• Kalit so‘zlar
  • INTENSIV TA’LIM ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYASI SIFATIDA




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/5
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #256937
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Olloqova Pedagogika instituti

    INTENSIV TA’LIM ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYASI SIFATIDA
    Boymurodova Nodirabegim Bahodir qizi
    Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi
     
    Annotatsiya. 
    Umumiy o‘rta ta’limda kompetensiyaviy o‘quv dasturi o‘quvchilarda fanga oid va 
    tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan. Xususan, ona tili ta’limi orqali o‘quvchilarda 
    nutqiy va lingvistik kompetensiyalar shakllanadi. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida 
    intensiv ta’lim texnologiyalardan foydalanib, o‘quvchilarda lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish 
    haqida so‘z yuritiladi. 
    Kalit so‘zlar: 
    intensiv, intensiv ta’lim, kompetensiya, lingvistik kompetensiya, 
    o‘yin 
    texnologiyasi. 
    Barcha sohalardagi jarayonlarning jadallashuvi bugungi kunda Yangilanayotgan O‘zbekistonning 
    hayotiy haqiqatiga aylanib ulgurdi. Bu o‘z navbatida ta’limni tashkil etishda yangicha yondashuvlarni 
    talab qiladi. Ta’limda turli xil texnologiyalar, ilmiy-axborot vositalarining joriy etilishi qisqa vaqt ichida 
    katta hajmli ma’lumotlarni berish imkoniyatini vujudga keltirdi. Bu esa o‘quvchiga birinchi 
    mashg‘ulotdan boshlab eng qisqa vaqt ichida talab qilinadigan o‘quv materialining hajmini oshirishga 
    imkon beradi. O‘quv materialining hajmini oshirishda intensiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanish 
    samarali usuldir. 


