• Tayanch so‘z va iboralar
  • Turistik firmalar monitoringi




    Download 22.84 Kb.
    bet3/3
    Sana09.06.2022
    Hajmi22.84 Kb.
    #23369
    1   2   3
    Bog'liq
    1-mavzu (2)afggaa
    transformatorlar 04, Gaz razryadli asboblar, Ру си йза бо3, sport to`garagi qatnashchilarining jismoniy sifatlarini nazorat qilish metodikasi, kriptologya
    Siljitish funksiyasi, ya’ni turizm mahsuloti turistik firmalarning marketing faoliyatini belgilovchi muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Turloyihani maksimal rentabilligini ta’minlash uchun xususan, yangi yoki modifikatsiyalangan turistik firmalar barcha ma’lumotlarni har qanday turini yoyilishida manfaat yuzasidan kirishadi (marshrut, transfer mablag‘larini taklif etilish, joylashtirish, bo‘sh vaqtlarni o‘tkazish, narx diapozoni taklifi, reklamalar).
    Axborotlashtirish funksiyasi zamonaviy turistik firmalaridan ehtimol tutilgan dalillarni qayta ishlash, siljitish, turistik firmalar realizatsiyasida (masalan, sayohatlarni farqli xususiyatlari, turistik markazlar va taklif etilgan xordiq chiqarish, turistik imkoniyatlari xususiyati, madaniyat va mahalliy aholining vakillari, yodgorlik va muqaddas joylar, kirim-chiqim hujjatlarining rasmiylashtirish jarayoni va boshqalar) kamnoma yoki umuman noma’lum xabarlar jarayonida namoyon bo‘ladi. Bir butun ko‘rinishda turistik ma’lumotlarni ommaboplashtirish yoki alohida olingan turlari bo‘yicha turbiznes mutaxasislari o‘rtasida keng targ‘ibot qilish mumkin, shuningdek, turizmga bevosita ishtirok etuvchilar ya’ni katalog, buklet, reklama vositalari va iste’mol omillarini rasmiylashtiruvchi muhitda info sayohatlarni turizm industriyasi ishchilari uchun tashkillashtirishda moslashtirish maqsadga muofiqdir.
    Turistik firmalarning novatorlik funksiyasi har qanday tijorat tashkilotini turizm bozorining o‘zgaruvchi sharoitlardan kelib chiqib, turmahsulotni yangi xillarini, modifikatsiyalarini ishlab chiqish, yaratishda tinimsiz izlanishlar olib borish, turistlarni maksimal ehtiyoji talablarini qondirish, agent tarmog‘ida ko‘pqirrali o‘zgarishlarga moyil savdo-sodiq ishlarini tashkil etishda ko‘zda tashlanadi.
    Yangi turmahsulot bozor segmentini ehtiyojlarini ifodalabgina qolmasdan, o‘z modifikatsiyasidan kelib chiqqan holda uning sifatigina turistik firmalarga kelajakda shiddatli bozor raqobatida o‘z mavqeini saqlab qolishda asosiy tanyanch nuqta hisoblanadi. Har qanday sharoitda firmalarni mijoz uchun kurash ham eniga va bo‘yiga kengayib borish manfaati bilan muofiqlashadigan (bir turistik yo‘nalishda sayohat xiliga ko‘ra) turizm to‘plamni maydonga chiqaradi.
    Yirik pul mablag‘i aylanmalari, muhim ahamiyatga molik ishchilar soniga ega bo‘lish, turistik firmalarni byudjetni shakllantiruvchi funksiyalarini bajarilishi uchun nomutanosiblikni yuzaga keltiradi. Bu asosan kam rivojlangan davlatlarda, iqtisodiy tizimlari kam samaraga ega mamlakatlarda, beqaror bank tizimi hukm surayotgan bir vaqtda kuchli investitsiya imkoniyatidan mahrum mintaqalarga xos xususiyatdir. Bir muhim nuqtai-nazarni diqqat e’tibordan qochirmaslik zarur, ya’ni turistik firmalar aviyakompaniyalar, transport tashkilotlari, mehmonxona industriyasi korxonalari, ekskursiya firmalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, ko‘ngilochar xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlarni ish bilan ta’minlaydi, kelib-ketuvchi turistlar hisobidan foyda olishga imkoniyat yaratadi. Hozirgi kunda ko‘pgina mintaqalarni va hatto dunyo davlatlarini turizm sohasini iqtisodiy tizim bilan chambarchas bog‘liq ravishda ish yuritiyapti desak mubolag‘a bo‘lmaydi albatta.
    Turistik firmalarni integratsiyalovchi funksiyasi bevosita yoki bilvosita mamlakat tashqi siyosati, uning yo‘nalishi, ustivorligini jahon miqiyosida tashqi siyosatda belgilayapti desak xato qilmaymiz. Nafaqat tashqi iqtisodiy aloqalar shaklini o‘zida mujassamlashtirish balki xalqaro turizm madaniy, ijtimoiy, ilmiy almashuvlar vositasi hamdirki, o‘z navbatida bunday holat diplomatik aloqalardan ham kuchliroq quvvatga egadir. Bir tomondan resipiyent mamlakat barqaror sayyohlar oqimi degani bu valyuta tushumi, ish o‘rinlari, aholi bandligini o‘sishi, iqtisodiy infratuzilmani rivojlanishidan mahrum bo‘lib qolishdan hech bir manfaat topmaydi. Ikkinchi tomondan donor mamlakat o‘z fuqorolarini chetga chiqishiga to‘sqinlik qilmaydi, bu degani tadbirkorlikni barqaror rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarini yaratish, barqaror soliq to‘lovlari, mamlakat uchun iqtisodiy faollikni yiriklashishidir. Pirovardida qarabsizki ikki mamlakat sayyohlik ayirboshlov faoliyatiga qo‘l urgan, ikki tomon ham iqtisodiy hamkorlik rishtalarini hozir etishganlar.
