II-2 Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad




Download 50,26 Kb.
bet5/6
Sana12.12.2023
Hajmi50,26 Kb.
#116631
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Reja kirish I- bob-fayllar.org

II-2 Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad

Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini, milliy g‘urur hamda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, tafakkurini kengaytirish, bolalardagi ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stirish hamda tashabbuskorlikni tarbiyalashdan iboratdir.


Musiqa tinglash badiiy ta’limning muhim vositalaridan biri bo‘lib, u darsning barcha faoliyat turlarini bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Tinglash bolalarda hayotni, borliqni anglash va bilish qobiliyatini rivojlantiradi. Bunda musiqa tili, ifoda vositalari, janr va shakllarini o‘rganish muhimdir. U musiqani badiiy-g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri idrok etib, estetik zavqlanishga imkon beradi. Tinglash qoidalari sinfda jimlikni ta’minlab, o‘quvchilarni musiqani diqqat-e’tibor bilan eshitishga o‘rgatib, onglilik va faollikni rivojlantiradi hamda musiqa mada­niyatini shakl­lantiradi.
Darslar davomida har bir musiqiy asarda muayyan voqelik, his-tuyg‘u va mazmun bo‘lishi haqida o‘quvchilarga dunyo­qarashiga mos tarzda tushun­tiriladi. Shu orqali bolalarda musiqiy taassurot va tinglash ko‘nikmasi shakllanadi. Tinglash faoliyatini butun dars davomida olib borish o‘quvchining asarni tushunish va ongli idrok etish, asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) hamda badiiy mazmuni haqida muayyan bilimlarga ega bo‘lishiga yordam beradi, tinglash madaniyatini shakl­lantiradi.
O‘quvchilarning faolligini oshirish va tinglash malakasini shakllantirish uchun “Topqirlik” mashqidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda avvalgi darslarda tinglangan kuy-qo‘shiqlar karnaycha- (katak, tasvirlar)lar ostiga joylashtiriladi. Bolalar istalgan karnaychani tanlab, undan yangragan ohangning nomi va muallifini aytishadi. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarni diqqatni tezkor jamlashga o‘rgatib, xotirasini mustahkamlaydi.

Tinglanadigan musiqiy asar tuzilishi, badiiy-g‘oyaviy mazmuni jihatidan o‘quv­chilarning yosh xususiyati va o‘quv dasturiga mos bo‘lishi, yangrash vaqti 1-1,5 daqiqadan oshmasligi lozim.

Tinglash jarayonini quyidagicha amalga oshirish mumkin:

1) Bolalar diqqatini jamlash. Asar haqida o‘qituvchining kirish so‘zi;

2) O‘qituvchi ijrosidagi yoki CD for­matdagi asarni tinglash;

3) Asarni suhbat orqali musiqiy, badiiy-g‘oyaviy jihatdan tahlil qilish;

4) Asarni yaxlit qayta tinglagach, o‘quvchilarning taassurotlarini eshitish.

Tinglanadigan asarlardan parchalar (mashq-qo‘shiqlar) kuylash, chapak va cholg‘u asboblarini chalib, ularga ritmik jo‘r bo‘lish va musiqaga mos harakatlar bajarish chog‘ida bilim va malaka takomillashib, mustahkamlanadi.


5—7-sinf o‘quvchilari mustaqil fikr yuritadigan, aqlan va jismonan rivojlangan, musiqiy va estetik didi shakllangan bo‘ladi. Shu bois bu yoshdagi bolalar zamonaviy musiqa san’ati va uning ko‘zga ko‘ringan vakillari ijrosini tinglaydi. 7-sinf o‘quvchilari bilan tinglash faoliyatini amalga oshirish jarayonida diqqatni jamlash, musiqani anglash, uni idrok etish, cholg‘ularni va musiqiy janrlarni bir-biridan farqlashga o‘rgatish tavsiya etiladi. Tinglash asnosida o‘quvchilarga quyidagi mazmunda bir nechta topshiriqlar berish lozim:

Bu kabi topshiriqlar orqali o‘quv­chi­larning badiiy ijodkorlik va tinglash ko‘nikmasi shakllanadi.

