Turli mamlakatlarda kriptovalyutalarni huquqiy tartibga solish
Ayni paytda virtual valyutalarni tartibga solishda yagona standartlar mavjud emas va har bir mamlakat markaziy banki o'ziga xos yondashuvlardan foydalanmoqda. Ulardan eng keng tarqalgani uchta:
valyutalardan foydalanish xavfi to'g'risida jamoatchilik uchun tavsiyalarni o’z ichiga olgan rasmiy ruxsatnoma;
virtual valyutalarning muomalasini tartibga soluvchi maxsus ishlab chiqilgan qonunlar;
davlat hududida muomalani to'liq taqiqlash.
Rasmiy ravishda kriptovalyutalarni tan olgan va uni tartibga solish bo'yicha qonuniy qoidalarni ishlab chiqayotgan mamlakatlarga Avstraliya, Belorusiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Norvegiya, Rossiya, Singapur, Skandinaviya davlatlari, AQSh, Chexiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Estoniya, Janubiy Koreya, Yaponiya kiradi. Kriptovalyutalarni noqonuniy deb hisoblaydigan va undan foydalanishni taqiqlagan mamlakatlar Jazoir, Bangladesh, Boliviya, Vetnam, Indoneziya, Islandiya, Qirg'iziston, Livan, Nepal, Ekvador. Boshqa mamlakatlar bu masalada betarafdir, ularning hukumatlari ortiqcha aralashmaydi, lekin ular ham kriptovalyutalardan foydalanishni taqiqlamaydilar.
Biroq, namoyon bo’lgan betaraflik holati bilan, bunday mamlakatlar kripto-valyutadan foydalanish bo'yicha qonunchilik me'yorlarini joriy qilish va shu orqali nafaqat soliqlarni yig'ib olish, balki huquqiy sohadagi muomalasini cheklash uchun zaminni sinovdan o'tkazmoqdalar.
Bu borada quyidagi me’yoriy hujjatlar qabul qilingan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4022-sonli “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-sonli “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019 yil 21 yanvardagi 16-son “Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i
Boshqa meyoriy hujjatlar
Kripto-valyutani rivojlantirish istiqbollari quyidacha qisqacha ifodalanishi mumkin: oddiy odamlarning hayotiga bosqichma-bosqich elektron pullar kirib boradi; markazlashmagan tizimlar banklarning o'rnini bosmaydi, balki bir-birini to'ldiradi; xavfsizlikni yaxshilash uchun ba'zi boyliklarni qurbon qilishingiz kerak bo'ladi; kelgusi yillarda barqaror vaziyatni kutishning hojati yo'q.
Tez orada to'lov vositasi sifatida kriptovalyutalardan bundanda ko’proq odamlar foydalanishi mumkin. Ushbu istiqbol kun sayin tobora real voqelikka aylanib bormoqda va dunyoning turli mamlakatlaridagi siyosiy va bank tizimlarining qiziqishi tobora ortib bormoqda.
Kripto-valyutaning doimiy ravishda o'sib boruvchi kursi odamlarni kriptovalyutani to'plashga undaydi, unda pul ishlashga umid qildiradi. Spekulyativ foyda olish imkoniyati investorlarni real sektordan chalg'itadi.
Yana bir muammo - bu kripto-valyutalarning o'zgaruvchanligi. Har bir o'sishdan keyin kursning qulashi kuzatiladi, unchalik kuchli bo’lmasada, ammo baribir sezialrli qulash bo’ladi. Haqiqiy iqtisodiyotda bunday o'zgaruvchan kursga ega valyutadan foydalanishda muammolar mavjud bo’ladi.
Uchinchi muammo - qurollanish poygasi. Kripto-valyutani chiqaradigan har bir emitent o'z jihozlarining kuchini oshirishga harakat qiladi. Qurollanish poygasi xarajatlari emissiya hisobiga qoplanadi, ammo vaqt o'tishi bilan kripto-valyutalarning qazib olingan birliklari soni muqarrar ravishda kamayadi va keyinchalik tranzaksiya to'lovlarini to'laydiganlar uskunalar narxini qoplashlari kerak bo’ladi, yoki kripto-valyutaning narxi juda ham ko'tariladi.
|