Transportda axborot tizimlari va texnalogiyalari




Download 441,88 Kb.
bet5/9
Sana18.12.2023
Hajmi441,88 Kb.
#122833
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
G\'iyosbek

Interpretator — ham dastur ham jihoz ko'rinishida bo'lishi mumkin. Bu ham kompyuter tiliga o'zgartirib berish vazifasini bajaradi, faqatgina ishlash texnologiyasi boshqacharoqdir. Interpretator, dasturlash tilida yozilgan kodlarni ketma — ket o'qib, mashina tiliga o'zgartirib boradi. Xatolik paydo bo'lsa, o'sha zahoti dasturchiga ma'lum qiladi. Bu ketma — ketlikda o'zgartirish, kompilyatorga nisbatan sekinroq amalga oshiriladi(ba'zi holllarda kompilyatorga qaraganda 50 barobar sekin). Dastur natijasini ko'rish uchun, har safar kodlarni interpretatordan o'tkazish kerak bo'ladi(kompilyatorga o'xshab bir marotaba ob'yekt kod yaratib qo'yib, keyin har doim ishlatishning iloji yo'q). Bundan ko'rinib turibdiki, interpretator asosan saytlar, umumiy holda veb dasturlashda ishlatiladi. Biror saytning yuklanishi jarayni uzunligi, interpretatorda o'zgartirish amalga oshirilishi bilan tushuntirilishi mumkin. Interpretator ishlatadigan dasturlash tillariga PHP, JavaScript, JScript, Basic,… misol bo'la oladi.
Bu ikki termin umumiy holda translyator deyiladi, ya'ni o'zgartirgichlardir. Biror proyektlar qilganda bu 2 o'zgartirgichlar birgalikda ham ishlatilishi mumkin.
Biror dasturlash tili bilan jiddiy shug'ullanmoqchi bo'lsangiz, dastlab siz yozadigan kodlar qay tarzda kompyuter tiliga o'zgartirilishini o'rganib oling. Bu dasturlashning asosi hisoblanadi.

2-rasm
Har qanday dasturlash tillari o’zining grammatikasi yoki sintaksisiga ega bo’ladi. Masalan, o’zbek tilida to’g’ri yozilgan gapda kesim egadan keyin kelishi kabi qoida ham til sintaksisining bir bo’lagidir. Dasturlash tillarida ham tabiiy tillar singari o’zining qat’iy qonun-qoidalari bo’ladi. Kompilyasiya jarayoni huddi shu qoidalarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Erkin kontekstli dasturlash tillari uchun kompilyatorlar odatda asosan 5 bosqichdan iborat bo’ladi:

Preprosessor
• Leksik tahlil
• Sintatktik tahlil (parser)
Semantik tahlil
• Tarjima qilish

Har bir bosqichni batafsil ko’rib chiqamiz.

Download 441,88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 441,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transportda axborot tizimlari va texnalogiyalari

Download 441,88 Kb.