Musiqa madaniyati darslarida o‘quv­chilarga eng tushunarli va sevimli bo‘lgan faoliyat turi jamoa bo‘lib kuylashdir. U musiqa san’ati janrlari orasida ommaviyligi bilan ajralib turadi. O‘quvchilarning musiqiy didi va estetik qarashlarini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘z va musiqadagi tuyg‘uni jamoa bo‘lib ijro etish o‘quvchilarni jipslashtiradi.

Jamoa bo‘lib kuylashda o‘quv­chilarning ovozini zo‘riqtirmaslik, ovoz sifatlari(tembr, diapazon)ni o‘stirish va rivoj­lantirish maqsadida kuylashdan oldin, albatta, barcha sinflarda ovoz sozlash mashqlarini bajarish tavsiya etiladi. Bunday mashqlarni prima, tersiya va kvinta oralig‘ida bajarish, o‘quv­chilarning ovozini 0,5 tondan ikkin­chi oktava - mi tovushigacha ko‘tarish maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich sinflar uchun o‘yin tarzida chapak chalib ovoz sozlash mashqlarini o‘tkazish yaxshi natija beradi. Milliy ohanglarimizdan tuzilgan ovoz sozlash mashqlarining ham foydasi katta. Mashqlarni guruhlarda bajarish o‘quvchilarni o‘zaro hamjihatlikka va hamkorlikka o‘rgatadi.


Ovoz sozlash mashqi uchun quyidagi kuydan foydalanish mumkin:
Bolalarning ovoz boylamlari kattalarnikidan ancha farq qilib, baland pardalarda jarangdor yangraydi. Ularning ovozi o‘z navbatida soprano yoki diskant (o‘g‘il bolalardagi eng baland ovoz) va alt ga bo‘linadi.
Soprano yoki diskant deb bolalarning yuqori ovoziga aytiladi. Bunday ovoz yengil, o‘zgaruvchan, yumshoq yangragani sababli qo‘shiqlarda asosiy kuy yo‘lini ta’sirchan ijro etadi. Uning diapazoni birinchi oktava -do dan ikkinchi oktava —sol gacha bo‘lgan oraliqni egallaydi.
Alt esa pastroq ovoz bo‘lib, birmuncha yo‘g‘on va kuchli tembrga yaqinligi bilan ajralib turadi. Diapazoni kichik oktava -sol dan ikkinchi oktava —re gacha bo‘ladi.
Jamoaviy kuylash vokal-xor ijrochilik mahorati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, hamohanglik, so‘z, talaffuz, musiqiy badiiy vositalar, nafas olish, tovush hosil qilish va uni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayonda o‘quvchilarda gavdani to‘g‘ri tutish, yuz, bo‘yin, yelka mushaklarini erkin qo‘yib, kuylayotgan paytda halqum va pastki jag‘ tomoqni siqmasligi, boshni erkin tutishni nazorat qilib borish va shu tarzda kuylash malakasini shakllantirish tavsiya etiladi.
Jamoa bo‘lib kuylashda legato, ya’ni ohangning bir tekis bog‘lanishi; non legato — bog‘lamasdan alohida ijro etish (tovushlar orasida nafasni ushlash); stakkato — tovushlarni uzib, qisqa ijro etish (tovushlar orasida nafas olmaslik) kabi ijro uslublaridan keng foydalanish o‘quvchilarning ijro mahorati va zehnini o‘stiradi.
Musiqa savodi faoliyat turida mavzu asosida bilim berish bilan birga, nota daftarlariga turli mashqlar bajartirish tavsiya etiladi. O‘quvchilar topshiriqlarni nota daftarlarida bajarib, notalar va ularning cho‘zimi, yozilishi kabilar haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi.
2015—2016-o‘quv yili uchun 1-, 4-, 6-sinf “Musiqa” darsliklari ijara asosida foydalanish uchun chop etildi. Musiqa fanidan 1-, 4-sinf darsliklaridagi ayrim illustratsiyalar yangilandi. 6-sinf darsligi 2006-yildan buyon qayta nashr etilmagani bois o‘quv dasturi va darslik o‘rtasida uzviylik ta’minlanmagan edi. Joriy yilda barcha kamchiliklar bartaraf etilib, o‘quvchilarning mazmunan yangi darslikdan ta’lim olishiga munosib imkoniyat yaratildi. Shu munosabat bilan 6-sinf “Musiqa” darsligi optimallashgan dastur asosida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari professor-o‘qituvchilari, dotsentlari hamda amaliyotchi ting­lovchilarning fikr-mulohazalari umum­lashtirgan holda qayta ishlanib, mustaqillik yillarida yaratilgan yangi zamonaviy kuy-qo‘shiqlar bilan boyitildi. Jumladan, jamoa bo‘lib kuylash uchun 60-betga “Varrak” (I.Yo‘ldosheva musiqasi, U.Abduazimova she’ri), 64-betga “Sumalak” (X.Hasanova musiqasi, A.Obidjon she’ri), 70-betga “Barkamol avlod” (I.Yo‘ldosheva musiqasi, I.Mirzo she’ri) qo‘shiqlari, yakka ijro uchun 74-betga “Gullar” (Fotima va Zuhra Ziyomuhammedovalar she’ri va musi­qasi), 90-betga “Kim epchil-u, kim chaqqon?” (A.Mansurov musiqasi, A.Obidjon she’ri), 92-betga “Quvnoq yomg‘ir” (A.Mansurov musiqasi, A.Obidjon she’ri) kabi qo‘shiqlar, tinglash uchun “Sevinch” (T.Qurbonov musiqasi), “O‘zgacha” (B.Umidjonov musiqasi) kuylari kiritilgan. 6-sinfda jamoa bo‘lib kuylash uchun 11 soat, tinglash uchun 3 soat, jami 14 soat hajmida o‘zgartirishlar mavjud.
Darslik muqovasi ham zamon talablari asosida qayta ishlanib, yangilangan. Undagi barcha orkestrlar cholg‘u guruhlari uchun yangi illustratsiyalar kiritilib, eskilari yangisiga almashtirilgan.
Sho‘ba yig‘ilishlarida muhokama qilish uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

