qatnov qismi 5,5 m qabul qilinadi.
Mikrorayon ichki hududida ichki qatnov qismlarida transportlar uchun ajratiladigan maydonlar. - 3,5 m li ichki ko'chalarda har ICO m da cni qatnov qismi bilan birgalikda 6 m, uzunligi 5 m bo‘lgan o'tkazish maydonlari mo'ljallanadi. Ichki ko'chalarning uzunligi 50 m dan oshib ketmasligi kerak, bu narsa' uylaiga avtomobillarni kelishini va ulami mikrorayon ichidagi harakatini ko'paytirib yuboradi. Boshi berk ichki ko'chalar o'lchami 8x8 m yoki radiusi kamida 10 m bo'lgan burilib olish maydonchasi bilan tugashi lozim (3.26-rasm ). Ichki ko'chalar turaijoy va jamoat binolari devoridan kamida 5 m uzoqlikda joylashishi lozim va har bir kirish joyiga alohida yo'lak kiritilishi kerak. Uylar oldida daraxt va bo'talar maxsus (yong'inga qarshi) transpoitlarga xalaqit bermaydigan holatda ekiladi. Trotuarlar kengligi kamida 1,5 m qilib, ulaming burilish radiuslari kamida 5 m qilib loyihalanadi. Mikrorayon ichiga kiruvchi yo'laklarning biri-biridan oralig'i 300 m dan oshmasligi lozim, murakkab perimetrial rejalashtirishda esa 180 m dan oshmasligi kerak. Ichki yo'laklar sirtida eng kichik hisobiy krinish darajasi 40 m va qarama-qarshi avtomobil uchun kamida 80 m, bo'ylama nishablik 80 %dan oshmasligi lozim. Trotuarlarda — 60%, maydonlarda — 30 %, avtomobillar saqlash joyida — 20%. Alohidagi qiyin sharoitli holatlarda bo'ylama qiyalik 100 %gacha oshirilishi mumkin.
Turarjoy ko'chalari va ichki yo'laklami loyihalashda asosiy injenerlik tarmoqlari trassasini, maydon relfi va tashqi suvlarni qochirshga alohida e ’tibor berish lozim. Turarjoy ko'chalari va vo'laklarni loyihalash turlari, turarjovlarni majmualarini joylashtirish usullariga, ichki yo'laklarni magistral ko'chalarga bog'lanish xarakteriga bog'liq. Ichki yo'llami juda uzun (100—150 m dan ortiq) qilib rejalashtirish maqsadga muvofiq emas, bu narsa ichki yo'llarda mashinalarning ikkala tomonga harakatini ko'paytirib yuboradi. Ichki yo'llaming bir tomonlama boshi berk sxemasiga nisbatan ikki tomonlama tutashuvi maqsadga muvofiq bo'lib, bunda yo'lning uzunligi qisqarishi bilan, ko'proq joyga xizmat qilish imkoniyati paydo bo'ladi. Xuddi shunday chiziqli ikki tomonlama tutashgan ichki yo'llar. bir tomonlama boshi berk qatnov qismiga nisbatan mikrorayon ichida transport harakatini taxminan ikki barobar qisqartirib, ularga turarjoyga erkin ravishda kirib chiqishini ta’minlavdi.
|
| |