|
-rasm. Turmahsulotning turistik harajatlar bo‘yicha tarkibi
|
bet | 85/123 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 490,94 Kb. | | #148296 |
Bog'liq Turopereyting-fayllar.org19-rasm. Turmahsulotning turistik harajatlar bo‘yicha tarkibi
Turistik harajatlar tarkibida ko‘rsatilganidek, turist sayohat uchun qiladigan umumiy harajatlarining o‘rtacha 50 foizi –tur (turpaket)ni sotib olishga ishlatadi, 30 foizi – qo‘shimcha turistik xizmatlardan foydalanishga sarflanadi, 20 foizi esa – tovar (sotib olish: suvenir va sovg‘alar) harajatlarini tashkil etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, asosiy xizmatlar turist harajatlarining asosini tashkil etsa-da, qo‘shimcha xizmatlar uchun turist qolgan bor pulining aksariyat qismini sarflar ekan. Turistlarga nomoddiy xizmatlardan tashqari moddiy xizmatlar yoki maxsus mahsulotlar taqdim etilishi mumkin, masalan, shahar rejasi, metro haritasi, suvenirlar, turistik jihozlar va b.
Turistik mahsulot iste’molchisi bo‘lib turistlar, ekskursantlar va yakka holda yoki guruh bo‘lib mustaqil yoki reja asosida turistik markazga boshqa keluvchilar hisoblanadi. Bundan tashqari, ularga o‘z tavsifiga ko‘ra, turistik turkumiga kirmaydigan, masalan, mahalliy aholi kiradi.
Turist – tashrif buyuruvchi, ya’ni uning odatdagi muhit tashqarisida joylashgan hududlarida, safar muddati 12 oydan ko‘p bo‘lmagan, tashrif buyurgan xudud manbalaridan qoplanadigan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxs.
Barcha turistlarni quyidagicha guruhlash mumkin (6-jadval):
6-jadval
Turistlar guruhlanishi
Belgisi
|
Turi
|
Faollik darajasiga binoan
|
Tinch xordiqni yoqtirganlar, rohat yoqtirganlar, faol dam oluvchilar, sport bilan bog‘liq dam olishni yoqtirganlar, bilim olish, o‘rganish maqsadida dam oluvchilar, sarguzashtni yoqtirganlar.
|
|
|
| |