Tsz: Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida




Download 2,22 Mb.
bet28/40
Sana09.01.2024
Hajmi2,22 Mb.
#133503
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
Bog'liq
172 12.04.2022(1)

26-bob. Odam tashish
152. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish “C” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan (odamlar soni kabinadagi yo‘lovchilarni ham qo‘shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo‘lmasa) va shu toifadagi transport vositasini kamida 3 yil davomida boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Yuk transport vositalarining yukxonasida tashiladigan odamlar soni kabinadagi yo‘lovchilarni ham qo‘shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo‘lganda, haydovchi mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan talablarga qo‘shimcha “D” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ham ega bo‘lishi kerak.
Harbiy haydovchilarning yuk avtomobillarida odam tashishiga ruxsat berish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
153. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan o‘rindiqlar jihozlangan bo‘lishi kerak.
154. Odam tashish uchun moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, bunda ular bort sathidan pastda o‘tirish uchun o‘rindiqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
155. Shaharlararo, sayyohlik, ekskursiya yoki tog‘li yo‘nalishlarda va bolalar guruhini tashkiliy ravishda tashish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-maydagi 424-son qarori hamda 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
156. Bolalar guruhini tashkiliy tashishda avtobus (mikroavtobus)da katta yoshli kuzatib boruvchi(lar) bo‘lishi shart.
Bunday avtobus (mikroavtobus)larning oldi va orqa tomoniga “Bolalar guruhini tashish” taniqlik belgisi o‘rnatilishi kerak.
157. Harakatni boshlashdan oldin haydovchi yo‘lovchilarga xavfsizlik choralari, avtomobilga chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuncha berishi kerak.
Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yo‘lovchilarni xavfsiz tashish sharoiti ta’minlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
158. Haydovchi transport vositasi to‘liq to‘xtagandan keyin yo‘lovchilarning chiqishi va tushishida ularning xavfsizligini ta’minlashi kerak. Eshiklar yopilgandan so‘ng harakatlanishni boshlashi va to‘liq to‘xtamaguncha ularni ochmasligi shart.
159. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida;
transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo‘ljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno);
Traktorlar va boshqa o‘ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukxonasida;
Mototsikllarning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan joylaridan tashqarida;
12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsiklning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida;
odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lganda.
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.

Download 2,22 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Download 2,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tsz: Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

Download 2,22 Mb.