-bob. Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi




Download 2,22 Mb.
bet17/40
Sana09.01.2024
Hajmi2,22 Mb.
#133503
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
172 12.04.2022(1)

10-bob. Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi
64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo‘l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo‘l belgilari bo‘lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda o‘zlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama bo‘lgan yo‘l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmalar, yo‘nalishli transport vositalarining to‘xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan deb hisoblanadi.
Tramvay yo‘li, ajratuvchi tasma, uzluksiz 1.1, 1.3 yo‘l chiziqlar yoki uzuq-uzuq tomoni chapda joylashgan 1.11 yo‘l chizig‘i bilan ajratilgan yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish taqiqlanadi.
65. To‘rt va undan ortiq tasmali, harakat ikki tomonlama bo‘lgan yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmalarga chiqish taqiqlanadi.
66. Harakat ikki tomonlama bo‘lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo‘llarda, ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta qatorga faqat quvib o‘tish, aylanib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
67. Aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda hamda aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yo‘l qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. O‘ng tasmalar bo‘sh bo‘lganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.
Aholi punktlarida ushbu bandning birinchi xatboshi va ushbu Qoidalarning 69, 123 va 161-bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda, haydovchilar o‘zlariga qulay bo‘lgan harakatlanish bo‘lagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band bo‘lganda harakatlanish qatorini faqat o‘ngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, to‘xtash yoki to‘siqni aylanib o‘tish uchun o‘zgartirishga ruxsat etiladi.
Biroq, bir yo‘nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo‘lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band bo‘lgan hollarda, shuningdek, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.
Boshqa hollarda yuk avtomobillariga yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanish taqiqlanadi.
Harakat bir tomonlama bo‘lgan yo‘lning chap bo‘lagida to‘xtash va to‘xtab turish ushbu Qoidalarning 88-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
68. Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan yoki texnik sabablarga ko‘ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib o‘tish, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yo‘lning chap tomonida to‘xtashdan boshqa hollarda faqat chetki o‘ng qatorida harakatlanishlari kerak.
69. Bir yo‘nalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yo‘lidan, shu yo‘nalishdagi boshqa tasmalar band bo‘lganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib o‘tishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi yo‘nalishdagi tramvay yo‘lidan harakatlanish taqiqlanadi.
Agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yo‘l belgilari o‘rnatilgan bo‘lsa, chorrahadan o‘tishda tramvay yo‘llaridan harakatlanish taqiqlanadi.
70. Agar qatnov qismi yo‘l chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan bo‘lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat’iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o‘tishga ruxsat etiladi.
71. Reversiv harakatlanishli yo‘lga burilishda haydovchi transport vositasini shunday boshqarishi kerakki, bunda transport vositasi qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki o‘ng qatorni egallashi kerak. Shu yo‘nalishdagi boshqa tasmalardan ham harakatlanish ruxsat etilganiga ishonch hosil qilingandan keyingina haydovchiga qayta tizilishga ruxsat etiladi.
72. Qoidalarning 88, 166-bandlarida ko‘zda tutilganlardan boshqa hollarda transport vositalarining ajratuvchi mintaqalar, yo‘l yoqalari, trotuarlar, piyodalar yo‘lkalarida, velosiped yo‘lkalari, velosipedchilar uchun tasmalar, piyodalar va velosipedchilarning birga va alohida harakatlanadigan yo‘laklarda mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
Bu joylarda yo‘ldan foydalanish va kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, bevosita yo‘l yoqalari, trotuarlar yoki piyodalar yo‘lkalari oldida joylashgan savdo shoxobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun boshqa imkoniyati bo‘lmagan transport vositalariga yaqin yo‘ldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda harakatlanish xavfsizligi ta’minlangan bo‘lishi shart.
73. Haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.
74. Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yo‘llarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq bo‘lgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari o‘zi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida, ularni quvib o‘tayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.
Quvib o‘tish taqiqlangan yo‘llarda, shuningdek, transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi tarkibida va serqatnov bo‘lgan yo‘llarda harakatlanayotganda ushbu talabga amal qilinmaydi.
75. Agar biror to‘siq sababli qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanish qiyin bo‘lsa, to‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi yo‘l berishi kerak.
76. Agar yo‘l belgilari va chiziqlari boshqa yo‘nalishni ko‘rsatmagan bo‘lsa, haydovchilar ajratuvchi bo‘lagi bo‘lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yo‘l inshooti qismlari (ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich ustunlari va shunga o‘xshashlar)ni o‘ng tomondan aylanib o‘tishlari kerak.

Download 2,22 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Download 2,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi

Download 2,22 Mb.