|
Turopereyting
|
bet | 72/123 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 490,94 Kb. | | #148296 |
Bog'liq Turopereyting-fayllar.orgAralash usullarga ekspert usuli bilan bir qatorda dalilografik dastlabki axborotni ham o‘z ichiga olgan aralash axborot asoslari kiradi.Bashoratlashning murakkab masalasi bo‘lib, bir usul yordamida echilmaydigan yangi tovar sotish hajmini oldindan bilish hisoblanadi. Marketing tadqiqotlarni yuritishda yangi tovarning dastlabki, aytaylik, uch yil ichidagi sotilgan hajmlari baholanadi. Bu maqsadda eksport usullari, so‘rov usullari, nazorat bozordagi savdo olib borilishi kabi usullar qo‘llanilishi mumkin.
Marketing bo‘yicha mutaxassislar bilan shakllangan ekspert baholari dastlabki tahlil bosqichida to‘plangan raqiblar savdosi, salohiyatli bozor o‘lchami, umumiy talab, bozordagi har xil markadagi tovarlar ulushi, savdo aloqalarga kirish qulayligi va boshq. ma’lumotlarga asoslanadi.Agar axborot etarli bo‘lmasa, u salohiyatli iste’molchilarni savdogar, etkazuvchilar, imkoniyat bo‘lsa, raqiblarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rash yo‘li orqali to‘planadi. Bozorni tekshirish xaridorlarning haqiqiy bozordagi xulqini kuzatish jarayonidagi nazorat yangi tovarlar salohiyatli savdo hajmini baholashga ko‘maklashadi.
Tayanch so‘z va iboralar: marketing tadqiqotlar, tanlash hajmi, to‘plangan axborot tahlili, tadqiqot natijalarni tavsiya etish, «cheklashlar yakuni» bo‘limi, ITIS – tahlil, ichki yondoshuv, tashqi yondoshuv, SWOT – tahlil matritsasi, turistlik bozorning kon’yukturasi, dalilografik usul, evristik usul, aql xujumi usuli, delfa usuli. kon’yukturani bashoratlar, etkazuvchilar raqobat quvvati,iste’molchilar raqobat quvvati, o‘rinbosar tovarlar tomonidan raqobat
Mustaqil ishlash uchun savollar:
Marketing tadqiqotlar haqida tushuncha.
Marketing tadqiqotni tashkil etish shartlari
Turistik korxona marketingni majmuali tadqiqotning asosiy yo‘nalishlarini aniqlang
STJP (ITIS) – tahlilga tushuncha bering
Ichki muhit tahlil ob’ektlariga qaysilar kiradi.
Turistik korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash uchun bir qaysi yondoshuvdan foydalaniladi.
Turistlik bozorning kon’yukturasi nimadan tashkil topgan.
Kon’yukturani bashoratlarning asosiy ob’ektlari
|
| |