Tsz: Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida




Download 2,22 Mb.
bet36/40
Sana09.01.2024
Hajmi2,22 Mb.
#133503
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
172 12.04.2022(1)

1. Yotiq chiziqlar
Yo‘lning qatnov qismi yuzasidagi chiziqlar, yo‘naltirgichlar, yozuvlar va boshqa belgilar harakatlanish tartibi va aniq rejimini belgilaydi.
Yo‘l chiziqlari doimiy yoki vaqtincha bo‘lishi mumkin.
Yo‘l chiziqlarini ko‘rish imkoniyati bo‘lmasa (qor, loy va boshqalar) ushbu yo‘l qismida mazkur chiziqlar ma’nosiga mos keladigan yo‘l belgilari o‘rnatilishi kerak.
Yotiq chiziqlar oq rangda bo‘ladi (1.4, 1.10 va 1.17 chiziqlar sariq rangda bo‘ladi), shuningdek, 1.24 chizig‘i (2x2 metr o‘lchamdagi ko‘k asosda sariq rangda nogironligi bo‘lgan shaxsning tasviri tushirilgan bo‘ladi).
Piyodalar o‘tish joyidagi chiziqlar oq va oq bilan birgalikda boshqa ranglar ko‘rinishida qo‘llanilishi mumkin.
1.1 — qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo‘lagining chegarasini bildiradi; yo‘lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo‘lning qatnov qismi chegarasini bildiradi;
1.2 (enli sidirg‘a chiziq) — avtomagistrallarda qatnov qismi chetini bildiradi.
1.3 — to‘rt va undan ortiq harakatlanish bo‘lagi bo‘lgan yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi;
1.4 — to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
1.5 — ikki yoki uch tasmali yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan ikki yoki undan ko‘proq tasmali yo‘llarda tasmalarning chegaralarini va bir yo‘nalishdagi harakatlanish bo‘lagi bilan velosiped bo‘lagi chegarasini bildiradi;
1.6 (yaqinlashish chizig‘i — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo‘lgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi;
1.7 (har bir chizig‘i qisqa va oralari shu chiziqlar bo‘yiga teng bo‘lgan uzuq-uzuq chiziq) — chorrahadagi harakatlanish tasmalarini bildiradi;
1.8 (enli uzuq-uzuq chiziq) — tezlashish yoki sekinlashish bo‘lagi bilan yo‘lning qatnov qismidagi asosiy bo‘lagi o‘rtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yo‘lning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar to‘xtaydigan joylarda va boshqalar);
1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan bo‘laklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo‘llarda (reversiv svetofori o‘chirilgan holatda) qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimini ajratadi;
1.10 — to‘xtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi va yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo‘l qismlarida, bir yo‘nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, to‘xtash maydonchalari va shunga o‘xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo‘nalishda ruxsat etilganligini ko‘rsatadi;
1.12 (to‘xtash chizig‘i) — 2.5 belgisi yoki svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi to‘xtash kerak bo‘lgan joyni ko‘rsatadi;
1.13 — kesishayotgan yo‘lda harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berish uchun to‘xtash zarur bo‘lganda, haydovchiga transport vositasini to‘xtatish joyini ko‘rsatadi;
1.14.1 — (oq rangli “zebra”) — piyodalarning o‘tish joyini belgilaydi.
1.14.2 — (oq-sariq rangli “zebra”) — piyodalarning o‘tish joyini belgilaydi;
1.14.3 — yotiq chiziqning yo‘naltirgichlari piyodalarning harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi;
1.14.4 — oq-qizil rangli yo‘l chizig‘i maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida piyodalarning o‘tish joyini belgilaydi;
1.15 — yo‘lning velosiped yo‘lkasi kesib o‘tgan joyini bildiradi;
1.16.1 — 1.16.3 — transport vositalari oqimi ajraladigan yoki qo‘shiladigan joylardagi yo‘naltiruvchi orolchalarni bildiradi;
1.17 — yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to‘xtab turish joylarini bildiradi;
1.18 — chorrahada tasmalar bo‘laklar bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin; oxiri berk yo‘l tasvirlangan chiziq shu yo‘nalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini ko‘rsatish uchun chiziladi; chetki chap tasmadan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi;
1.19 — qatnov qismining toraygan (shu yo‘nalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 — 1.18.3 belgilari bilan qo‘llanilishi mumkin;
1.20 — haydovchini 1.13 chizig‘iga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi;
1.21 (“STOP” — To‘xtang! yozuvi) — 2.5 belgisi bilan birga qo‘llanilganda haydovchini 1.12 chizig‘iga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi;
1.22 — yo‘l (harakatlanish yo‘nalishi) raqamini ko‘rsatadi;
1.23 — yo‘lning faqat yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan bo‘lagini bildiradi.
1.24 — nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun to‘xtab turish joyi;
1.25 — piyodalar yo‘lkasini yoki piyodalar va velosipedchilar birgalikda harakatlanishi mo‘ljallangan yo‘lkaning piyodalar uchun mo‘ljallangan qismini bildiradi;
1.26 — velosiped yo‘lkasini yoki velosiped harakatlanishi uchun mo‘ljallangan tasmani bildiradi;
1.27 — ogohlantiruvchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i;
1.28 — taqiqlovchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i;
1.29 — sun’iy yo‘l notekisligini bildiradi;
1.30 — Maktablarga yaqin yo‘lning qatnov qismidan maktab o‘quvchilarning chiqib qolish ehtimolini inobatga olgan holda maktablar joylashgan hududlar oldida chiziladi;
1.31 — Aholi punktlaridan tashqarida yo‘llarning transport vositalari tez harakatlanadigan xavfli burilishlarida hamda aholi punktlarining piyodalar o‘tish joylariga yaqinlashuvda haydovchilar hushyorligini oshirish maqsadida termoplast yordamida chiziladigan “Shovqin chiziqlari”dan foydalanilishi mumkin;
1.32 — qatnov qismi kesishmasi hududiga yaqinlashayotganligini anglatib, oldinda tirbandlik yuzaga kelganligi tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorrahaga kirish, agar to‘xtash chizig‘i yoki 5.33 yo‘l belgisidan o‘tib bo‘lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishni taqiqlanishini bildiradi;
1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o‘tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo‘llanilgan 1.1 chizig‘i bundan mustasno.
1.2, 1.5 — 1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib o‘tish mumkin.
Reversiv svetoforlar bo‘lmaganda yoki ular o‘chirib qo‘yilganda, 1.9 chizig‘ini faqat u haydovchining o‘ng tomonida bo‘lsa, bosib o‘tishga ruxsat etiladi.
Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yo‘nalishli tasmalarni ajratayotgan 1.9 chizig‘ini istalgan tomondan bosib o‘tishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor o‘chirilganda, haydovchilar darhol 1.9 chizig‘idan o‘ngga qayta tizilishlari kerak.
Reversiv svetofor o‘chirilgan bo‘lsa, qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chizig‘ini bosib o‘tish taqiqlanadi.
1.11 chizig‘ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg‘a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o‘tishni tugatayotganda bosib o‘tishga ruxsat etiladi.
Yo‘l belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yo‘l belgilarining va yotiq yo‘l chiziqlarining ma’nolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yo‘l chiziqlarini yetarlicha farqlab bo‘lmasa, haydovchilar yo‘l belgilariga amal qilishlari kerak.
Vaqtincha yo‘l chiziqlarining va doimiy yo‘l chiziqlarining ma’nolari bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha yo‘l chiziqlariga amal qilishlari kerak.

Download 2,22 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Download 2,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tsz: Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

Download 2,22 Mb.