|
-bob. Tartibga solinmagan chorrahalar
|
bet | 22/40 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 2,22 Mb. | | #133503 |
Bog'liq 172 12.04.2022(1)16-bob. Tartibga solinmagan chorrahalar
104. Teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo‘ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo‘nalishidan qat’iy nazar, yo‘l berishi kerak.
Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo‘nalishidan qat’iy nazar, teng ahamiyatli yo‘lda bir yo‘nalishda yoki qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.
105. Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o‘ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak.
Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo‘nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi.
106. Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
107. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak.
108. Agar haydovchi o‘zi harakatlanayotgan yo‘lning qoplamasi bor-yo‘qligini aniqlay olmasa (qorong‘i vaqt, loy, qor va boshqalar) va imtiyoz belgilari bo‘lmasa, unda u o‘zini ikkinchi darajali yo‘lda deb hisoblashi kerak.
17-bob. Piyodalarning o‘tish joylari va yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari
109. Tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashayotgan transport vositasining haydovchisi qatnov qismining shu yo‘nalishini kesib o‘tayotgan piyoda(lar)ni o‘tkazib yuborish uchun tezligini kamaytirishi yoki to‘xtashi shart.
110. Agar tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki to‘xtasa, qo‘shni tasmalarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyoda(lar) yo‘qligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘nggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.
111. Tartibga solingan piyodalar o‘tish joylarida haydovchilar svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yongan taqdirda ham piyoda(lar)ga qatnov qismini shu yo‘nalishda kesib o‘tishni tugallashiga imkon berishlari kerak.
112. Piyodalar o‘tish joylaridan keyin paydo bo‘lgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar o‘tish joyida to‘xtashga majbur bo‘ladigan bo‘lsa, piyodalar o‘tish joyiga kirish taqiqlanadi.
113. Barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar o‘tish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan ko‘zi ojiz piyoda(lar)ni o‘tkazib yuborishi kerak.
114. Agar yo‘lovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan bo‘lsa, haydovchi bekatda to‘xtagan yo‘nalishli transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda(lar)ga yo‘l berishi kerak.
115. “Bolalar guruhini tashish” taniqlik belgisi o‘rnatilgan, avariya ishorasi yoqilgan transport vositasi to‘xtaganda, unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur bo‘lsa, to‘xtashi va bolalarni o‘tkazib yuborishi shart.
|
| |