1) Musiqa madaniyati fanidan o‘qituvchilarning kasbiy kompe­tentliligini shakllantirishda mustaqil ta’limning o‘rni;

2) Musiqa madaniyati darslarida mediaresurslardan foydalanish;

3) Musiqa madaniyati fanidan to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishning ilg‘or usullari;

4) 2015—2016-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida foydala­niladigan musiqa madaniyati fani darsligi bilan ishlashning qulay usullari;

5) Musiqa madaniyati fanini o‘qitishda madaniy merosimiz, milliy qadriyat­la­rimizning o‘rni;



6) Musiqa madaniyati darslarida musiqani tinglash, jamoa bo‘lib kuylash bo‘limlarini o‘tishda qanday metodlardan foydalanish lozimligi haqida bahs-munozara o‘tkazish .
Mumtoz musiqa mohir sozanda, xonanda hamda bastakorlar ijodining eng nodir namunasi bo’lgan maqomlar, yirik shakldagi murakkab kuy va ashulalarni o’z ichiga oladi. Amaliyotda u mumtoz musiqa yoki kasbiy musiqa deb ham yuritiladi, demak mumtoz musiqa xalq ijodiyotining professional yonalishiga xos bo’lgan eng sara musiqiy namunalaridir. Shu yonalishga xos bo’lgan asarlar istedodli bastakorlar tomonidan yaratilgan hamda yuksak malakaga ega bo’lgan xonanda va sozandalar tomonidan ijro erib kelingan ularning mazmuni murakkab va mukammaldir, shu bois ularni ijro etish uchun katta sanatkorlik tajribasi mahorat, malaka va musiqiy savodxonlik kerak bo’ladi. Qadimdan mumtoz musiqa yoshlarga ustozlar tomonidan o’rgatib kelingan.
Mumtoz musiqa yirik shakldagi kuy va ashulalardan tarkib topgan, ular mazmunan va shaklan rang-barangdir, ma’lumki bizning diyorimiz sheva nuqtai nazaridan 4 ta katta vohaga bo’linadi. Bular: Buxoro-Samarqand, Xorazm, Surxondaryo-Qashqadaryo va Faqrg’ona-Toshkent vohalaridir.
Mumtoz musiqa tarkibi ikki xil shaklga ega bo’ladi, ulardan biri cholg’u musiqasi bo’lsa, ikkinchisi ashula yo’lidir. Cholg’u musiqasi tarkibi eng sodda xalq kuylaridan tortib, to murakkab maqom namunalarigacha bo’gan asarlarni o’z ichiga oladi. Mumtoz kuylar azaldan o’zbek xalq cholg’ulari tanbur, dutor, g’ijjak, nay, chang va surnay kabi sozlarda ijro etib kelingan. Hammamiz sevib tinglaydiga mumtoz kuylarimiz juda ko’p. Ularga “Hojiniyoz I-II”, “Cho’li iroq”, “Mirza davlat”, “Munojot”, Savtimunojot”, “Ufori munojot”, “Ilg’or”, “Rohat”, “Rajabiy”, “Sharob I_II”, “Aliqambar”, “Qoshchinor”, “Mavro’zi ajam” kabi kuylarni misol qilsh mumkin. Shulardan bolalarga boblari “Dilxiroj”, “Janon”, “Lazgi” kabi kuylardir.
Ashula bu qo’shiqqa nisbatan rivojlangan shakl jihatidan kattaroq bo’lgan avjli asardir. Ashulaning so’z matnlari ham asosan g’azal janriga ko’proq mansub bo’ladi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan asarlar odatda mumtoz ashula yoki xalq ashulasi deb yuritiladi.
Mumtoz ashulalar xalq orasida keng ommalshgan ularga “Ushshoq”lar, “Feruz” lar, “Bayot” lar, “Suvora” lar, “Chorgoh” larni kiritish mumkin. Xalqqa yoqqan ashula tezda ommalashadi va ulning namunasi ham ko’payadi. Xususan “Ushshoq” ning bir qancha turi bor “Samarqand ushshog’i”, “Qo’qon ushshog’i”, “Toshkent ushshig’i”, “Sodirxon ushshog’i” va boshqalar
