|
Tsz: Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
|
bet | 18/40 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 2,22 Mb. | | #133503 |
Bog'liq 172 12.04.2022(1)11-bob. Harakatlanish tezligi
77. Haydovchi harakatlanishning serqatnovligini, transport vositasining va yukning xususiyati hamda holatini, yo‘l va ob-havo sharoitini, shuningdek, harakatlanish yo‘nalishidagi ko‘rinishni hisobga olib transport vositasini belgilangan tezlikdan oshirmagan holda xavfsizlikni ta’minlovchi tezlik bilan boshqarishi kerak.
Tezlik haydovchiga ushbu Qoidalar talablarini bajarish uchun transport vositasining harakatlanishini doimiy nazorat qilib borish imkoniyatini berishi kerak.
Haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin bo‘lgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini to‘liq to‘xtashni ta’minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to‘siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tug‘dirmagan holda aylanib o‘tish choralarini ko‘rishi kerak.
78. Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va o‘tib ketib 300 metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
(78-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 140-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 09/23/140/0191-son)
79. Aholi punktlaridan tashqarida:
yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan;
shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan;
boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan;
tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish ruxsat etiladi.
80. Har qanday yo‘llarda:
yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;
bolalar guruhini tashkiliy tashiyotgan transport vositalariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;
mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan;
xavfli, og‘ir vaznli va katta o‘lchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga DYHXX bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari DYHXX bilan kelishilgan holda, yo‘l sharoitlari yuqori va kichik tezlikda xavfsiz harakatlanishni ta’minlaydigan hollarda, yo‘llarning ayrim qismlari yoki harakatlanish tasmalarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yo‘l belgilari o‘rnatib) ruxsat beradi.
81. Haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi:
tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘rsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish;
tezlikni transport vositasiga o‘rnatilgan “Tezligi cheklangan” taniqlik belgisida ko‘rsatilganidan oshirish;
zaruriyat bo‘lmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga xalaqit berish;
yo‘l-transport hodisasining oldini olish zarurati bo‘lmaganda, keskin tormoz berish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tsz: Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
|