    Yuqorida ta’kid etilgan funksiyalaridan tashqari yana bittasi postindustrial iqtisodiy tizimiga oid davlatlar tavsifiga mansublikni ifoda etuvchi turistik firmalarning lobbilik funksiyasidir. Funksiyani bunday nomlanishiga ko‘proq siyosiy termin izohlarini ishtiroki sabab bo‘lgan. Turistik firmalar haqiqatdan ham iqtisodiyotni xohlagan go‘shasida faoliyat yurituvchi korxonalarga o‘z ta’sirini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu korxonalarni ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha turoperator lobbisi ta’minotchi – korxona ya’ni turistik xizmatlarni taklif etuvchilardir.
    Turistik firmalarning qarorlari va irodasi nafaqat aviyakompaniyalarni faoliyatida, balki aviyaquruvchi konsernlar va kelajakdagi fraxt xizmatini ko‘rsatuvchi kuchlar uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Analogik vaziyatga avtotransportlar va temir yo‘l korxonalari faoliyati taaluqlidir. Haqiqatni aytish kerakkki turoperator lobbilari faqat postindustrial iqtisodiyotga xos, yuqori daromadli turist potensialini mujassamlashtirgan, yuqori darajadagi raqobatni taqozo etuvchi tizimga xos va mosdir.
    Shunday qilib, turistik firmalar zamonaviy dunyoda ko‘pgina infra va suptuzilmali turistik industriya korxonalariga potinsial mijozlar taklif etishda kafolat ramziga aylandi, bu o‘z navbatida uni haqiqiy kuch salohiyatini qulga kiritishga olib keldiki, oxir oqibatda u funksiyalangan tobe korxonalargagina o‘z ta’sirini o‘tkazib qolmasdan, boshqa sohalarda ham o‘z ustivorlik tomonlarini namoyon eta boshladi.
    Mamlakat va mintaqalarda turistlarning tutgan o‘rni, iqtisodiy tizimga ta’sirini keng tus ola boshlaganidan tuooperatorlar xususida dunyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro rioya etiladigan tartiblar ishlab chiqilgan. Birinchi o‘rinda turopereytingga oid faoliyat uchun ruxsatnoma, davlat organini aniqlash ruxsatnoma vakolatlari talab etiladi. Talab etiladigan ruxsatnomani (litsenziya) davlat qonunchiligiga muofiq va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib uch guruhga bo‘lish mumkin:
    - mustaqil faoliyat yurituvchi huquqini beruvchi turistik firmalar ruxsatnomasini (litsenziyani) yuridik shaxs sifatida qonuniy shakllanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdimoti, eng avvolo yuridik shaxslarni ta’sischilari haqida ma’lumot, uning tashkiliy-huquqiy shakli, ustav kapitalini o‘lchami, ishtirokchi firmasining mulki to‘g‘risida ma’lumot;
    - turizm sohasida tajribaga ega bo‘lgan ishchilar guruhining, shtatlarning mavjudligi yoki ma’lumoti muofiq keladigan, ya’ni kelajakda sifatli turistik firmalar xizmatlari ko‘rsata olish mumkinligi isbotlovchi holatlarni talab etilishi;
    - kelajakda turistik faoliyati istiqbollari uchun shartnomalar (yuk tashuvchilar, boshqa turoperatorlar bilan shartnoma munosabatlari) mavjudligi.
    Turistik firmalar tavakkalchilik darajasini hisobga olib operator ishi bilan bog‘liq yuk tashuvchilar, konsullik xizmatlari, fors-mojor holatlari va turistlar xuquqlarini buzilishi ehtimollari, ularga ma’naviy zarar yetkazishlarni hisobga olib jahon turoperator reytingi tomonidan turoperatorlar uchun moliyaviy kafolatlar ishlab chiqilgan. Bu pul ko‘rinishida banka depozit sifatida qo‘yiladi, u albatta ma’lum summa qiymati ifodalaydi. Bu chora turizm bozorida kichik va o‘rta darajali turoperatorlarni faoliyatini qisqarish va cheklanishga olib keldikim, bu o‘z o‘rnida yirik turoperatorlarga raqobatda yengillik hosil qiladi. Moliyaviy kafolat naqdligi turoperator uchun kutilmagan muammolarni bartaraf etishda imkoniyat yaratadi, turistlar huquqlarini himoyasini kafolatlaydi.
    Tayanch so‘z va iboralar: Turistik firmalar, turoperatorlik faoliyati, turpaket, turagent, ommaviy bozor turistik firmalari, maxsuslashgan turistik firmalar, initsiativ turistik firmalar, reseptiv turistik firmalar.
    Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
    1. Turizm bozorida turistik firmalar biznesining yuzaga kelishi nima bilan
    bog‘liq?
    2. Turistik firmalar deganda nimani tushunasiz?
    3. Turagent va turoperator orasidagi asosiy farq nimadan iborat?
    4. Turizm faoliyatlarining qanday ko‘rinishlari sizga ma’lum?
    5. Initsiativ va Reseptiv turistik faoliyat deganda nimani tushunasiz?
    Download 22.84 Kb.
    1   2   3




    Download 22.84 Kb.