Shashmaqom o’zbek va tojik xalqlarining mumtoz musiqasi hisoblanadi. Shashmaqom Buxoroda XVIII asrga kelib to’la shakllangan. Uning tarkibida 250 dan ortiq yirik shakldagi kuy va ashulalar mavjud. Shashmaqom olti maqom deganidir. Ular “Buzruk”, “Rost”, “Navo”, “Dugoh”, “Segoh” va “Iroq” deb nomlanadi.
Shashmaqomni maxsus bilimga ega bo’lgan sozanda va xonandalar ijro etishadi ularni biz maqomchilar deb ataymiz. Azaldan shashmaqomni ijro etadigan maxsus ansambllar faoliyat ko’rsatib kelgan bunday ansambllarga Toshkentda Ozbekiston teleradio kompaniyasi qoshida tashkil etilgan Yunus Rajabiy nomidagi “Maqomchilar”, Buxoro, Xorazm, Samarqand, Andijon va Farg’ona viloyatlaridagi maqomchilar ansambllari misol bo’la oladi.
Katta ashula Farg’ona vodiysining mahalliy uslubiga xos vokal janrlardan biridir. Xalq orasida patnisaki ashula ham deb yuritiladi. Katta ashula odatda cholg’u asboblarisiz ikki-uch xonandalar tomonidan ijro etiladi. Katta ashulaning kuy tuzilishu va ijrosi murakkab shaklda bo’lganligi uchun malakali mohir ashulachilar ijro etishadi.
Katta ashula ijro etish uchun ashulachida juda katta diapazonli, baquvvat chiroyli ovoz bo’lishi kerak, ijrochilik sirlarini ustozlardan o’rganish talab qilinadi, chunki katta ashula keng ko’lamli ohangi usul jihatidan erkinligi faqat Farg’ona vodiysiga xosligi bilan ajralib turadi. Ijro paytida katta ashulachilar navbat bilan birin-ketin ijro etadilar. Katta shulachilar qo’llariga likopcha ushlab oladilar, bu ashula aytishda qulay bo’lishi uchun xizmat qiladi
Xorazm eng qadimiy madaniyatga ega bo’lgan o’zining madaniyati va san’ati bilan o’rta osiyo madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan vohalardan biri. Xorazm mumtoz musiqasi janrlarga boy chunonchi maqom yo’llarida yaratilgan mumtoz kuy va ashula hamda o’ziga xos doston ijrochiligi san’atlariga ega. Xorazm maqomlari “Rost”, “Buzruk”, “Navo”, “Dugoh”, “Segoh”, “Iroq” va “Panjgoh” (to’liq bo’lmagan qism) lardan iborar. Umuman ular “Olti yarim amqom” deb yuritiladi.
Xorazm maqomlaridan tashqari bu vohaga mos bo’lgan “Suvora”, “Naqsh”, “Faryod” kabi mumtoz kuy va ashulalar ham bor. Bular aynan Xorazm mumtoz musiqasi namunalaridir. Ularning ijro uslublarida o’ziga xoslik mavjud. Xorazm maqomlari “Xorazm tanbur chizigi” asosida notaga olingan. Xorazm mumtoz musiqasining yana bir turi bu doston ijrochiligidir.
Surxondaryo va Qashadaryo vohasi o’zining mahalliy urf-odatlari va ananalari bilan alohida ajralib turadi ularning mumtoz musiqasi asosan dostonchilik bilan bog’liqdir. Doston ijrochiligining o’ziga xosligi ularning ovoz ishlatilishidir (tomoqda kuylaydi) va do’mbira cholg’usida jo’r bo’lishidadir. Doston ijrochilari xalq orasida dostonchi, baxshi, shoir deb ataladi. Dostonlarning qo’shiq qilib aytiladigan qismi “Noma” deb yuritiladi.
