I-2 Oltinchi sinf o’quvchilarini psixologik-fiziologik xususiyatlari




Download 50,26 Kb.
bet3/6
Sana12.12.2023
Hajmi50,26 Kb.
#116631
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Reja kirish I- bob-fayllar.org

I-2 Oltinchi sinf o’quvchilarini psixologik-fiziologik xususiyatlari
Ta’lim jarayonida 6-sinf o’quvchilar – o’zbek xalq cholg’u orkestri, xor san’ati simfonik orkestr, vokal-simfonik asarlar, saxnaviy musiqa asarlari, raqs san’ati, musiqali drama va komediyalar, opera san’ati, o’zbek musiqasida opera janri haqidagi bilimlarga ega bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, musiqa savodi darsining ko’proq ta’limiy funktsiyasini bajarmogi lozim. Shuning uchun musiqa savodiga doir beriladigan har bir yangi atama, tushuncha yoki nazariy element musiqa faoliyatining barcha turlari amaliyotida qo’llanib, o’quvchining musiqiy bilim doirasini boyitib borishi lozim. Bu esa o’ quvchining musiqiy savodxonligi tarkib topishida asosiy ro’l o’ynaydi.

Oltinchi sinfda musiqa darslarini yil mavzusi: «Kompozitorlik musiqa janri.»


I-chorak: «O’zbek xalq cholg’ulari orkestri.Xor san’ati»
II-chorak: «Simfonik orkestr. Musiqada vokal-simfonik janrlari»
III-chorak: «Saxnaviy musiqa asarlari. Balet va raqs san’ati. Musiqali
drama va komediya»
IV-chorak: «Opera san’ati.O’zbek musiqasi opera janri»
Oltinchi sinfda darsning asosiy maqsadi, o’quvchilarni boshlang’ich sinflarda olgan bilimlarini va tayyorgarlik darajasini aniqlab, musiqa mashg’ulotlariga, to’garak ishlariga qiziqtirishdan iborat.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, har bir darsga kompleks yondashish bilangina yangi dastur talablariga muvofiq dars o’tish mumkin bo’ladi. Unda dasturda joriy etilgan har bir musiqa va mazmuni chorak mavzuidan kelib chiqishi va unga buysunishi bilangina erishish mumkin bo’ladi. Demak, darsda amal qilinadigan musiqa faoliyatlaridan birortasi ham sun’iy tarzda darsning mustaqil elementi yoki qismi bo’lib qolishi mumkin emas.
6-sinilarda o’quvchilarda uspirinlik davri boshlanib, ular tabiat va hayot qonunlariga jiddiy qiziqadilar. Psixologik-fiziologik jihatdan organizmda aktiv o’zgarishlar ro’y beradi. Bo’yining usishi, ovozining o’zgara borishi fanlarga qiziqishi, mustaqil fikr yurita olishi, qobiliyatlari rivojlanadi. Natijada bosh miya yetarli darajada ozuqa ololmay, horg’inlik holatlari ro’y beradi. Bu davrda o’qituvchi ularga jiddiy va mehribon munosabatda bo’lish, do’stona suhbatlashishi talab etiladi.
1.Darsning barcha faoliyatlari vositasida doimiy ravishda
o’quvchilarning musiqaviy iqtidorini rivojlantirib borish.
2.Vokal - xor malakalarini rivojlantirib, yakka jamoa bo’lib kuylash, ikki ovozli
kuylashga o’rgatish
3.Musiqa idrokini rivojlantirish va asarlarni tuzilishi, shakli, ladi,
mualliflari, tempi haqida fikr yuritishga o’rgatish va estetik zavqlanish
vositasida xotirasi, nutqi, dunyoqarashini o’stirish.
4.Musiqa savodidan, oddiy musiqa terminlarini va atamalarini mohiyatini
musiqa amaliyotida bilish va har bir musiqa asarida kuylab borish.
Quyidagi diapazondagi bir va ikki ovozli ashulalarni aytish:
Birinchi ovoz Do1 Mi 2 (Fa 2), ikkinchi ovoz Si kich (Lya kich) Do2(Re 2) musiqa o’quvini o’stirish, ovozni parvarish qilish va vokal-xor malakalari hosil etishda maxsus vokal mashqlari, ya’ni uch tovushli, past bosqich yoki yuqori bosqichdagi tovushlar orasida va uning kvinta yoki oktava miqyosidagi qismlarida ashula aytib, bir ovozda asosan, yallalar yoki qoshiqlardan parchalar aytib, «Ovozni maromga solish» katta ahamiyatga egadir. Notaga qarab ashula aytish malakasi ham shu xilda mashq qilish yo’li bilan hosil etiladi. Bu xildagi mashqlar uchun har darsda 3-6 minut vaqt ajratiladi. O’quvchilarni musiqadan savodli qilish xorda ashula aytish bilan mustahkam bog’langan. Musiqadan savodli qilish vazifasi bolalarning musiqa o’quvchini o’stirish asosida ularga ashulaning musiqiy ohangni anglash va tushunishni, ashula so’zlarini to’g’ri aytishni o’rgatishdir. Musiqa sohasida berilgan barcha nazariy ma’lumotlar notaga qarab ashula aytish va mashq qilish jarayonida mustahkamlanadi.1


Download 50,26 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 50,26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-2 Oltinchi sinf o’quvchilarini psixologik-fiziologik xususiyatlari

Download 50,26 Kb.