|
Tsz: Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
|
bet | 5/40 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 2,22 Mb. | | #133503 |
Bog'liq 172 12.04.2022(1)aholi punkti — kirish va chiqish yo‘llari 5.22 — 5.25 yo‘l belgilari bilan belgilangan hudud;
yetarlicha ko‘rinmaslik — yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi va shunga o‘xshash sharoitlarda, shuningdek, kunning g‘ira-shira vaqtida yo‘lning ko‘rinish masofasi 300 metrdan kam bo‘lishi;
quvib o‘tish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zib ketish;
qayta tizilish — dastlabki harakat yo‘nalishini saqlagan holda o‘z harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga o‘tish;
o‘zib ketish — transport vositasining bir yo‘nalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash — yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarining oldini olishga, ularning og‘ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat;
yo‘l yoqasi — yo‘lning qatnov qismiga u bilan bir sathda bevosita tutashgan, qoplama turi bilan farq qiladigan yoki 1.1 yo‘l chizig‘i yordamida ajratilgan, ushbu Qoidalarga muvofiq harakatlanish, to‘xtash va to‘xtab turish uchun mo‘ljallangan bo‘lagi;
yo‘l harakatini tashkil etish — yo‘llarda harakatni boshqarish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy-texnika tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui;
piyodalarning tashkiliy jamlanmasi — Qoidalarning 16-bandi talablariga muvofiq yo‘lda bir yo‘nalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi;
transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi — oldida ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi yoqilgan transport vositasi kuzatib borayotgan, bevosita bir-birining ketidan, bitta harakatlanish bo‘lagida, yaqinni yorituvchi faralar chiroqlarini yoqib kelayotgan, uch va undan ortiq mexanik transport vositalari guruhi;
bolalar guruhini tashkiliy tashish — yo‘nalishli transport vositalariga daxli bo‘lmagan avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning tashkiliy tashilishi;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tsz: Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
|