|
Ta’lim menejmenti asoslari
|
bet | 1/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #241428 |
Bog'liq Nasimov Sanjarbek talim menejmentlari asoslari Ta’lim menejmenti asoslari. Ta’lim tizimini boshqarish prinsiplari. Ta’limni boshqarishda vakolatli davlat organlari va ularning huquqlari. Ta’lim muassasalarining nizomi. Ta’lim sifati va ta’lim xizmatlari monitoring. Ta’lim menejmenti asoslari. - Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb esa pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilishga aytiladi.
- Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o‘zaro hurmat bilan tavsiflanadi.
- Menejment mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir.
- Olimlar ta’lim menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o‘tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
- ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so‘zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o‘lchovga ega;
- ta’lim menejmenti - bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta rol o‘ynaydi);
- menejment mazmunida o‘z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o‘zaro dialektik birligi;
- ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.
Ta’lim menejmenti asoslari. - Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, endilikda ta’lim tiziminidavlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o‘tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi - ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ota-onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
- Jamiyat talablarini qondirish hozirgi zamon rahbaridan yuqori madaniyat, chuqur ma’naviyat, Vatan uchun javobgarlik hissi, mas’uliyatlilik, chuqur bilimga ega bo‘lishi, o‘z ijodiy potensialini rivojlantirishga, innovatsion faoliyatga, o‘z ustida ishlashga, kasbiy faollikka qobiliyatlilik va shu kabi boshqa bir qator sifatlarni talab etadi. YA’ni ko‘pqirrali qobiliyatlilikni talab etadi. Ko‘p qirrali qobiliyat tushunchasi kasbiy va shaxsiy kompetentlik tushunchasiga mos kelib, Aleks Murning fikricha “Soddaroq qilib tushuntiradigan bo‘lsak ko‘pqirrali qobiliyatlar deganda turli xil insonlar turli xil uslublar orqali yoki bir inson turli xil narsalarni turli xilda o‘rganilishi tushuniladi. Xou ta’kidlashicha hech qachon ikki o‘rganuvchi bir xil bo‘lmaydi: har bir shaxs o‘ziga xos qobiliyatlar egasidir.
- “Ko‘pqirrali qobiliyat tushunchasining eng ilg‘or tarafdorlaridan biri asarlari ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan Govard Gardnerdir. (1983,1993). (yana ko‘rish mumkin bo‘lgan asarlar Armstrong 1994, Xou 1984, 87-92 betlar va Bentli 1998).
- 2. Boshqarish funksiyalari. Boshqaruv metodlari va usullari. Boshqarish funksiyasi deganda u yoki bu ob’ ektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi. Boshqarish nazariyasi asoschilaridan Anri Fayol XX asrning boshlarida boshqaruvning besh funksiyasini ajratib ko‘rsatgan: rejalashtirish, tashkil etish, farmoyish berish, muvofiqlashtirish, nazorat. A.T.To‘xtaboev mazkur funksiyalarni faqat ma’muriy ekanligini ta’kidlab, ma’muriy boshqaruv funksiyalarining uch guruhini ajratib ko‘rsatadi: umumiy funksiyalar; ijtimoiy-psixologik funksiyalar; texnologik funksiyalar.
- Turli olimlarning fikrlarini umumlashtirgan holda, boshqaruvning quyidagi funksiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
- Axborot-tahlil funksiyasi. Mazkur funksiya YU.Konarjevskiy tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, boshqaruvda alohida o‘rin tutadi; bunda axborotlarni olish va tahlil qilishda jarayon boshlanadi va tugallanadi.
- Maqsadli-motivlashtirish funksiyasi. Motivlashtirish belgilangan maqsadga erishish bo‘yicha barcha boshqaruv sub’ektlarida qiziqishlar uyg‘otishga yo‘naltirilgan tadbirlarni tashkil etishni nazarda tutadi.
|
| |