Trаnzistоrning ulanish sxemalari. Bipolyar tranzistorlar




Download 389.49 Kb.
bet1/13
Sana01.04.2023
Hajmi389.49 Kb.
#48084
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Trаnzistоrning ulanish sxemalari. Bipolyar tranzistorlar




AMALIY MASHG’ULOT-1
BIPОLYAR TRАNZISTОRNING KUCHАYTIRGICH ХUSUSIYATI. TRАNZISTОRNING ULANISH SXEMALARI.


Bipolyar tranzistorlar
Bipolyar tranzistor deb o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita p-n o‘tish va uchta elektrod (tashqi chiqishlar)ga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgich asbobga aytiladi. Tranzistordan tok oqib o‘tishi ikki turdagi zaryad tashuvchilar - elektron va kovaklarning harakatiga asoslangan.
Bipolyar tranzistor p-n-p va n-p-n o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan uchta yarim o‘tkazgichdan tashkil topgan (1.1 a va b-rasm). Endilikda keng tarqalgan n-p-n tuzilmali bipolyar tranzistorni ko‘rib chiqamiz.
Tranzistorning kuchli legirlangan chekka sohasi (n+ - soha) emitter deb ataladi va u zaryad tashuvchilarni baza deb ataluvchi o‘rta sohaga (p - soha) injeksiyalaydi. Keyingi chekka soha (n - soha) kollektor deb ataladi. U emiitterga nisbatan kuchsizroq legirlangan bo и ‘lib, zaryad tashuvchilarni baza sohasidan ekstraksiyalash uchun xizmat qiladi (1.2- rasm). Emitter va baza oralig‘idagi o‘tish emitter o‘tish, kollektor va baza oralig‘idagi o‘tish esa -kollektor o‘tish deb ataladi.


1.1 – rasm.


Tashqi kuchlanish manbalari (UEB, UKB) yordamida emitter o‘tish to‘g‘ri yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa – teskari yo‘nalishda siljiydi. Bu holda tranzistor aktiv yoki normal rejimda ishlaydi va uning kuchaytirish xossalari namoyon bo‘ladi.




1.2 – rasm.

Agar emitter o‘tish teskari yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa to‘g‘ri yo‘nalishda siljigan bo‘lsa, u holda bu tranzistor invers yoki teskari ulangan deb ataladi. Tranzistor raqamli sxemalarda qo‘llanilganda u to‘yinish rejimida (ikkala o‘tish ham to‘g‘ri yo‘nalishda siljigan), yoki berk rejimda (ikkala o‘tish teskari siljigan) ishlashi mumkin.



Download 389.49 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 389.49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Trаnzistоrning ulanish sxemalari. Bipolyar tranzistorlar

Download 389.49 Kb.