|
Transportda axborot tizimlari va texnalogiyalari
|
bet | 4/9 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 441,88 Kb. | | #122833 |
Bog'liq G\'iyosbekXulosa: Bu mavzuda fayllarni arxivlash va arxivlash dasturlari ya’ni zip, rar ka’bi formatlarda saqlashi haqida, Shuningdek fayllar nima maqsadda arxivlanishi haqida ham ma’lumotga ega bo’ldik
3. Dasturchilik bilan shug'ullanishni endi boshlagan yoshlar ko'p qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu qiyinchiliklar asosan terminlarning tushunmasligidan kelib chiqadi. Bu maqolamda dasturlashning eng kerakli termini hisoblangan interpretator va kompilyator haqida yozib o'taman.
Dasturlash jarayonida dasturchi o'z dasturini yaratish uchun xar hil turdagi kodlar yozadi. Kodlarnining qanday bo'lishi qaysi dasturlash tilidan foydalanib, dastur tuzishga bog'liq bo'ladi. Dasturlash tillaridan C, C++, Java,… .Yozilgan kodlarni kompyuter tushunmaydi, kompyuter tushunishi uchun uchun bu kodlarni kompyuter tushunadigan tilga o'zgartirish lozim. Mana shu vaziyatda yuqoridagi 2 ta termin kerak bo'ladi(kompilyator yoki interpretator).
Kompyuter faqatgina raqamli kodlarni tushunadi, ya'ni 0 yoki 1. Bu 2 son orqali dastur tuzish juda qiyin hisoblanadi(manimcha bunday sonlar orqali dastur tuzuvchilar sanoqli bo'lsa kerak). Shuning uchun, insonlar tushunadigan qilib dasturlash tillari yaratilgan. Ketma-ketlikni tushungandursiz, dasturchi dasturlash tillari orqali kodlar yozadi va bu kodlar kompyuter tushunadigan 0 va 1 sonlariga almashtiriladi va dastur kompyuterda ishlaydi, bu jarayonni kompilyator yoki interpretator amalga oshirib beradi.
Kompilyator — murakkab dasturdir, dasturlash tilida yozilgan barcha kodlarni birdaniga ob'yektli kodga o'zgartirib beradi. Ob'yektli kodni yana ikkilik kod yoki mashina kodi deb ham atashadi. Keyinchalik bu ob'yektli kod kompyuterda to'g'ridan to'g'ri ishlatilishi mumkin bo'ladi. Dasturlash tillarida yozilgan kodlar bu ob'yektli kodga ta'sir qilmaydi. Ob'yektli kodni o'zgartirish uchun esa, qaytadan kompilyatsiya qilinib ob'yektli kod o'zgartiriladi. Natija bajariladigan, .exe ko'rinishidagi fayl bo'ladi. Bu faylni bloknotda ochib o'zgartirib bo'lmaydi, ya'ni bu fayl tayyor dastur hisoblanadi. Kompilyatorning kamchiligi sifatida, dasturlash tilidagi ma'lum bir qatorlani alohida tekshirish imkoniyati yo'qligidir, uning uchun ob'yektli kod yaratib, uni ishga tushurish lozim bo'ladi, ortiqcha ish bo'lib qoladi. Undan tashqari ba'zi kompilyatorlar bir dasturlash tilidan, ikkinchisiga ham o'zgartirib berishi mumkin. Kompilyator ishlatadigan dasturlash tillariga C, C++, Delphi larni misol qilib keltirish mumkin.
|
| |