-rasm. Tashkil qilingan turizm bozorining tarkibi




Download 490,94 Kb.
bet74/123
Sana30.01.2024
Hajmi490,94 Kb.
#148296
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123
Bog'liq
Turopereyting-fayllar.org

18-rasm. Tashkil qilingan turizm bozorining tarkibi.
Xizmatlarni bevosita sotishdan tashqari turagentlarning muhim vazifalari mijozlarga maslahat va ma’lumot berish, turistik sayohatni tashkil etishda ko‘maklashishdir. Shunday qilib, turagent ishlab chiqaruvchi va istemolchi o‘rtasida bog‘lovchi vositachi, dallol bo‘lib xizmat qiladi.
Agarda bozorda zaruriy talab va taklif imkoniyatlari mavjud bo‘lsa.
Ayni shu vaqtda turagentlar shaxsiy turlarni tuzishlari mumkin (tuzishadi ham).
Bunda turagentliklar ayrim sabablarga ko‘ra, yirik turoperatorlarning zavqini keltirmaydigan bozorning ayrim, odatda, tor qismlarda turoperator sifatida aniq va ishonchli ishlash qobiliyatini ko‘rsatadilar.
Xo‘jalikning bozor mexanizmiga o‘tish davrida uning ishlashi va rivojlanishining asosiy tartiblash vositasi sifatida turizmda juda harakatchan rivojlanadigan bozor vujudga keladi. Turistik bozordagi vaziyatni «sotuvchi bozoridan» esa «xaridor bozoriga» o‘tish deb tavsiflash mumkin. Buni quyidagilar ifodalaydi:
taklifning talabdan ustunligi;
talab yanada kattaroq darajada taklifni belgilaydi;
iste’molchilarga ma’lumot etkazishning yuqori darajasi;
bozorda taklif etiladigan xizmatlarning sifatiga qarab talablarning o‘sib borishi;
iste’molchilar didi uchun kurashdagi raqobatning yuqori darajasi.
Turistik mahsulotning xilma-xilligi va sifatiga bo‘lgan talablarning o‘sishi, raqobatning kuchayishi sharoitida turistik korxonalar uchun marketing izlanishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Marketing izlanishi ayrim tomonlarni chuqur o‘rganish tur firma faoliyati doirasiga va uning umumiy strategiyasiga hamda xodimlarning malakasiga qarab har xil bo‘lishi mumkin.
Raqobatning kuchayishi, turistik xizmatlarga mijozlar talablarining o‘sishi ko‘pgina mamlakat turistik firmalarni tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashishi uchun marketing izlanishiga murojaat qilishiga olib keladi. Korxonalarning marketing izlanishiga jalb qilinishi darajasiga binoan bu tamoyilning uchta darajasini ajratish mumkin:
marketing izdlanishida ayrim unsurlarni qo‘llash (reklama sotuvni rag‘batlantirish, ko‘rgazmalarda ishtirok etish);
ayrim o‘zaro bog‘liq usullar va vositalardan foydalanish (masalan, bozorni segmentlash (qismlarga ajratish) va bundan kelib chiqqan holda turistik talabni shakllantirish);
- bozorga bo‘lgan yo‘nalishdan xo‘jalik qarorlarini qabul qilishdagi fikrlash usuli sifatida foydalanish.
Marketing konsepsiyasiga amal qilish maqsadli bozorlarning aniqlangan talablarni qondirishi nazarda tutildi. Bunda turistik firmaning asosiy e’tibori maqsadli bozorning holatini doimo o‘rganish, mijozlar ehtiyojini aniqlash va ularni qondirish uchun marketing tadbirlarining majmuasini o‘tkazishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday yondoshuvda firma eng yuqori darajada iste’mol talabini qondirish hisobiga foyda olishni ta’minlaydi. Ammo marketing tamoyili quruq gap emas, balki amaliyotda unga amal qilishi muhimdir. Odatda, turfirmalar o‘z faoliyatida marketingdan foydalanishni ovoza qiladilar. Haqiqatda esa, aytishimiz mumkinki, hamma narsa reklamadan foydalanishga yoki marketing xizmatini yaratishga borib taqaladi. Bu o‘z o‘zidan firma faoliyatida marketing tamoyilidan foydalanish muammosini hal qilmaydi.
Bozor mexanizmlarning rivojlanishi sari marketing tamoyilidan samarali foydalanish imkoniyatlari tobora rivojlanib boradi. Marketingga biznes falsafasi sifatida tayanishi xodimlarning ruhiyatini asta-sekin qayta o‘zgarishiga, bozor sharoitidagi korxonaning ijobiy faoliyati faqat marketing xizmatiga emas, balki har bitta xodimning ishiga bog‘liq bo‘lishini tushunishiga yordam beradi.


Download 490,94 Kb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123




Download 490,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Tashkil qilingan turizm bozorining tarkibi

Download 490,94 Kb.