• 16-MAVZU. TURIZMDA MARKETING KONSEPSIYASI Reja
  • Tayanch so‘zlar va iboralar




    Download 490,94 Kb.
    bet77/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    Tayanch so‘zlar va iboralar: marketing, mahsulot, turoperator, turpaket, pekidj-tur, tijorat, raqobat, fors-major, turist, nazorat, ehtiyoj, reklama, firma, turagent.

    Mustaqil ishlash uchun savollar:
    Turizmda marketing konsepsiyasi mohiyati nimadan iborat?
    «Turoperator» va «turagent» iboralariga tushuncha bering. Ularning farqi nimada.
    Turistik mahsulotning boshqa mahsulotlardan farqlarini ayting.
    Turizm marketingi o‘zida qanday g‘oyalarni mujassamlashtiradi?
    Turistik bozordagi vaziyatni nimalar bilan ifodalash mumkin?
    Turistlarning yurish-turish tarzida qanday zamonaviy o‘zgarishlar ro‘y beradi?
    Marketing faoliyatining maqsadi nima?


    16-MAVZU. TURIZMDA MARKETING KONSEPSIYASI

    Reja:
    16.1. Turizm faoliyatida marketing konsepsiyasi.
    16.2. Turizmda marketingni rivojlantirish mohiyati.
    16.3. Turistik korxonalarida marketing strategiyasi.