Bu vohada eng ko’p tarqalgan dostonlardan “Alpomish”, “Sohibqiron”, “Avazxon”, “Iskandarnoma”, “Go’ro’g’li”, “Oshiq G’arib va Shohsanam” va boshqalar. Ular tarixiy bahodirlik va ishqiy dostonlar hisoblanadi.
Musiqa madaniyati xalqlar orasidagi yaqinlikni, do’stlikni mustahkamlaydigan omil. Ma’naviyati buyuk bo’lgan xalqning kelajagi ham buyukdir. Mumtoz musiqa xalqimizning ustoz sozanda va xonanda va bastakorlari tomonidan yaratilgan ma’naviy ozuqadir, ularning mukammalligi, serko’lamligi, salohiyatliligi va salobatliligi buyuklik nishonasidir.
Klassik musiqa deb, muayyan shakl asosida yaratilgan musiqiy asarlarga aytiladi. O’zbek xalq klassik musiqasi janrlariga maqomlar, maqom yo’lida yaratilgan ashulalar va kuylar, katta ashula va suvoralar kiradi. Klassik musiqani o’tmishda yashab ijod qilgan bastakorlar, sozanda va xonandalar yaratganlar.
Turk musiqasi markaziy osiy xalqlari ayniqsa o’zbek musiqasi bilan ko’p jihatlardan o’xshashdir. Turk musiqasining asosiy janri “Maqom” deb nomlanadi va u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat-tqasim, kor, basta, og’ir-samoiy, sharqiylar, yuriq-samoiylar, soz-samoiysi. Turk maqomlari ijrosida zurna, bog’lama, soz, kamoncha, tanbur, yoyli tanbur (o’zbek satosiga o’xshash), qonun, ud, sumbut, doira, daf kabi milliy cholg’ulari ishlatiladi.
Ozarboyjon xalqi turkiy xalqlar avlodiga mansub bo’lib, o’zining uzoq o’tmishiga va milliy qadriyatlariga ega. Ozrboyjon xalqi musiqiy cholg’ularga bo, xalq orasida tutik, tulib zurna, balobon, duduk, kamoncha, soz, tor, daf, gabal, nog’ora, bala nog’ora yoki dumbul kabi milliy musiqiy cholg’ulari keng ommalashgan.
Turkman mumtoz musiqasining asosiy janrlari: dostonlar, badiy adabiyot namunalariga asoslangan ashulalardir. Turman xalq ashula va qo’shiqlarinig o’ziga xos tomoni shundaki ular ko’prok deklamatsion, yani so’zlashuv xarakterida ijro etiladi.
Eron musiqasining tarixiy ildizlari o’zbek, tojjik va turkman xalqlari madaniyatining ko’hna saxifalari bilan chambar-chas bog’langan. O’zbek, tojik maqomlariga o’xshash bo’lgan eron kasbiy musiqasining asosiy janri dastgoh deb ataladi. Eronda 7 ta dastgoh turkumi mavjud: shur, mohur, humoyun, segoh, chorgoh, navo, rost-panjgoh. Eronda soz, tanbur, santur, nay, surnay, ud, doira, chang kabi milliy cholg’ularidan foydalaniladi.
Arab xalqlari ko’hna va boy musiqa ananalariga ega. Bu mintaqada jozibador va o’ziga xos tarovati bilan farqlanuvchi samoniy, taqassim, bashrafmuvanshoh, movval, dar, kuba, ma’ruf kabi aytim janrlari hamda taxlima, samoniy, taqasim, bashraf singari cholg’ular keng tarqalgan.
Xitoy qadimiy boy madaniy ananalarga ega mamlakatdir. Xitoy musiqasi ayniqsa xalq qo’shiqchiligi qadim zamonlardan pentatonika tovushqatorlariga asoslanadi. Ashula rechitativ cholg’u musiqasiga asoslangan xitoy operasining mumtoz namunasi sifatida Pekin musiqa teatri Sitzuy keng rivojlangan.
Zamonaviy xitoy musiqasi mashhur kompozitorlari Si Sin-Xay, Nye Er, Chjan Shu, Xuan Sen, Xe Lu-Tin va boshqalar ijodida taraqqiy etmoqda.
