|
Turistik mahsulotning xarid jarayoni
|
bet | 87/123 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 490,94 Kb. | | #148296 |
Bog'liq Turopereyting-fayllar.orgTuristik mahsulotning xarid jarayoni. Turistik mahsulotni realizatsiya qilish shartnoma yo‘li bilan amalga oshiriladi. SHartnoma yozma shaklda tuziladi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, xaridor huquqlarini himoya qilish qonunlariga bo‘ysunish kerak.
Turmahsulot shartnomalariga quyidagilar kiradi:
Turoperator yoki turagentning turistik faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risida litsenziya, uning yuridik manzili va bank rekvizitlari to‘g‘risida axborotlar;
Turistik mahsulotni realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan turistik hajmi haqida ma’lumot, turoperator va uning turistik faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi litsenziya, uning yuridik manzili va bank rekvizitlari to‘g‘risida ma’lumot;
Turistik mahsulotning xaridorgir xususiyatlari to‘g‘risida aniq axborot, bunga yana yashash dasturi va marshruti haqida axborot, turistlarning xavfsizligi turistik mahsulotning sertifikatsiyasi natijalari to‘g‘risida axborot ham kiradi;
Sayohat boshlanishi va tugashi, davomiyligi, vaqti va kuni;
Turistlarni kuzatib yurish va uchrashuvlar tartibi;
Tomonlar huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyatlari;
Turistik mahsulotning chakana narxi va to‘lov shartlari;
Guruhda turistlar sonini minimal miqdori, guruh to‘lmaganligi sababi, sayohat qoldirilganligi haqida turistni ogohlantirish muddati;
Shartnomani buzish shartlari, bundan kelib chiqqan kelishmovchiliklarni bartaraf etish va tomonlar sarf-xarajatlarini qoplash tartibi;
Turist tomonidan noroziliklarni bildirish muddati va tartibi.
Shartnomaning boshqa shartlari tomonlarning bitimi asosida aniqlanadi.
Turist turoperatordan yoki turagentdan sayohat davomida, kim tomonidan berilishidan qat’iy nazar, turga kiradigan barcha xizmatlarni talab etish huquqiga egadir.
Tomonlarning har biri shartnomani o‘zgartirishni yokt buzishni talab etish huquqiga ega, agar holatlar ahamiyatli tarzda o‘zgaradigan bo‘lsa.Holatlarning ahamiyatli o‘zgarishiga quyidagilar kiradi:
Sayohat sharoitlarini yomonlashuvi yoki sayohat muddatini o‘zgarishi;
Shartnomada ko‘rsatilgan guruhda minimal turistlar miqdoridan kam turistlar bo‘lsa;
Transport tariflarining kutilmagan o‘sishi;
Amaldagi soliqlar va yig‘imlarning o‘sishi va ularga yangiliklarni kiritish;
Milliy valyuta kurslarini keskin o‘zgaruvi;
Turoperator yoki turagent shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaganlari uchun mas’uliyat his etmaydi, agar bu majburiyatlarni bajarishga katta kuchlar to‘sqinlik qilganliklarini isbotlay olsa.
Shartnoma buzilganda sarf-xarajatlarni qoplash tomonlarning qilgan sarf-xarajatlariga ko‘ra amalga oshiriladi. Shu bilan birga xarajatlarni qoplash uchun belgilangan pul miqdori turistik mahsulotning ikki barobar qiymatidan oshmasligi kerak. Turist tomonidan turistik mahsulotga nisbatan turoperatorga yoki turagentga 20 kun davomida yozma ravishda bildiriladi, ya’ni shartnoma to‘xtalish muddati aniqlanadi.
Sayohatning aniq shartlari, turmahsulotning chakana narxi turistga turoperator tomonidan beriladigan yo‘llanmada ko‘rsatiladi. Turyo‘llanmada turoperator yoki turagentning turmahsulotni sotishlari uchun oferta aksenti hisoblanadi, bundan tashqari, shartnomaning ajralmas qismi va turoperator yoki turagentning dastlabki hisob hujjatidir.Sayohatni tashkil etish uchun qo‘shimcha talablar O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanadi.
|
| |