|
Ta’lim menejmenti asoslari. Ta’lim menejmenti asoslari
|
bet | 4/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #241428 |
Bog'liq Nasimov Sanjarbek talim menejmentlari asoslariTa’lim menejmenti asoslari. Ta’lim menejmenti asoslari. - .Pedagogik Kengash ta’lim muassasasining boshqaruv organi sifatida.
- Pedagogik Kengash - ta’lim muasasasasining boshqaruv organi. Ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o‘qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o‘stirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi pedagogik Kengash faoliyat ko‘rsatadi. Pedagogik Kengash ta’lim muassasasi jamoasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
- Pedagogik Kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: ta’lim muassasasining tayyorlangan muhim hujjatlarini muhokamadan o‘tkazadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi;
- ta’lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilaydi;
- ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlarni qabul qiladi;
- ta’lim muassasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni ishlab chiqadi;
- pedagogik jamoaning ma’lum yo‘nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va yakuniy xulosa chiqaradi;
- ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o‘z vakolati doirasida me’yoriy talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
- Pedagogik Kengash quyidagi huquqlarga ega: ta’lim muassasasini rivojlantirish yo‘nalishlarini istiqbol rejasini belgilash;
- ta’lim muassasasi jamoasi oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarining bajarilishini amalga oshirish;
- o‘quv rejada maktab ixtiyoriga berilgan soatlarni taqsimlash, yillik va taqvimiy ish rejasi mazmuni hamda dars jadvalini muhokama qilish;
- o‘quv jarayonini tashkil qilishning turli shakl va metodlarini muhokama qilish, amaliyotga tatbiq etish;
- ta’lim muassasasi ta’lim jarayoniga oid barcha masalalarni o‘z vakolati doirasida muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish;
- pedagoglar malakasini oshirish tizimi, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berish;
- o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashda oraliq nazorat bo‘yicha qaror qabul qilishda qatnashish, uni o‘tkazish shakli va vaqtini belgilash;
- ta’lim oluvchilarni sinfdan-sinfga, kursdan-kursga ko‘chirish va bituvchilarni yakuniy attestasiyaga qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qilish;
- ta’lim darayonini tashkil qilish hamda ta’lim muassasasini rivojlantirishga doir masalalar bo‘yicha maktab rahbariyatining hisobotlarini tinglash;
- ta’lim maqsadiga muvofiq holda o‘quvchilarni rag‘batlantirish va jazolash bo‘yicha masalalarni hal etish;
- chorak, yarim yillik «semestr», yil yakuniga doir xulosalar chiqarish;
- pedagogik Kengash a’zolaridan pedagogik faoliyatni bir xil tamoyillarga asosan amalga oshirishni talab qilish;
- ta’lim-tarbiya jarayonida alohida xizmat ko‘rsatgan ta’lim muassasasi xodimlarini rag‘batlantirishga tavsiya qilish;
- yakuniy attestasiyadan muvaffaqiyatli o‘ tgan o‘quvchilarga o‘rnatilgan tartibda hujjatlar berish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
- Pedagogik Kengash yig‘ilishlari qarorlashtirilib, qabul qilingan hujjatlar ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati bir qator hujjatlarda o‘z akini topadi: ish rejasi, kengash bayonnomasi yoziladigan muhrlangan daftar, kengash materiallari, hisobot.
- Ta’lim muassasasi hujjatlari besh yil davomida ta’lim muassasasida saqlanadi.
Ta’lim menejmenti asoslari.
|
| |