Uyg’ur xalqi ko’p asrlik tarixga ega bo’lib o’zining boy madaniy merosi bilan markaziy osiyo xalqlari orasida alohida o’rin tutadi. Uyg’ur xalq musiqa san’ati ikki yo’nalishda yani folklor va og’izaki ananadagi kasbiy musiqa yo’nalishida shakllangan.
Qozoq xalqining musiqiy madaniyati ko’p jihatlari bilan qirg’iz xalqi madaniyatiga yaqin. Qozoqlar qo’shiqni “An” va “Olan” deb yuritadilar. Mashhur dostonlar “Qizjibek”, “Aman va sho’lan” va boshqalar. Doston asosan do’mbira cholg’usi bilan ijro etiladi, bu janrni ular jir deyishadi va ijrochisi “jirshi” nomida yuritiladi. Shu bilan birga qozoq xalqi orasida “aytishuv” janri keng ommalashgan.
Qirg’izlar turkiy xalqlar jumlasiga kirib, etnik jihatidan qozoqlarga yaqin hisoblanadi. Qirg’iz musiqasida keng ma’nodagi qo’shiq janri “Er” deb nomlanadi. Qirg’iz xalq musiqasida dostonchilik bir muncha qadiiyliligi bilan ajralib turadi. Mazmun jihatidan esa ko’proq afsonaviy qahramonlik mavzulariga tayanadi. Bunda afsonaviy xalq qahramoni “Manas” haqidagi doston turkumi juda mashhur. Doston ijrochilarini asosan aqin va aksariyat hollarda manasch ham deb atashadi.
Ma’lumki, jahon xalqlari azal-azaldan bir-birlari bilan siyosiy-ijtimoiy, savdo-sotiq va madaniy aloqada bo’lib kelgan har bir xalqning go’zal mukammal va arziguli ananasi, odati boshqa xalqlar ananasiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Buni biz hozirgi davrimizdagi yoshalr orasida g’arb estrada uslubidagi musiqa janrlarining ommalashgani bilan solishtirsak to’g’ri bo’ladi. Odatda musiqiy asarning “Nomi”, Shakli”, “Tovushqatori”, “Matni” bo’ladi.
Sharq xalqlarida”rebaba”, “rabab” nomlari bilan keng ommalashgan. Urma cholg’ular sharq xalqlarida daf, daff, dapp, def degan nomlarda uchragani kabi, damli sozlar ham nay, nyey, ney, noy; surnay esa zurna surna, homi deb qo’llaniladi.
O’zbek zamonaviy musiqasi deganda, hozirgi kunda ijro etilayotgan barcha musiqa turlarini tushunamiz. Ular janr nuqtai nazaridan rang-barang bo’lib, oddiy musiqay namunalar hamda murakkab asarlarni o’z ichiga oladi. Demak, bular o’zbek xalq folklor musiqasi, maqomlar, ananaviy bastakorlik va zamonaviy kompozitorlik ijodiga mansub musiqiy namunalardir. Zamonaviy o’zbek musiqasi orasida kompozitorlik ijodi juda keng rivojlanib, xalq orasida ommalshdi, ya’ni jahon musiqa madaniyatidan joy olgan opera, balet, simfoniya, oratoriya, kantata, musiqali drama, suita, poema janrlarida yetuk asarlar yaratildi.
Ma’lumki har-bir davr yiki zamon o’z taraqqiy darajasi negzida o’zining ma’naviy dunyosiga ega bo’ladi. Jamiyatning ehtiyojiga xos talabi, didga mos, dunyo qarashlari, zamonasiga mutonosib xalda shakllanadi. Bugungi kunnig asosiy talablari har bir sohada mustaqil bo’lish, milliy qadriyatlarimizni tiklash va jahon andozalari doirasida faoliyat ko’rsatishdan iborat. Buni biz musiqa san’atimizning tez rivoj topgani va ommaviy musiqiy shakllarning xalqimiz orasida keng tarqalganligida ko’ramiz.

