|
Mavzu: oltinchi sinflarda musiqa o’qitish ish rejasi reja : KIRISH I- BOB oltinchi sinflarda musiqa o’qitish ish rejasi
|
bet | 1/6 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 50,26 Kb. | | #116631 |
Bog'liq Reja kirish I- bob-fayllar.org
Reja : kirish I- bob
MAVZU: OLTINCHI SINFLARDA MUSIQA O’QITISH ISH REJASI
Reja :
KIRISH
I- BOB OLTINCHI SINFLARDA MUSIQA O’QITISH ISH REJASI
I-1 Oltinchi sinfda musiqa o‘qitishni mazmuni va xususiyatlari
I-2 Oltinchi sinf o’quvchilarini psixologik-fiziologik xususiyatlari
II OLTINCHI SINFDA DARS MAVZUSI VA UNING O’QUVCHILARNING BILIM VA MALAKASIGA MOSLIGI
II-1 Oltinchi sinf Musiqa darsida ikki ovozda kuylash
II-2 Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
6-sinfda tayanch-ta’lim bosqichi boshlanadi. 6-sinfda o’quvchilar psixologik tomondan ancha o’zgargan bo’ladi. Ularning hayotiy tajribalari boyigan, konkret fanlarni o’rganish jarayonida ilmiy dunyo qarashlari tarkib topayotgan davr bilan farq qiladi. Fikrlash bir muncha rivojlanganligi sababli, ko’rgazmali idrokdan ko’ra so’z orqali mantiqiy idrok qobiliyatlari rivojlana boshlandi. Shunga muvofiq o’rganiladigan asarlar ham janr, hajm va badiiy mazmun jihatidan tobora jiddiylashib boradi. Ovoz diapazoni (Do1 - Mi2) ma’lum miqdorda rivojlangan bo’ladi. 6-sinf o’quvchilarning quyi sinflarda olgan vokal-xor malakalari takomillashadi, bu malakalar ashulaning to’g’ri va ta’sirli aytilishini ta’minlaydi, bolalar ovozining yaxshilanishiga va parvarish qilinishiga yordam beradi. Vokal-xor mashqlari sifatida xalq quyi va qo’shiqlaridan parchalar kuylash va shu vosita bilan milliy musiqa ohanglari xususiyatlarini bolalar xissiyotiga singdirib borish maqsadga muvofiqdir.
O’qituvchi o’zi qo’shiqni ifodali qilib kuylab berishi va o’quvchilarni musiqiy o’quv qobiliyatlarini o’stirish kerak:
1.Sof unisonga erishishi
2. Musiqiy jumlani boshidan oxirigacha to’la idrok etishi,
3.Notaga qarab qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
O’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab, nixoyatda oddiy mashqlardan, qo’shiq naqoratlaridan, kuylash uchun qo’lay bo’lgan ladlardan boshlash maqsadga muvofiqdir.1
________________________________
1 O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. - Toshkent, Ma’rifat, 1997 - yil.
Eng oddiy va murakkab mashqlarni ham, asosan solfedjio qilish yo’li bilan o’rganish va kuylash lozim, chunki bu jarayonda notalarni nomlari va balandligi holatini ham anglab boriladi. Ikki ovozlikda kuylashni boshlashdan oldin, sinf taxtasida yoki plakatlarda ko’rsatib notalar nomini va tovushning balandlik holatini aniqlab, ovoz chiqarib bir necha marta takrorlab so’ng, kuylash zarur. Dastlab katta tertsiya, sof kvarta, sof kvinta, katta seksta singari ohangdosh intervallar, mashqlar uchun asos bula oladi. Chunki, bu intervallar kuylash uchun qo’lay yoqimli va o’quvchilar xotirasida saqlanishi oson. Intervallar faqat ikki ovozda kuylanmasdan, balki tinglash uchun ijro etib, ularda yuqori va pastki tovushni aniqlashni topshirish lozim. Bunday savollar o’quvchilarni garmonik o’quvini kuchaytiradi, intervallarni ongli ravishda o’zlashtirish tuyg’usi paydo bo’ladi. Ikki ovozlik qo’shiqlarni kuylash uchun, kichiq kanonlardan boshlab kattarok xajmdagi jo’rsiz (akapella) asarlarga o’tish, o’quvchilarni bir-birini diqqat bilan eshitib, kuylash qobiliyatiarini o’stiradi. Ikki ovozli qo’shiqlarni tanlaganda, ikki ovozli elementi bor, kichiq xajmdagi asarlar maqsadga muvofiqdir. Har qaysi ovozning ohanggi aniq ravshan, mustaqil bo’lishi kerak. Pastki ovoz quyi shirali, xushohang, yaxshi esda qoladigan bo’lishi ayniqsa muhimdir. Ovoz partiyalarining diapazoni, seksta septima oktavalar xajmidan oshmaydigan qo’shiqlar aytishga ayniqsa qo’laydir.1
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: oltinchi sinflarda musiqa o’qitish ish rejasi reja : KIRISH I- BOB oltinchi sinflarda musiqa o’qitish ish rejasi
|