• Faoliyat joyiga ko‘ra
  • Turistik firmalar monitoringi




    Download 22.84 Kb.
    bet2/3
    Sana09.06.2022
    Hajmi22.84 Kb.
    #23369
    1   2   3
    Bog'liq
    1-mavzu (2)afggaa
    transformatorlar 04, Gaz razryadli asboblar, Ру си йза бо3, sport to`garagi qatnashchilarining jismoniy sifatlarini nazorat qilish metodikasi, kriptologya
    Faoliyat turiga ko‘ra:
    1. Ommaviy bozor turistik firmalari. Ular ommaviy turizm joylariga charter aviareyslardan foydalangan holda turpaketlar sotadilar.
    2. Maxsuslashgan turistik firmalar - bozorning ma’lum segmenti yoki mahsulotiga maxsuslashgan turistik firmalardir. Bular o‘z navbatida quyidagilar bo‘lishi mumkin:

    • maxsus qiziqishlar turistik firmalari (masalan, sport-sarguzasht turizmi, Afrikada safari uyushtirish va boshqalar);

    • maxsus boriladigan joylar turistik firmalari (masalan, Angliya, Fransiya va boshqa joylarga safarlar);

    • ma’lum mijozlar guruhi turistik firmalari (yoshlar, oilalar, ish odamlari va boshqalar);



    • maxsus joylashtirish joylari turistik firmalari (dam olish uylari, turbazalar va hoka

    • zo);

    • ma’lum transport turlaridan foydalanadigan turistik firmalari (teploxod, poyezd va boshqalar).

    Faoliyat joyiga ko‘ra:
    1.Mahalliy (ichki) turistik firmalar. Ular o‘zi yashayotgan mamlakat chegaralari doirasida yo‘nalishlar bilan birgalikda turpaketlar tuzadilar.
    2.Chiqish turistik firmalari turpaketlarni xorijiy davlatlarga yo‘naltiradilar.
    3.Qabul qiluvchi turistik firmalar. Ular turistlsrlar boradigan mamlakatda joylashgan bo‘ladi va ularga xizmat ko‘rsatishadi.
    Bundan tashqari, turistik firmalarni Initsiativ va Reseptiv turistik firmalarga ham bo‘lish qabul qilingan.
    Initsiativ turistik firmalar - bular turistlarni qabul qiluvchi (Reseptiv) firmalar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri turistik korxonalar bilan shartnoma asosida xorijga yoki boshqa regionlarga jo‘natadigan firmalardir. Bu turistik firmalarning faqat o‘zgalar turlarini sotish bilan shug‘ullanadigan turagentlardan farqli tomoni ular BTT me’yorlari bo‘yicha kamida uchta xizmatlardan (joylashtirish, turistlar transportirovkasi va yuqoridagi ikkitasidan boshqa istalgan xizmat turi) tashkil topadigan turmahsulot komplektatsiyasi bilan shug‘ullanishadi. Klassik Initsiativ turistik firmalar turli joylardagi mahalliy turistik firmalar xizmatlaridan foydalanib, murakkab yo‘nalishli turlarni shakllantiradi, sayohat boshlanadigan joyga borishni va u yerdan qaytib kelishni ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda yo‘nalish ichida transport xizmati ko‘rsatilishini tashkil etadi. Reseptiv turistik firmalar - qabul qilish joyida qabul qiluvchi va xizmat yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida ish olib boradigan turoperatorlardir.
    Real turizm tadbirkorligida, ko‘pincha, turizm bozori uchun harakterli bo‘lgan vazifalarning aralashuvi uchrab turadi. Turistik firmalar o‘zining ba’zi mahsulotlariga nisbatan ham Reseptiv, ham Initsiativ turistik firmalar, ba’zi hollarda esa boshqa turistik firmalar tomonidan shakllantirilgan tayyor turlarni sotish bo‘yicha turagent sifatida ham kelishi mumkin.
    "Turizm to‘g‘risida"gi Qonun bo‘yicha o‘z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o‘z yo‘llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi. Bunday talablarni turfirma bajaradi. Yo‘llanma turistlar bilan qilinadigan bitimga rasmiy ilovadir (xizmat ko‘rsatish joyiga ko‘rsatiladigan asosiy hujjat - vaucherdir).
    Reseptiv turistik firmalar qabul qilish uchun turlarni shakllantirish bilan shug‘ullanadi. Initsiativ maxsuslashgan turistik firmalar, qoida bo‘yicha, bir necha punktlarda qabul qilishlardan mujassamlashtirib turlarni shakllantiradi. Bunga misol qilib ijaraga olingan maxsuslashtirilgan transportdagi transturlami olish mumkin.
    Turistik firmalar buyurtma yoki inklyuziv tur bo‘lishi mumkin bo‘lgan (sotish chog‘ida o‘zgarmaydigan, oldindan aniq bo‘lgan xizmatlar to‘plami) dasturlar paketi, turpaket (pekidj-tur) tuzadi. Mos ravishda birinchisi xizmat ko‘rsatish variantlari bilan, ikkinchisi - variantlarsiz, xizmatlar kompleksning to‘plami bilan sotiladi. Bu qabul qilish imkoniyatlari va sayohatlar yo‘nalishiga bog‘liq.

