Tranzistor Vikipediya, ochiq ensiklopediya Tranzistor




Download 203.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana12.02.2022
Hajmi203.44 Kb.
#17451
1   2   3
Bog'liq
Tranzistor - Vikipediya
hisobot Shoymardonova, VOCABULARY3, 2 Review, 5df7d4d7840ea8a1d33a2fedc9318ea4, A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov
Yaratilish tarixi
Maydoniy tranzistor
Bipolyar tranzistorlar
Manbalar
Havolalar
Tranzistorning yaratilishi XX asrning eng muhim voqealaridan biri boʻlib, 1833-yilda ingliz olimi Maykl Faradey yarimoʻtkazgich
material — kumush sulfidi bilan oʻtkazgan tajribadan boshlangan yarimoʻtkazgichlar elektronikasi sohasining keskin rivojlanishiga
sabab boʻldi.
1874-yil nemis fizigi Karl Ferdinand Braun metall-yarimoʻtkazgich kontaktida bir tomonlama oʻtkazuvchanlik hodisasini aniqladi.
1906-yili injener Grinlif Vitter Pikkard nuqtaviy yarimoʻtkazgichli diod-detektorni ixtiro qildi.
1910-yilda ingliz fizigi Uilyam Ikklz baʼzi bir yarimoʻtkazgichlar elektr tebranishlarini hosil qilishi mumkinligini aniqladi. 1922-yilda
esa Oleg Losev, maʼlum kuchlanishlarda manfiy differensial qarshilikka ega boʻlgan diodlarni yaratdi. Ushbu diodlar, keyinchalik,
detektorli va geterodinli radiopriyomniklarda qoʻllanildi.
Bu davrning oʻziga xos tomonlaridan biri shunda ediki, u vaqtda yarimoʻtkazgichlar fizikasi hali yetarlicha keng oʻrganilmagan edi.
Barcha yutuqlar, asosan, tajribalar tufayli qoʻlga kiritilgandi. Olimlar, kristall ichida qanday fizik hodisalar roʻy berayotganini
tushuntirib berishga qiynalishgan. Baʼzida notoʻgʻri xulosalarga ham kelishgan.
Shu bilan birga, 1920-1930-yillarda chet davlatlarda radiotexnika sohasiga elektron lampalar kirib keldi. Bu soha
yarimoʻtkazgichlar fizikasiga qaraganda kengroq oʻrganilgan boʻlgani uchun koʻp mutaxassis-radiotexniklar aynan shu sohada
ishlagan.. Yarimoʻtkazgichli diodlarga esa moʻrt va „injiq“ qurilmalar sifatida baho berilgan. Oʻsha vaqtlarda
yarimoʻtkazgichlarning katta imkoniyatlarini hech kim payqamagan.

Download 203.44 Kb.
1   2   3




Download 203.44 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tranzistor Vikipediya, ochiq ensiklopediya Tranzistor

Download 203.44 Kb.
Pdf ko'rish