• To‘plangan axborot tahlili
  • 15-rasm. Marketing tadqiqotlar hisobotning tuzilishi
  • Turopereyting




    Download 490,94 Kb.
    bet69/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    Tanlash hajmi, ya’ni tanlanadigan butunlikning unsurlar miqdori (suroq qilinadigan odamlar soni). Tanlash hajmi qancha ko‘p bo‘lsa, uning ishonchligi shunga yuqori va tadqiqot o‘tkazish xarajatlari qimmatlashadi. Lekin, yanada aniq natijalari erishish uchun tanlash paytida ko‘p odamlarni so‘roq qilish talab qilinmaydi. Tanlash tarkibi to‘g‘ri aniqlanganda, uning to‘g‘riligi, agar hajmi butunlikning 1% dan yuqori bo‘lmasa ham, ta’minlanishi mumkin.

    To‘plangan axborot tahlili uni o‘rganish, har xil usul va uslublar yordamida, hamda olingan axborot to‘plamidan zaruriy ma’lumotlarni ajratib olishidan iborat.

    Tadqiqot natijalarni tavsiya etish tahlil natijalaridan kelib chiqadigan va qo‘yilgan muammoni echishga qaratilgan xulosa va tavsillarni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot natijalari asosida mutanosib marketing tadbirlar ishlab chiqariladi. Masalan, agar turistik mahsulot sotish hajmi pasayishning asosiy sababini oliy sifatli xizmatlarni ko‘rsatuvchi firma kabi turistik korxonaning obru-e’tibori yo‘qligi bo‘lganini ko‘rsatsa, bunda marketing tadbirlarning eng tahminiy yo‘nalishi salohiyatli mijozlar uchun firmaning jozibali taasurotni shakllantirishda namoyon bo‘lar edi.
    Marketing tadqiqotlar natijalari o‘tkazilgan tadqiqotning mazmunini qisqacha izohda yoki yuqori darajali ko‘rgazma shaklda ifodalash mumkin. Marketing vaziyatni yaxshilash esa asoslangan xulosa va tavsiyalardan iborat to‘liq ilmiy hisobot ko‘rinishida namoyon qilish mumkin. Hisobotning tuzilishi qo‘yidagi bo‘limlardan iborat (15-rasm).

    15-rasm. Marketing tadqiqotlar hisobotning tuzilishi
    Marketing tadqiqotlarni yuritish jarayonining eng muhim bosqichi – ularning aniq tashkil etilishi. Marketing tadqiqotlarni tashkillashtirish shakllari har xil bo‘lishi mumkin: O‘z kuchi bilan tadqiqotlarni o‘tkazish, chet kompaniyalarni jalb etish yoki aralash yo‘li bilan foydalanadi. Marketing tadqiqotlarni o‘z kuchi bilan yuritish faqat mahsus bo‘limga ega bo‘lgan yirik firmalar eplashi mumkin. Kichik firmalar maxsus tashkilotga murojat qilishi yoki ularni o‘tkazish uchun boshqa korxonalar bilan birlashishi mumkin. Xorijiy firmalarning asosiy qismi marketing tadqiqotlarni tashkil etishda aralash shakldan foydalanishni afzal ko‘radi. Odatda, chetdagi tashkilotlarga iste’molchilarni ommaviy so‘rov qilish topshiriladi. Amaliyotda barcha obruyli xorijiy firmalar bozorni o‘rganish institutlari va (yoki) konsalting tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Chetdagi tashkilotlarga murojat qilishning asosiy afzalliklari va kamchiliklari 2-jadvalda namoyon etilgan.


    Download 490,94 Kb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123




    Download 490,94 Kb.