|
Transportda axborot tizimlari va texnalogiyalari
|
bet | 2/9 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 441,88 Kb. | | #122833 |
Bog'liq G\'iyosbekARXIVLASH DASTURLARI- diskda joyni tejash maqsadida fayllar xajmini kichraytirishga imkon beruvchi dasturlar. Ular turlicha ko`rinishda ishlatilsa-da, ishlash tamoyili bir xil : fayllarda aynan takrorlanadigan o`rinlar mavjud bo`lib, ularni diskda to`liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarining vazifasi takrorlanadigan shunday bo`laklarni topib, ularning o`rniga boshqa biror ma`lumotni yozish xamda ularning ketma-ketligini aniq ko`rsatishdan iboratdir. Bundan ko`rinadiki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo`ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar to`rt, besh martagacha siqilsa, rasmlarni tasvirlovchi fayllar juda oz siqiladi. Dasturlarni ifodalovchi fayllar -1% ga yaqin siqiladi. O`rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar xajmini barobar qisqartirishga imkon beradi.
1-rasm
Arxivlash dasturlari turlari ko’p bo’lib, ular har usullarda ishlatiladi. Ular qo’llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivlash tezligi va eng asosiysi siqish samaradorligi bilan farq qiladi. Arxivlash dasturlaridan yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR va boshqalar.
Arxiv fayl yagona faylga faylga birlashtirilgan bir yoki bir nechta fayllarning siqilgan holdagim ko’rinishi bo’lib, undan kerakli holatlarda fayllarni kerakli ko’rinishda chiqarib olish mumkin. Arxiv fayli undagi fayllar nomlarini ko’rsatuvchi mundarijaga ega bo’ladi. Arxivda jo’ylashgan har bir fayl haqida ma’lumot beruvchi mundarijada quyidagilar joylashgan bo’ladi:
Fayl nomi;
Fayl joylashgan katalog;
Fayl o’zgartirilganligi haqida ko’rsatuvchi sana va vaqt;
Faylning diskdagi, arxivdagi o’lchami va parametrlari.
Arxiv fayllar o’z nomlariga mos holda kengaytmalar oladilar:
ARJ-.arj
RAR- .rar
ZIP- .zip
LHA- .lha va hokazo.
Bugungi kunda kompyuter texnologiyasi, axborotlar ko’lami rivojlanib borayotgan bir davrda arxivator dasturlariga qanchalik ehtiyojimiz borligini hayotning o’zi ko’rsatib turibdi. Ular kompyuter olamining keng iste’molida bo’lgan muhim dasturlaridan biridir.
Operastion tizim turlariga qarab arxivator dasturlar ishlash imkoniyatlari turlicha bo’ladi:
|
| |