    16.1. Turizm faoliyatida marketing konsepsiyasi.
    Turizimda marketing faoliyati xaqida xozircha chet el adabiyotlaridagi ta’riflar bizga to‘lig‘icha ma’lum emas. Hozirgi vaqtda turizm marketingining ta’rifi Rossiya davlati va O‘zbekistonlik olimlar va mutaxassislar fikricha berilmoqda.
    H. Axmadxo‘jaev va boshqalar (2002) – “Marketing falsafasi qo‘yidagicha – korxona sotilishi mo‘ljaldagi darajada foyda miqdorlari oldindan ta’minlangan mahsulotni ishlab chiqarishi lozim ”. Marketing faoliyati ishlab chiqarishni oldindan belgilangan xajmlarda va muayyan texnik – iqtisodiy taklifnomalarga javob beradigan, ya’ne sotilishini, firmaning eng yuqori foyda olishini yoki bozorda mustakam mavqe egalashni ta’minlay oladigan, raqobatbardoshli maxsulotni, bozor talabini o‘rganish va uni xisobga olish orqali mavjud extiyojini ko‘paytirib, uni to‘la ta’minlashga qaratilgan.
    Kvartalnov M.A. (2003) – “Marketing bu – mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchining – iste’molchiga xarakatlanishi faoliyatidir. Turizmda tovar va xizmatlarning ishlab chiqaruvchidan – iste’molchiga oqimi jarayonlari har xil talqinda berilmoqda. Turizm marketingi turistik maxsulotni sotish va reklama qilish faoliyatigina emas. Bu turizm marketingining bir tomonigina xolos. Marketing tizimida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va bu tovar va xizmatlarni bozorga chiqarishni ta’minlash, sotish tizimini–maqsadli, strategik boshqarish faoliyatidir ”.
    Saak A.E., Pshenichnix Yu.A. (2007) – “Marketing konsepsiyasi – bu turistik tashkilotning xaridor, iste’molchining talabini qondiradigan maxsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishdir”.
    Tuxliyev I.S. (2007) – “Turizm marketingi, milliy turizm tashkilotlari yoki turizm muassalarining, milliy va xalqaro tarkibda turistlarning talab va ehtiyojlarni qondiradigan maxsulot va xizmatlarning turistga taqdim etilishi va sotilishi bilan bog‘liq xarakatlardir”.
    Durovich A. (2008) – “Marketing – bu zamonaviy biznesni boshqarishning bozor tizimini o‘ziga mujassamlashtirgan iste’molning xamma tomonlarini, talablarini diqqat bilan tizimli o‘rganish natijasida o‘sha iste’molchiga moslashgan ishlab chiqaruvni tashkil qilish va iste’molchilar, xaridorlarni jalb qiladigan tovar va xizmatlarni bozorga chiqarish tizimidir”.
    Marketing o‘zining asosiy tavsiflari bilan xo‘jalik faoliyatining boshqa shakllaridan unchalik farq qilmaydi. Shuning uchun ham turizmda zamonaviy marketingning barcha muhim qoidalari qo‘llanilishi mumkin.Shu bilan birga turizmda uni faqat tovarlar sotuvida emas, balki xizmatlar savdosining boshqa shakllaridan ajratadigan o‘ziga xos alohidaligi mavjud. Bu erda xizmatlar savdosi bilan birga tovarlar savdosi (mutaxassislarning baholashi bo‘yicha turizmda xizmatlar ulushi 75 % ni, tovarlar ulushi 25 % ni tashkil etadi) hamda ishlab chiqaradigan joyda turistik xizmatlar va tovarlarning iste’mol qilinishida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, aniq vaziyatda o‘ziga xos o‘rin tutadi.
    Mehnatning aniq natijasi (moddiy-buyumlashgan shakldagi tovar)ga ega bo‘lgan an’anaviy ishlab chiqarishda marketing tushunchasi aniqroq ahamiyatga egadir. Turizmdagi faoliyatning natijasi turistik mahsulotdir. Turistik mahsulot o‘z ma’nosi bilan bu turistlarning u yoki bu ehtiyojlarini qondiradigan va ularning to‘loviga bog‘liq bo‘lgan har qanday xizmatdir. Turistik xizmatlarga mehmonxona, transport, sayrgoh, tarjima, maishiy, kommunal, dallolchilik va boshqa xizmatlar kiradi. Ayni vaqtning o‘zida «turistik mahsulot»ni tor va keng ma’noda ko‘rib chiqish mumkin. Tor ma’nodagi turistik mahsulot bu turizm industriyasining (sohaning) har bitta aniq tarmoqda (masalan, mehmonxona xizmati, tur-operatorning tur. mahsuloti, transport korxonasi mahsuloti va h.k.)gi xizmatlari. Keng ma’nodagi muristik mahsulot bu turistik sayohatni (tur)ni yoki u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan birlikni tashkil etuvchi tovar va xizmatlar majmuasidir.
    Majmuali xizmat, ya’ni turistlarga yagona «paketda» sotiladigan xizmatlarning standart yig‘imi asosiy turistik mahsulotni tashkil qiladi.Chet elda standart yig‘imlari yoki xizmatlar paketi asosida sotiladigan turistik sayohatlar odatda, pekidj-tur deb ataladi. Ular ko‘pgina turistik firmalarning faoliyatida bosh vosita bo‘lib hisoblanadi. Aytib o‘tish kerakki, pekidj-turga bo‘lgan talab darajasi mamlakatlar orasida farqlanadi. Ular ulushi barcha sayohatlar ichida 38 % gacha bo‘lgan Belgiya, Germaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Daniya kabi mamlakatlarda eng katta e’tiborga sazovor. Gretsiya, Ispaniya, Italiyada pekidj-turlarga bo‘lgan talab darajasi 30 % ni ham tashkil qilmaydi.
    Turistik xizmatlarning umumiy tavsiflari bir qatorda o‘ziga xos farqlarni ham kiritish kerak.
    Birinchidan, bu xilma-xil komponentlar orasida uzviy munosabatlarning murakkab tizimi bilan tavsiflanadigan xizmat va tovarlar (moddiy va nomoddiy komponentlar)ning majmuasi.
    Ikkinchidan, turistik xizmatlarga bo‘lgan talab daromad va baholar darajasiga nisbatan juda sezgir, ammo ko‘p hollarda siyosiy va ijtimoiy sharoitlarga ham bog‘liqdir.
    Uchinchidan, iste’molchi, odatda turmahsulotni iste’mol qilishdan oldin uni tasavvur qilolmaydi. Ko‘pgina hollarda iste’mol o‘zi turxizmatni yaratgan joyda amalga oshiriladi.
    To‘rtinchidan, iste’molchi mahsulotni iste’mol qiladigan joyga etib borish uchun ma’lum masofani bosib o‘tishi kerak.
    Beshinchidan, turmahsulot atrof-muhit va vaqt kabi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi. U talabning tebranishi bilan tavsiflanadi.
    Oltinchidan, turistik xizmatlarning taklifi egiluvchan bo‘lmagan ishlab chiqarishdan farq qiladi. Ular bevosita faqat ma’lum joyda iste’mol qilinadi.
    Mehmonxona, tayyoragoh (aeroport), dam olish maskanlari mavsum oxirida boshqa mintaqaga ko‘chirilmaydi. Ular talab o‘zgarishi bilan vaqt va atrof-muhitga moslasha olmaydi.
    Ettinchidan, turistik mahsulot ko‘pgina korxonalar xarajatlari bilan yaratiladi. Ulardan har bittasi ishning o‘ziga xos mehnat usullari, maxsus ehtiyojlari va xilma-xil tijorat maqsadlariga egadir.
    Sakkizinchidan, turistik xizmatlarning mayda kamchiliklari mavjud bo‘lgan holda, yuqori sifati ta’minlanmaydi. Chunki turistlarga xizmat ko‘rsatish xuddi shu ayda-chuyda va kichik detallardan iborat bo‘ladi.
    To‘qqizinchidan, turistik xizmatlar sifatiga baho berish sub’ektiv fikrlarga bog‘liq bo‘lib, iste’molchining sotib olinadigan xizmatlar paketi bahosiga bevosita aloqasi bo‘lmagan shaxslar (masalan, mahalliy fuqarolar, turistik guruhlarning a’zolari) katta ta’sir ko‘rsatadilar.
    O‘ninchidan, turistik xizmatlarning sifatiga fors-major (kutilmagan holat) tavsifiga ega bo‘lgan tashqi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi (tabiiy sharoit, ob-havo, turizm sohasidagi siyosat, xalqaro vaziyat va h.k.).


    Download 490,94 Kb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123




    Download 490,94 Kb.