    426 
    “Intensiv” atamasi XIX asrning birinchi yarmida ilk bor rus pedagogik adabiyotlarida paydo 
    bo‘lgan. Bu so‘z fransuz tilidan “qizg‘in”, “kuchaygan”, lotin tilidan – “baquvvat”, “jonli”, “tezkor”, 
    “bo‘ronli”, ispanchadan – “cho‘zish”, “kattalashtirish”, “kengaytirish” deb tarjima qilinadi. 
    Intensiv ta’lim pedagogik ensiklopediyada quyidagicha izohlanadi: (fransuzcha “intensif”, lotincha 
    “intension” – “g‘ayrat qilish”, “kuchayish” “jadal”) tezkor amalga oshiriladiga o‘quv jarayoni. [2, 105] 
    Uzluksiz ta’lim tizimi eskirgan bilim va yo‘nalishlarni muntazam ravishda yangilanishni talab 
    qiladi. 
    Yangi 
    bilimlarni 
    egallashga intiladigan, 
    olgan 
    bilimini 
    amalda 
    qo‘llaydigan 
    va 
    takomillashtiradigan har bir yosh avlod mamalakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi. Hozirgi vaqtda 
    o‘qituvchi pedagoglarga bolaga “o‘rgatish” bilan birga “bilim olishga qiziqtirish” vazifasi ham belgilab 
    berildi. Endi o‘qituvchi o‘rgatish bilan birga bolada bilim olishga, yangilik yaratishga motivatsiya uyg‘ota 
    olishi kerak. 
    Ta’limdagi o‘zgarishlar o‘qituvchi rolining o‘zgartirishga olib keladi. Endilikda o‘qituvchi faqat 
    boshqaruvchi emas, balki o‘quvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qovyuvchi shaxs sifatida faoliyat yuritadi. 
    O‘quvchining roli ham o‘zgarib bormoqda, u nafaqat bilim oladi, balki ularni izlash, rivojlantirish, o‘ziga 
    xos mahorat va qobiliyatlarga aylantirishda ishtirok etadi. Bugungi kunda ta’lim tizimi nafaqat 
    o‘quvchilarning aql-idrokini rivojlantirishga, balki ularning salohiyatini oshirish va rivojlantirishga 
    qaratilmog‘i kerak. 
    Zamonaviy ta’lim tizimi bolaning e’tibori va harakatlarini yo‘naltirishi, boshqarishi, ularga 
    mustaqil ta’lim olishni va ularni hayotda qo‘llashni o‘rgatishi kerak. Bunday muammolarni an’anaviy va 
    intensiv mashg‘ulotlarni oqilona uyg‘unlashtirish orqali hal qilish mumkin. Intensiv mashg‘ulotlar 
    bolaning aqliy salohiyatining rivojlanishida an’anaviy mashg‘ulotlarga qaraganda bir qator afzalliklarga 
    ega. Ushbu afzalliklar ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bir-biri bilan faol muloqotiga asoslangan. 
    Jumladan, I.V. Shestitko, I.A. Turchenko, Y.S. Shilova va S.V. Marshinalar “intensiv” atamasining 
    ma’no doirasi “taranglik va mustahkamlash” uchun sharoit yaratishga qaratilgan bo‘lib, ta’lim maqsadiga 
    erishishga imkon beradi, shuningdek, o‘quvchi qizg‘in faoliyat jarayonida yuz beradigan sifat va 
    miqdoriy o‘zgarishlarga urg‘u beradi” deb ta’riflaydilar. [5, 6] 
    G. K.Selevko o‘quvchilarni jonlantirish va intensivlashtirishga asoslangan pedagogik 
    texnologiyalarni o‘yin texnologiyasi, muammoni o‘rganish, o‘quv materialining sxematik va ikonik 
    modellari asosida mashg‘ulotlarni chuqurlashtirish texnologiyasi, daraja farqlash texnologiyalari, ta’limni 
    individuallashtirish texnologiyasi, dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi, guruh texnologiyalari, 
    kompyuter (yangi axborot) o‘qitish texnologiyalari kabi bir qancha guruhlarga bo‘lgan. 
    Intensiv mashg‘ulotlarni intellekti yuqori, faol, ijodkor, shaxsiy salohiyatini to‘liq namoyon qila 
    oladigan o‘qituvchi tashkil eta oladi. 
    A.P. Panfilova fikricha, o‘qituvchi intensiv mashg‘ulotlarning samaradorligini orttirishi uchun bir 
    nechta shartlarni bajarishi lozim. 
    1.
    O‘qituvchi qobilyatining ma’lum bir texnologiyaning maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi 
    (o‘yin, mashq va boshqalar). Bunda o‘qituvchining roli qo‘llanayotgan texnologiya turi va maqsadiga 
    qarab turlicha bo‘ladi. O‘qituvchi tashkilotchi-rahbar, kommunikator, psixolog va boshqa rollarni 
    bajaradi. 
    2.
    O‘qituvchi guruh bilan muloqotda professional tajribaga ega bo‘lishi. O‘qituvchi diologik 
    muloqot jarayonida an’anaviydan farqli ravishda “subyekt-obyekt” shaklidan farqli ravishda “subyekt- 
    subyekt” munosabatini o‘rnatishi lozim. Aynan diologik kommunikatsiyada munozarali bahslar bo‘lib 
    o‘tadi, intensiv o‘zaro aloqada bo‘lgan barcha ishtirokchilarning faolligi tufayli muammo jamoaviy hal 
    qilinadi. Shu bilan birga, ishtirokchilarning faoliyati o‘rtaga qo‘yilgan vazifani hal qilishga qaratilgan. 
    Aynan o‘zaro muloqotda ishtirokchilar bir-birlarini, avvalo, muayyan muammoga har xil yondashuvlar, 
    turli xil qarashlar bilan o‘zaro boyitadilar, bu esa eng maqbul echimni topishga imkon beradi. 
    3.
    O‘qituvchining shaxsiy yo‘nalishi. O‘qituvchi yangi texnologiyani shijoat va qiziqish bilan kutib 
    olishi, yangiliklar va o‘zgarishga tayyor turishi va eng asosiysi, yangilikni o‘z faoliyatida qo‘llashdan 
    cho‘chimasligi lozim. 
    Intensiv mashg‘ulotdan belgilangan maqsadlarni amalga oshirishnig asosiy sharti mashg‘ulotning 
    har xil tashkiliy shakllaridan foydalanish bo‘lib, bunda o‘quvchilar mustaqil ishni tanlov erkinligi, 
    o‘zining shaxsiy individual-psixologik imkoniyatlarini namoyon etgan holda bajaradilar. Natijada 
    ularning muloqotdagi ijodiy faolligi, munozaraga kirishuvchanligi va shaxsiy qobiliyatlarini amalda 
    qo‘llay olishlari ortadi. 
    Darsda zamonaviy texnologiyalar, raqamli texnologiyalardan foydalanish esa dars vaqtining 
    unumli sarflanishida qoʻl keladi. Qolgan vaqtda qoʻshimcha topshiriqlar bilan ishlash bir qator 
    afzallilklarga ega. Xususan, oʻquvchilar turfa xil mazmundagi vazifalarni bajarishlari orqali ularda 


    427 
    kreaktivlik rivojlanadi, oʻrganilayotgan predmet haqida kengroq tushunchaga ega boʻlishlari 
    tasavvurlarining yanada kengayishiga, nutqiy va lingvistik kompetensiyalarning takomillashishiga sabab 
    boʻladi. 

    Download 0,51 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    INTENSIV TA’LIM ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYASI SIFATIDA

    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish