|
Ta’lim menejmenti asoslari. Ta’lim menejmenti asoslari
|
bet | 2/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #241428 |
Bog'liq Nasimov Sanjarbek talim menejmentlari asoslariTa’lim menejmenti asoslari. Ta’lim menejmenti asoslari. - Oldindan ko‘rish-rejalashtirish funksiyasi. Boshqaruv faoliyatini oldindan ko‘rish (anglash) va rejalashtirish funksiyasi uchun maqsadli-motivlashtirish boshlang‘ich asos bo‘lib xizmat qiladi, oldindan ko‘rish-rejalashtirish funksiyasi tashkiliy shakllar, usullar, ta’sir etuvchi vositalarni aniqlaydi, nazoratning me’yori va natijalarini baholashga xizmat qiladi, shuningdek, pedagogik tizimni va uning ishtirokchilarining harakati va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tartibga solish imkonini beradi.
- Tashkiliy-ijrochilik funksiyasi. Bu funksiya boshqaruv faoliyatining barcha yo‘nalishlarida o‘z ifodasini topadi. Bu kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ijrochilarning o‘zaro ta’sir etish tizimini shakllantirish, axborotlar to‘plash va ularga ishlov berish faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Buning natijasida u yoki bu pedagogik tizimga xos tarkibiy tuzilish vujudga keladi.
- Nazorat-tashxis funksiyasi. Nazorat - bu boshqaruv jarayonining faol bosqichlaridan biri bo‘lib, u boshqaruvning barcha funksiyalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Umumiy holda nazorat rejalashtirilgan natija bilan haqiqiy erishilgan natijalarni o‘zaro solishtirish jarayoni bo‘lib, u faoliyatning muvaffaqiyatini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
- Tartibga solish - muvofiqlashtirish funksiyasi pedagogik tizimning holatini zaruriy, belgilangan darajada ushlab turish, uni yangi sifat darajasiga ko‘tarish va pedagogik jarayonda yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklami tuzatish hamda pedagogik jarayon ishtirokchilarining xatti-harakatlarini tartibga solish uchun xizmat qiladi.
- Mazkur funksiyalarni amalga oshirishda boshqaruv metodlari muhim ahamiyat kasb etib, ular boshqaruv jarayonida xodimlar faoliyatini tashkil etish va ularni muvofiqlashtirishda qo‘llaniladigan ta’sir etish yo‘llari va usullarining yig‘indisi hisoblanadi.
Ta’lim menejmenti asoslari. - Boshqaruv metodlari. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlarda ta’lim muassasalarini boshqarishga ko‘p darajada mos keladigan metodlarning to‘rt asosiy guruhi: iqtisodiy, tashkiliy- ma’muriy, ijtimoiy-psixologik va axborotlar to‘plash metodlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
- Iqtisodiy metodlar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yig‘indisini tavsiflab, har bir ishchi va butun muassasa uchun talablar belgilash bilan birgalikda zamonaviy talablar darajasida faoliyat ko‘rsatishlari uchun sharoitlar yaratadi. Ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish, innovatsion jarayonlarni kuchaytirish, ya’ni xodimlarning innovasion faoliyatlarini tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faolliklarini rivojlantirishda iqtisodiy metodlardan foydalaniladi.
- Rahbarlar tomonidan boshqaruv jarayonida, xodimlarning faoliyati batafsil o‘rganilgandan keyin, faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun bajariladigan vazifalar rejalashtiriladi. Bunda rahbarlar o‘z xodimlarining faoliyatlari natijalariga ko‘ra rag‘batlantirish, mukofotlash, jazolash (jarima solish) yoki moddiy yordam ko‘rsatishlarida boshqarishning mazkur metodidan foydalanishlari zarur bo‘ladi. Iqtisodiy qayta tashkil etishlar mazkur metodlarni kuchaytirishga yo‘naltiriladi.
- Mazkur funksiyalarni amalga oshirishda boshqaruv metodlari muhim ahamiyat kasb etib, ular boshqaruv jarayonida xodimlar faoliyatini tashkil etish va ularni muvofiqlashtirishda qo‘llaniladigan ta’sir etish yo‘llari va usullarining yig‘indisi hisoblanadi.
- Boshqaruv metodlari. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlarda ta’lim muassasalarini boshqarishga ko‘p darajada mos keladigan metodlarning to‘rt asosiy guruhi: iqtisodiy, tashkiliy- ma’muriy, ijtimoiy-psixologik va axborotlar to‘plash metodlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
|
| |