O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT
UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI MAKTABGACHA
TA’LIM VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM NAZARIYASI VA
METODIKASI KAFEDRALARI
“BOSHLANG‘ICH VA MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI VA
SAMARADORLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI:
INNOVATSIYA, RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA XALQARO
TAJRIBALAR”
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI MATERIALLARI
2022-yil, 13-14 may
BUXORO- 2022
425
Sinfdan tashqari o‘quvchilar mustaqil o‘qigan asarlarni hisobga olib borishga katta e’tibor
qaratiladi. 1-2-sinfda o‘quvchilar kundalik daftarlariga mustaqil o‘qigan asarlari nomi va muallifini yozib
boradilar. 3-4-sinfda o‘quvchilar o‘qigan asarlarini hisobga olib boruvchi, o‘z munosabatlarini qisqa qilib
yozib qo‘yuvchi mazsus daftar tutadilar. Yil oxirida ota-onalar yig‘ilishida, maktab pedagoglari
kengashida mustaqil kitobxonlik darajasi yuksak o‘quvchilar rag‘atlantirib borilishi maqsadga
muvofiqdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kitobxonlik saviyasi targ‘ib qilinayotgan asarlar, yozuvchilar
ijodi, o‘qilgan asar yuzasida uyushtirilgan bahz-munozaralar sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Boshlang‘ich
ta’limda sinfdan tashqari o‘qish darslari samaradorligini ta'minlovchi intеrfaol mеtodlardan foydalanish,
o‘qitishning noan'anaviy usullarini qo‘llash juda muhimdir. Jumladan, sinfdan tashqari o‘qish darslarida
uyushtiriladigan o‘yinlar ko‘ngilochar mashg‘ulot bo‘lmasdan, ta’limiy xaraktеrga ega bo‘lishi,
o‘rganilayotgan asar mavzusini o‘zlashtirishga, asar yuzasidan ta’limiy va tarbiyaviy xulosa chiqarishga
qaratilishi lozim.
|