Tsz: Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida




Download 2,22 Mb.
bet29/40
Sana09.01.2024
Hajmi2,22 Mb.
#133503
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Bog'liq
172 12.04.2022(1)
10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, Istedod ziyosi 2022 (2), 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
27-bob. Yuk tashish
160. Tashilayotgan yukning vazni va o‘qlarga tushadigan og‘irlik miqdorining taqsimlanishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan va ishlab chiqargan korxona tomonidan ushbu transport vositasi uchun belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
161. Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yukning to‘g‘ri joylashganligiga va mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa, yukning tushib ketmasligini va harakatlanishga xalaqit bermasligini ta’minlash maqsadida uning holatini kuzatib borishi kerak.
162. Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo‘l qo‘yiladi:
agar yuk haydovchiga tevarak-atrof ko‘rinishini cheklamasa;
transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini buzmasa;
tashqi yoritish asboblari, gabarit fara chiroqlarini va yorug‘lik qaytargichlarini, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik davlat raqam belgilari va taniqlik belgilarni, shuningdek, qo‘l bilan beriladigan ishoralarni ko‘rishini to‘smasa;
Oldingi tahrirga qarang.
sochiluvchan (qadoqlanmagan) qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, qurilish va maishiy chiqindilarni, shuningdek, boshqa to‘kiladigan (issiq asfalt, yirik gabaritli va og‘ir yuklardan tashqari) yuklarni N, O3 va O4 toifadagi bortli va o‘zi ag‘daruvchi avtotransport vositalarida majburiy tartibda amaldagi standartlar asosida brezent (zichligi 660 g/m2 dan kam bo‘lmagan) yoki polivinilxlorid qoplamali (zichligi 900 g/m2 dan kam bo‘lmagan) materiallardan tayyorlangan tent bilan bort sathidan oshirmasdan va bortga mustahkam qotirilib, yuza qismi to‘liq yopilgan bo‘lsa. Bunda tent bortni har tomondan 200±50 mm dan kam bo‘lmagan holda yopishi va mahkamlovchi moslamalar bilan qotirilishi lozim;
(162-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 406-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/406/0625-son)
avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va og‘ir yuklardan tashqari, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, to‘kiladigan boshqa yuklarni tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan bo‘lsa;
shovqin solmasa, chang ko‘tarmasa, yo‘lni va atrof muhitni iflos qilmasa;
yengil avtomobilning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasa.
Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida sanab o‘tilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko‘rishi, buning iloji bo‘lmasa, keyingi harakatlanishni to‘xtatishi shart.
163. Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk “Katta o‘lchamli yuk” taniqlik belgisi bilan belgilanishi, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda esa bunga qo‘shimcha ravishda oldi oq rangli chiroq yoki yorug‘lik qaytargich, orqasi esa qizil rangli chiroq yoki yorug‘lik qaytargich bilan belgilanishi kerak.
164. Katta hajmli va og‘ir vaznli hamda xavfli yuklarni tashishda gabarit o‘lchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo‘yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi yo‘l sathidan 4 metrdan, uzunligi yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, yarim tirkamali va tirkamali avtopoyezd uchun — 20 metrdan ortiq bo‘lgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi DYHXX bilan kelishilishi shart.
Avtobus va mikroavtobuslar tomiga yuk tashish uchun moslamalar o‘rnatish, hamda belgilanmagan joylarda yuk tashish taqiqlanadi.
Transport vositasida xalqaro yuk tashish transport vositalariga qo‘yiladigan talablarga va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari hamda qonunchilik hujjatlarini hisobga olgan holda belgilangan tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 2,22 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Download 2,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tsz: Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

Download 2,22 Mb.