Tuproqning texnologik xossalarini aniqlash. Ishning maqsadi




Download 14,78 Kb.
bet2/3
Sana22.12.2023
Hajmi14,78 Kb.
#127056
1   2   3
Bog'liq
Tuproqning texnologik xossalarini aniqlash-fayllar.org

Oqishning yuqorgi chegarasini aniqlash uchun:
a) mutloq quruq tuproq 1 mm li teshikli elakdan o‘tkaziladi;
b) 40 g tuproq (A) tortiladi;
v) tuproqdagi yumaloq 1-chinni kosachaga solinadi;
g) o‘lchov slindriga 100 sm3 suv quyiladi;
d) uzluksiz aralashtirib turgan holda tuproq oqadigan suyuq holga kelguncha asta-sekin suv quyib turiladi;
e) kosachadan shisha taYoqcha Yordamida egatcha olinadi. Agar bu egatcha 30 sek davomida qo‘shilib ketsa bu oqishning yuqori chegarasi bo‘ladi;
j) oqishning yuqori chegarasini hosil qilish uchun sarflangan suv hajmi (V) o‘lchanadi;
z) tuproqning 100 og‘irlik qismiga to‘g‘ri keladigan oqishning yuqori chegarasi (kub santimetr Yoki foizlarda) hisoblanadi:
A - V
100 - x

Oqishning quyi chegarasini aniqlash uchun:
a) 2-kosachada 1 mm li teshikli elakda elangan 60 g quruq tuproq tortib olinadi;
b) oqishning yuqorgi chegarasi aniqlangan avvalgi tajribadagi birinchi kosachaga (tuproq va suvli) 2-kosachadan quruq tuproq qo‘shiladi va metall shpatel bilan yaxshilab aralashtiriladi. Qorilgan massa kosachada shpatel bilan bir xil qalinlikda taqsimlanadi; so‘ngra bir-biridan 0,5 sm oraliqda bo‘lgan ikkita teng qismga ajratiladi;
v) kosachaga bir necha marta qattiq uriladi. Agar ajratib qo‘yilgan qismlar past tomondan bir oz qo‘shilib ketsa ham, chegara aniqlangan bo‘ladi;
g) 2-kosachadagi quruq tuproq qoldig‘i (a) tortiladi;
d) oqishning quyi chegarasini aniqlash uchun sarflangan tuproqning og‘irligi (T) hisoblanadi:
e) oqishning tuproqning 100 og‘irlik qismiga to‘g‘ri keladigan quyi chegarasi (kub santimetr Yoki foizlarda) hisoblanadi:

T – V
100 – x



Yopishqoqlik chegarasini aniqlash uchun:
a) 1-kosachaga avvalgi tajribadagi qorishmani tashlab yubormay turib (oqishning quyi chegarasini aniqlagandan so‘ng) 2-kosachadan quruq tuproq qo‘shiladi va nikelli shpatel massaning yuqori qismidan o‘tkazilaYotganda mazkur tuproqdan ajralmaguncha, ya’ni Yopishqoqlik chegarasi topilmaguncha aralashtiriladi;
b) 2-kosachadagi quruq tuproq qoldig‘i (b) tortiladi;
v) Yopishqoqlik chegarasini aniqlash uchun sarflanadigan tuproqning og‘irligi hisoblanadi:
g) tuproqning 100 og‘irlik qismiga to‘g‘ri keladigan Yopishqoqlik chegarasini (kub santimetr Yoki foizlarda ) hisoblab topiladi:

C – V
100 – x


Yumaloqlanish chegarasini aniqlash uchun:
a) Yopishqoqlik chegarasi aniqlangandan keyin 1- kosachaga 2- kosachadan quruq tuproq solinadi va yaxshilab aralashtiriladi;
b) tuproq qorishmasining bir bo‘lagi qog‘oz ustida unga aylanguncha barmoqlar bilan Yoyiladi.Bundan ipni shunday Yoyish kerakki, u bo‘yiga cho‘zilib ketsin. Ipchalar bo‘lakchalarga ajrala boshlaganda yumaloqlanish chegarasi aniqlangan bo‘ladi;
v) 2-kosachadagi quruq tuproq qoldig‘i (D) tortiladi;
g) yumaloqlanish chegarasini aniqlash uchun sarflangan tuproqning og‘irligi topiladi:
K  C + b – D
d) tuproqning 100 og‘irlik qismiga to‘g‘ri keladigan yumaloqlanish chegarasi (kub santimetr Yoki foizlarda) hisoblanadi:
K – B
100 g – x

Plastiklik chegarasini aniqlash. Tuproqning plastikligi oqishning yuqori chegarasi bilan yumaloqlanish chegarasi o‘rtasidagi farqqa qarab aniqlanadi. Tuproqning plastikligi, qovushqoqligi kabi, yerga ishlov berish sifatiga ta’sir qiladigan fizik-mexanikaviy va kimYoviy xossalarga bog‘liq. Haydalgan yerning strukturaliligi, yirik kesakchaliligi va boshqalar tuproq plastikligining kattaligiga bog‘liq.
Yig‘ma jadval tuzish va xulosa chiqarishda tuproqning 100 og‘irlik qismiga to‘g‘ri keladigan suvning og‘irlik qismidagi tuproqning texnologik xossalariga asoslaniladi.
12- jadval
Tuproqning texnologik xossalarini aniqlashga doir yig‘ma jadval

Tuproq turi


Oqishning yuqorigi chegarasi


Oqishning pastki chegarasi


Yopishqoqlik chegarasi


Yumaloqlanish chegarasi


Plastiklik chegarasi






























Download 14,78 Kb.
1   2   3




Download 14,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuproqning texnologik xossalarini aniqlash. Ishning maqsadi

Download 14,78 Kb.