XULOSA
Qo’shiq o’rgatish va musiqa tinglash jarayonida asarlardan parchalar kuylab ovozlarini sozlashi bolalarda qiziqish uyg’otadi. Bunda ijro uslublarini batafsil tushuntirish lozim. Asarlarni tahlil etishda bolalarni aktiv qatnashtirish maqsad ga muvofiqdir. Har bir xalqning o’z milliy san’ati mavjudligi, musiqa har bir tarixiy davrning badiiy aksi ekanligi haqida bolalarga aniq tushuncha hosil qilishi lozim. Shu asosda o’zbek musiqasining qisqa tarixi cholg’u asboblari va o’zbek xalq musiqa janrlari, maqomlari mumtoz qo’shiqlari zamonaviy qo’shiqlarini taqqoslab ko’rsatish mumkin.
Masalan: «Shoshmaqom», tojik va o’zbek xalqlarining azaliy birodarlik ramzi ekanligi, ularning ko’p cholg’u asboblari bir xilda ekanligi va boshqa xalqlar foydalanishi mumkinligi haqida, xalq musiqasi asosida yaratilgan kompozitorlik asarlar va zamonaviy musiqa bilan tanishtirib taqqoslash lozim.
Musiqa savoddidan o’lchovlar, ladlar ton va yarim ton, alteratsiya belgilari, dinamik belgilari, intervallar, reprizalar bilan tanishtirib musiqiy asarlarni tahlil qilish yaxshi natija beradi. Yangi dastur asosida mavzusi chorak mavzusi va dars mavzusi bir-biri bilan bog’lanadi.


Download 50,26 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 50,26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-2 Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad

Download 50,26 Kb.