III. Ishchi postidagi jihozlar:___________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ Siqilgan gazda ishlaydigan uskuna. Ikkita guruhga mujassam-langan sakkizta
ballon (1-rasm) kuzov platformasi ostida, avtobuslarda kuzov ustida va engil
avtomobillarda orqa okxonada joylashtiriladi, har bir guruh ventil bilan ta’minlangan.
Shuning uchun birdaniga ikkita guruhdan yoki har biridan alohida gaz sarflash
mumkin. Ballonlarni gaz bilan to’ldirish uchun to’ldirish ventilidan (10)
foydalaniladi.(1-rasm).
Gaz ballon armaturalari chap tomonda joylashgan gaz ballonli yonilg’i
tizimining asosiy shakli: 1- gaz aralashtirgich; 2- salt ishlash tizimining shlangi; 3- past
bosimli reduktor; 4- yurgazish klapanidan gaz aralashtirgichga o’tkazilgan shlang; 5-
elsktromagnit klapandan past bosimli reduktorga o’tkazilgan shlang; 6- gaz filtrli
elektromagnnt klapan; 7- o’tkazish shtusteridan elektromagnitga o’tkazilgan trubka; 8-
yuqori bosimli reduktorning saqlagich klapanidan gazlarni olib ketuvchi shlang; 9-
orqa guruh ballonlar ventili; 10- to’ldirish ventili; 11- krestovina; 12- krestovinadan
gaz isitgichga ketgan turbka; 13- asosiy sarflash ventili; 14- old guruh ballonlar ventili;
15- yonilg’i baki; 16- yuqori bosim manometri; 17- yonilg’ini dag’al tozalash filtri, 18-
gaz isitgich; 19- gaz isitgich shohobchasi; 20-yuqori bosimli reduktor; 21- karbyurator-
aralashtirgich; 22-elektromagnit klapanli yonilg’ini mayin tozalash filtri; 23- yokilg’i
nasosi. (2-rasm).