• 18-MAVZU. TURISTIK MAHSULOT ISTE’MOLCHILARI Reja
  • Tayanch so‘zlar va iboralar




    Download 490,94 Kb.
    bet84/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    Tayanch so‘zlar va iboralar: segmentlash, mezon, ommaviy marketing, maqsadli marketing, ruhiy-hatti harakatlar, turmush tarzi, a’anaviy, ishbilarmon, raqib, joylashuv, tovar.

    Mustaqil ishlash uchun savollar:
    1. Segmentlashga bo‘lgan yondashuv turlarini ayting.
    2. Ommaviy marketingning maqsadli marketingdan farqi nimada?
    3. Maqsadli marketing tamoyillari sanab o‘ting.
    4. Bozorni segmentlash qanday ma’noni anglatadi?
    5. Turistik safarning maqsadiga ko‘ra turizm qanday segmentlarga ajratiladi?
    6. Bozorni qamrab olish strategiyasini tanlab olayotganda qanday omillarni hisobga olish kerak?
    7. Tovarni bozorda joylashtirishda nimalarni aniqlash zarur?

    18-MAVZU. TURISTIK MAHSULOT ISTE’MOLCHILARI

    Reja:
    18.1. Turistik mahsulot va uning iste’molchilari
    18.2. Turistik mahsulotning xarid jarayoni. Turmahsulot xaridi jarayonida ishtirok etuvchilar
    18.1. Turistik mahsulot va uning iste’molchilari
    Turistik mahsulot turizm maqsadlari va jarayonida turistning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo‘lgan, barcha turistik xizmatlar, ishlar, tovarlar va ta’minot vositalari hamda turpaketga kiritilgan boshqa turistik xizmatlar majmuidan iborat. Turistik mahsulot (turpaket) xizmatlar harakatining 24 soatdan ortiq vaqtiga ega va yoki tunab qolish (joylashtirish) va joydan -joyga ko‘chib o‘tish (yuk tashish) ni o‘z ichiga oladi. Turistik mahsulot barcha ko‘rsatilgan xizmatlar va barcha harajatlarni o‘z ichiga olgan umumiy narx bo‘yicha taklif etiladi, uning iste’mol xususiyatlari esa shartnoma shartlari asosida amalga oshiriladi.
    Turist turistik mahsulotlar (turistik xizmatlar, ishlar va tovarlar) iste’molchisidir. Turistik mahsulotlar-turistik asosiy xizmatlardan (bronlashtirish, transfert, joylashtirish, ovqatlantirish, ekskursiyalar), qo‘shimcha xizmatlar turistik-ishlardan (foto xizmati, sug‘urta, axborot, moliya, bank xizmati) va turistik tovarlardan (esdalik sovg‘alar, xilma-xil tur tovarlari, iste’mol tovarlari- parfyumeriya, tamaki, spirtli ichimliklar, maishiy texnika, kiyim-kechak) iboratdir.
    Agar biz turistik xizmatlar ko‘rsatish jarayonini sinchiklab kuzatadigan bo‘lsak, unda turizm tashkilotchilari (turoperatorlar) aynan xizmat ko‘rsatish bilan emas, balki ular turistlarning ehtiyojlariga qarab, turistik mahsulotni shakllantiradilar va ularning turli kombinatsiyalarini tuzadilar, buning evaziga ular foiz ko‘rinishida mukofot oladilar. Shunday qilib, turizm tashkilotchilari turistlar va xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida vositachi vazifasini o‘taydilar.
    «Turizm tashkilotchilari nima bilan savdo qiladilar va turistik yo‘llanma yoki vaucherni harid qilgan turist bevosita nimaga ega bo‘ladi?» degan savol tug‘iladi. Agar ushbu jarayon diqqat bilan o‘rganilsa, unda turist ushbu yo‘llanmaning o‘rnatilgan muddatida turistik xizmatdan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Turistik yo‘llanma (vaucher) bu turistning yoki turistlar guruhining tur tarkibiga kiruvchi turistik xizmatlarga bo‘lgan huquqini belgilovchi va bunday xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
    O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasiga asosan: «Tur – muayyan yo‘nalish bo‘yicha turistik xizmatlar majmui (joy bandlash, joylashtirish, ovqatlantirish, transport, rekreatsiya, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar) bilan ta’minlangan aniq muddatlardagi turistik sayohat», deb belgilangan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, turmahsulot bo‘yicha turistik harajatlar tarkibi quyidagi holatda bo‘ladi:



    Download 490,94 Kb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123




    Download 490,94 Kb.