|
Turan international university «Biznes boshqaruvi» fakulteti Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti
|
Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #157333 |
Bog'liq MT 2 ergasheva Dilorom
TURAN INTERNATIONAL UNIVERSITY
«Biznes boshqaruvi» fakulteti
Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti
(sirtqi ta’lim)
Ergasheva Diloromning
KOMPYUTER TARMOQLARI
fanidan
Tarmoqning passiv qurilmalari.
mavzusida
Mustaqil ishi №2
Ko‘riladigan masalalar - Tarmoq qurilmalari haqida tushuncha
- Tarmoq qurilmalari turlari
- Passiv tarmoq qurilmalari haqida tushuncha
- Passiv tarmoq qurilmalarining ishlash prinsplari
Tarmoq qurilmalari
Tarmoq qurilmalari — kompyuter tarmog’ining ishlashi uchun zarur bo’lgan qurilmalar. Bu qurilmalarni asosiy vazifalari tarmoq orqali uzatilayotgan ma‘lumotlarni uzatish va qabul qilishdan iborat.Bu qurilmalar quyidagilardir: - HUB (uzatish signallarini kuchaytiruvchi va qayta ishlovchi);
- BRIDGE (ko‘prik);
- ROUTER (marshrutizator);
- SWITCH (kommutator);
- GATEWAY (shlyuz);
- MODEM.
Tarmoq qurilmalari 2 turga bo’linadi:
Tarmoqning passiv qurilmalari Passiv qurilma deganda «intellektual» xususiyati bo’lmagan qurilma tushuniladi. Ularga quyidagilar kiradi: - konsentratorlar (hub),
- povtoritellar (repeater),
- kabel sistemalari,
- raz’yomlar,
- kross-panel va boshqalar kiradi.
HUB — tarmoqqa ulanishga mobil qurilmalarni birlashtirib, mahalliy tarmoq hosil qilishda qo`llaniladigan eng oddiy qurilma. Misol bilan tushuntiradigan bo`lsak, kichik ofisdagi 2 ta PC, 1 ta Printerdan iborat tarmoq hosil qilish uchun, har biriga IP address berib, so`ng tarmoq kabeli bilan HUBga ulansa, 3 ta qurilmadan iborat kichik tarmoq yuzaga keladi.
Repetitor - aloqa liniyasi orqali signal uzatilishi mumkin bo'lgan masofani o’chirish uchun mo'ljallangan tarmoq qurilmasi. Har qanday tarqalish muhitida (elektr kabeli, optik tolali, havo bo'shlig'i) uzatilgan signal zaiflashadi. Bu juda ko'p sabablarga bog'liq: elektr kanallari uchun - o'tkazgichning isishi, optik tolali liniyalar uchun - optik signal to'lqinlarining toladan tashqariga chiqishi, RRL uchun (radio-rele liniyasi) - bu signalning kosmosda tarqalishi.
Kabel (gollandcha kabel — arqon, tros) — germetik himoyalangan qobiq ichiga joylashtirilgan bir yoki bir necha izolyasiyalangan simlardan iborat material. O’rama juft kabel (vitaya para) (ingl. twisted pair) — aloqa kabelining turi. Telefoniyada foydalaniladigan eshilgan sim juftidan iborat. U ekranlangan va ekranlanmagan bo’lishi mumkin. Ekranlangan kabel elektr magnit halaqitlariga ancha bardoshli bo’ladi. Ushbu kabelning kamchiliklari signallarning so’nish koeffitsiyenti yuqoriligi va elektromagnit halaqitlariga yuqori darajada sezgirligi, shuning uchun o’rama juftlikdan foydalanishda faol qurilmalar o’rtasidagi
eng yuqori masofa 100 metrgacha bo’ladi.
AGP (ingliz tilidan olingan boʻlib, Accelerated Graphics Port — tezlashtirilgan grafik port degan
maʼnoni bildiradi) — Intel kompaniyasi tomonidan 1997-yil ishlab chiqilgan boʻlib, videokarta uchun moʻljallangan 32-bitli tizimli shina. Intel Pentium MMX chipset MVP3, Super Socket 7 li MVP5 protsessorlarga moʻljallangan chipsetlar bilan bir vaqtda paydo boʻlgan. Ishlab chiqaruvchilarning asosiy vazifasi oʻrnatiladigan video xotira sonini kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish hajmini oshirish va videokarta narxini kamaytirish. Intel gʻoyasiga koʻra AGP-kart uchun katta hajmdagi video xotira kerak emas edi, chunki texnologiya umumiy xotiraga yuqori tezlikdagi kirishni koʻzda tutar edi. Undan avval boʻlgan PCI shinadan farqi:
- 66 MGs takt chastotada ishlashi;
- yuqori oʻtkazuvchanlik qobiliyati;
- DMA va DME xotirasi bilan ishlash rejimi;
- operatsiya va maʼlumotlar uzatishga soʻrovlar ajratish;
- PCI farqli ravishda katta energiya isteʼmoli bilanvideokartalarni qoʻllash imkoniyati.
Kross – panel Har qanday katta mahalliy tarmoqning albatta bo‘lishi zarur bo‘lgan uskunalaridan biri kross – panel bo‘lib, uni yig‘ish shkaflarida foydalaniladi. Kross – panellar ma’lum o‘lchamda bo‘lib, ularning o‘lchami yig‘ish shkaflarining o‘lchamidan kelib chiqadi.
Montaj shkafiga o‘rnatilgan kross – panelining asosiy vazifasi bu kabelni rasmning kompakt maydoniga qulay ulanishini ta’minlash va u kontakt maydonidan keyinchalik tarmoqning aktiv qurilmalar portiga ulanishini ta’minlashdir. Kros – panelning tashqi ko‘rinishi port turiga va soniga bog‘liq bo‘lib, uning oldi tarafiga joylashadi. Odatda kross – panelda 16 dan kam port bo‘lmaydi, yig‘ish shkafidagi moslamaning standart o‘lchamiga bog‘liqdir. Kross – panellarning soni mahalliy tarmoqdagi komp’yuterlar va boshqa ulanishi lozim bo‘lgan qurilmalarni kross – paneldagi portlarga ulanish soni bo‘yicha tanlanadi. Kross – paneldagi portlarga ulanish soni bo‘yicha tanlanadi. Odatda standart kross – panelda 24 tadan to 48 tagacha port mavjud bo‘ladi, ular bir yoki bir necha qatorga joylashgan bo‘lishi mumkin
ergashevadilorom7@gmail.com
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
|
| |