Tsim fakulteti 111-20-guruh talabasi Isomov Islomjonning sotib olish tamoyillari fanidan bajargan mustaqil ishi




Download 127.43 Kb.
bet7/8
Sana06.12.2022
Hajmi127.43 Kb.
#33445
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mavzu. Sanoat korxonalarining aylanma mablag’lari, ularning sh, kibfarrux, erih mariya remark-triumfalnaya arka-1488960680, informatika 7 rus, 4,5x3,5, DTM 07.01.2024, тарғибод

Qisqa xulosalar


Sotishni rag‘batlantirish – bu ma’lum bir muddatda sotish hajmini oshirish maqsadida turli rag‘batlantirish vositalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu rag‘batlantirish vositalariga: mukofotlar, chegirmalar, ketma-ket tovarni sotib olgani uchun sovg‘alar, lotoreya va o‘yinlar o‘tkazish, tovar bilan qo‘shimcha narsalar qo‘shib berish, bepul yetkazib berish va o‘rnatish, ma’lum muddatda sotilgan tovarga bepul xizmat ko‘rsatish va boshqalar kiradi. Marketingda kommunikatsiya deb biz har xil auditoriyalar adresiga, shu jumladan, xaridorlar, sotuvchilar, ta’minotchilar, aksionerlar, boshqaruv organlariga firmadan yuboriladigan signallar majmuini tushunamiz.
Kommunikatsiya siyosati– bu tovarni bozorga siljitish usullari yig‘indisidir. Kommunikatsiyaning asosiy vositalari bo‘lib pablik rileyshnz – jamoat bilan aloqa; reklama; sotishni rag‘batlantirish; maxsus ko‘rgazmalar; shaxsiy sotuv hisoblanadi.
Reklama - bir tomonlama ommaviy kommunikatsiyaning to‘lovli turi bo‘lib, u aniq bir xomiydan chiqib, firma faoliyatini bevosita yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Shaxsiy sotuv- bu kommunikatsiya yakka ikki tomonlama bo‘lib, (dialog) maqsadi mijozni to‘xtovsiz tarzda harakatga keltirishga undash, bir vaqtning o‘zida firma uchun axborot manbai hamdir.
Savdoni avj oldirish-shaxsiy reklama va shaxsiy savdoni to‘ldiruvchi hamma tovarni sotishni tezlashtirish va ma’lum kengaytirishga qaratilgan vaqtincha choralarni o‘z ichiga oladi.
Jamoatchilik bilan aloqa - aniq maqsadga qaratilgan xarajatlar yordamida tashkilot va uning turli auditoriyalari orasida, o‘zaro bir-birini tushunish va ishonchli ruxiy holat yaratishga xizmat qiladi. Bu yerdagi kommunikatsiyaning maqsadi faqat sotishgina emas, balki firma faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamdir. Bu an’anaviy muloqot vositalaridan tashqari quyidagi bevosita kommunikatsiya turlari: salonlar, yarmarkalar, ko‘rgazmalar, pochta orqali tarqatish, telemarketing, kataloglar orqali savdo ham mavjud.
Chakana savdodagi reklamani qo‘llash joyiga, vazifasiga texnikaviy vositalarni qo‘llash va ulardan foydalanish uslublariga qarab bir-biridan farq qiladi.

Xulosa

Zamonaviy axborot texnologiylari-shaxsiy kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining do’stona interfeysi axborot texnologiyasidir. Iqtisodiy sohada zamonaviy aborot texnologiyalridan foydalanish iqtisodiy axborotning sifati ,uning aniqligi,ob’ektivligi,tezkorligi va buning natijasida sifatida esa ,boshqaruv qaroqolrini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi.Boshqaruv faoliyatini avtomatlashtrish yangi axborot texnologiyalri asosida ma’lumotlarni qayta ishlash,saqlash va qidiruvini amalga oshiradigan”electron ofis”konsepsiyasini paydo bo’lishiga olib keladi.Marketingda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalrni qo’llash natijasida korxonlar marketing faoliyati samaradorligi oshib,ular bozordagi axborotlardan o’z vaqtida to’liq va aniq foydalanadilar. O’zaro bog’liq bo’lgan ko’p sonli korxonalarni kompleksidan tashkil topgan tijorat strukturalari faoliyatida axborotlarni uzatishi mazkur strukturani normal faoliyat ko’rsatishini birinchi darajali va o’zgarmas faktori bo’lib hisoblanadi. Bunda axborotlarni tezkorligi va ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’pgina korxonalar uchun axbortlarni ichki ichki tizimi tashkiliy-texnologik jarayonning vazifalarini yechadi hamda ishlab chiqarish xarakteriga ega. Bu eng avvalo, ichki korxona kanallari orqali maxsuslashtirilgan korxonalardan tushadigan korxonani nusxalashtirilgan mahsulotlar bilan ta’minlash jarayoniga tegishlidir. Bu yerda axborot boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma’lumotlarni taqdim etishda muhim rol o’ynaydi, hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va uning samaradorligini oshirishini ta’minlovchi faktorlardan biri bo’lib hisoblanadi. Qarorlar qabul qilishda mos ravishdagi rolni yangi ilmiy bilimlar , kashfiyotlar to’g’risidagi ma’lumotlar, o’z korxonasi hamda raqobatchi korxonalardagi texnik yangiliklarni o’z ichiga oluvchi ilmiy-texnikaviy axborotlar o’ynaydi. Bu korxonada yuqori darajali raqobatbardoshlikni ta’minlovchi Amaliy va o’z vaqtida foydalaniladigan potensial bilimlar, texnik vazifalar hamda uzluksiz to’ldiriladigan umumiy fonddan iborat.


Axborotlar ishlab chiqish va mos ravishda qarorlar qabul qilish uchun ma’ruza, hisobotlar, takliflar tayyorlashda asos bo’lib xizmat qiladi. Har bir konkret axborotning mazmuni boshqaruv bo’g’inlarining ehtiyojlari va ishlab chiqiladiganboshqaruv qarorlari bilan aniqlanadi.

Bugungi kuda mamlaktimizdagi iqtisodiy islohotlarni bosh maqsadi – rivojlangan davlatlar iqtisodiy tizimlari tajribasini tahlil qilgan holda o’zimizga xos bo’lgan milliy iqtisodiy tizimni yartish va takomilashtirib borish. Hozirgi kunda mamlaktimiz jhon bozorlariga raqobatbardosh mahulotlarni eksport qilib o’z ulushiga ega bo’lib bormoqda. Shunday ekan ,korxonalarimiz mahsulotlarni bozordagi sotish jarayonlari,reklama va boshqa bozor munosabatlarini o’rganish uchun marketing faoiyatini takomillashtirish kerak. Marketing faoliyatini takomillashtirish uchun zamonaviy axborot komunikatsiyon texnolgiyalardan samarali foydalanish kerak. Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish natijasida markeing faoliyatida ishonchli axborotlarga ega bo’lib kelgusi hatti harkatlarini aniq belgilab olish mumkin.





Download 127.43 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 127.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tsim fakulteti 111-20-guruh talabasi Isomov Islomjonning sotib olish tamoyillari fanidan bajargan mustaqil ishi

Download 127.43 Kb.