    Turistik firmalar – tijorat maqsadi uchun turizm mahsulotini realizatsiyasini, uni taklif etuvchi, tayyorlash va rejalashtirishda bevosita ishtirok etuvchi turizm bozorini faol sub’ektidir. Bu turistik firmalar faoliyati yordamida vakolat imtiyoziga ega haridor agentlari nomidan turistik xizmatlarni bir necha muddat ilgari harid etish, bronlash, o‘zlashtirish, turpaketlar hozirlash demakdir. Turistik firmalar shunday qilib, sayohatni murakkab tizimini inobatga olgan holda uni iste’molchi bilan bog‘lovchi, turizm industriyasidagi suptuzilmani va korxona infratuzilmasi bilan bevosita aloqador, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmatlar ijrochisi (mehmonxonalar, tashuvchilar, ekskursiya firmalari, sug‘urta kompaniyalari, banklar va b.) maqsadida turistlarga samarali xizmatlarni uyushtiruvchidir (transferlar, ekskursiya dasturlari va b.).


    Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda har bir Turistik firmalarning vazifasi kelajakdagi sayohat tadbirini rejalashtirish, vaqtga uyg‘unlashtirish, xizmat arzlariga munosib ravishda jadval asosida sayyohlarga sifatli xizmat turini tashkil etishdir. Aniq rejalashtirilgan sayyohlik tadbiri hech qachon kamchiliklar yo‘l qo‘yilmaydigan xizmat turiga ehtiyoj sezadi. Sayyohlik xizmatlarini obdon rejalashtirish malakali va tajribali turoperatorlarni samarali mehnati tufayli erishiladi.
    Turizm xizmat bozorida turistik firmalar bir qancha funksiyalarni bajaradi. Jumladan, narxni shakllantirish funksiyasi turistik firmalar uchun muhim ahamiyatga egadir. Har bir turistik firmalarning imkoniyati narxni shakllanishiga ko‘ra bir xil emas. U o‘z ob’ektiv va sub’ektiv omillariga ega. Eng avvalo bu turistik firmalar ishining hajmiga bog‘liq. Doimiy ravishda turistlarni kutib olish, kuzatish xizmatlari, o‘z navbatida xususiy charter reyslarini tashkil etishni taqozo etadi, bunday holat esa pirovardida dam olish markazlarida xususiy vakilliklarini ochish, mehmonxona korxonalariga o‘z ta’sirini o‘tkazishga olib keladi. Ta’kid etilgan omillar turistik xizmatlarni narxiga bevosita ta’sir etadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, yirik turistik firmalar har qanday sharoitda ham turizm bozorida baholarni belgilanishida korcholonlik rolini o‘ynaydilar. Bu bozor segmentlarida, VIP – turlarda, ommaviy va yangi raqobatda, narx sharoitlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.

    Download 22.84 Kb.
    1   2   3




    Download 22.84 Kb.