-bob. Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish




Download 2,22 Mb.
bet26/40
Sana09.01.2024
Hajmi2,22 Mb.
#133503
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Bog'liq
172 12.04.2022(1)
10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, Istedod ziyosi 2022 (2), 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
23-bob. Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish
134. Sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, shuningdek yo‘lning yoritilganligidan qat’i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositasida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan bo‘lishi kerak:
barcha mexanik transport vositalarida va mopedlarda — uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari;
velosipedlarda — fara yoki chiroqlar (agar mavjud bo‘lsa);
tirkamalarda va shatakka olingan mexanik transport vositalarida — gabarit fara chiroqlari.
135. Quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi fara chiroqlari o‘rniga yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak:
yo‘l yoritilgan bo‘lsa;
qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek, qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositasining haydovchisi fara chiroqlarini vaqti-vaqti bilan o‘chirib-yoqib bunga zarurat borligini bildirgan hollarda undan ham ko‘proq masofada;
qarama-qarshi va bir yo‘nalishdagi transport vositalari haydovchilarining ko‘zini qamashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa barcha holatlarda.
Ko‘zi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish bo‘lagini o‘zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to‘xtashi kerak.
136. Sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismida, shuningdek, yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda to‘xtagan yoki to‘xtab turgan transport vositasida gabarit fara chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak.
Etarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qo‘shimcha ravishda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari, tumanga qarshi fara chiroqlari va tumanga qarshi orqa fara chiroqlari yoqilishi mumkin.
137. Quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin:
yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan;
sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan birga;
ushbu Qoidalarning 138-bandida ko‘zda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari o‘rniga.
138. Sutkaning yorug‘ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak:
transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobuslar va yo‘nalishli transport vositalarida;
bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;
mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida);
kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) sharoitida;
mototsikl va mopedlarda.
139. Konstruksiyasida projektor-fara chiroqlari va izlovchi-fara chiroqlari bo‘lgan transport vositalaridan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
aholi punktlaridan tashqarida;
qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bo‘lmaganda.
Aholi punktlarida esa bunday fara chiroqlaridan foydalanishga faqat ushbu Qoidalarning 25 va 28-bandlarida ko‘zda tutilgan transport vositalari haydovchilariga ruxsat etiladi.
140. Tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini faqat yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda qo‘llash mumkin. Tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini to‘xtash fara chiroqlari (stop-signal)ga ulash taqiqlanadi.
141. “Avtopoyezd” taniqlik belgisi avtopoyezd harakatlanayotganda, shuningdek, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda yo‘lda to‘xtash va to‘xtab turish paytida ham yoqib qo‘yilishi kerak.

Download 2,22 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Download 2,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish

Download 2,22 Mb.