Tursunnazar Alijonov Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi. Web-sahifa yaratish texnalogiyalari




Download 218,25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.01.2024
Hajmi218,25 Kb.
#131214
Bog'liq
Tursunnazar Alijonov



Tursunnazar Alijonov
 
Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi.Web-sahifa yaratish texnalogiyalari.
Kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar Kompyuterlarning o‘zaro turli 
ma’lumotlar, programmalar almashish maqsadida biriktirilishi kompyuter 
tarmoqlari deyiladi. Kompyuterlar uchun bunday tarzda (tarmoqqa biriktirilgan 
holda) foydlanish juda ko‘p afzaliklarga ega. Masalan, kompyuter tarmog‘iga 
ulangan bir printerni barcha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi, biror tashkilot 
miqyosida hisobotni tez tayyorlash uchun uni bo‘limlarga bo‘lib, har bir bo‘lagini 
alohida tarmoq kompyuterida tayyorlash mumkin. Kompyuterlarning fizik jihatidan 
birlashtirilishi (simlar yoki boshqa yo‘llar bilan) tarmoq o‘zidan-o‘zi ishlaveradi 
degani emas. Tarmoqdagi kompyuter tarmoq OT boshqaruvida ishlaydi. 1957 yil 
ARRA (Advanced Research Rrojects Agency) tashkiloti tuzildi. 60-yillar oxirida 
DARRA (Defense Advanced Research Rroject Agency) ARRANet tajriba 
tarmog’ini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Ilk bor tarmoq 1972 yilda namoyish 
etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo’lib, asosiy tuzilish prinsipi tarmoqdagi barcha 
kompyuterlarning teng huquqli bo’lishi edi. 1975 yil ARRANet tajriba tarmog’i 
maqomini harakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga o’zgartirdi. 80-yillar boshida 
tarmoqda mashinalarning o’zaro ta’sir protokollari standartlashtirildi. Boshlang’ich 
variant TCR/IR (Transfer Control Rrotocol/Internet Rrotocol). BBN kompaniyasi 
bilan shartnoma tuzildi, bu esa TCR/Irni UNIX OT safiga kiritdi. 1983 yilda - 
Internet tashkil etildi. ARRANet 2 ta qismga bo’lindi: MILNet va ARRANet, ularga 
NSFNet va boshqa tarmoqlar ulandi. 1989 yil - ARRANet mustaqil almashish 
imkonini yaratdi. Biroq bir necha yil ilgari uning resurslariga faqat faylga murojaat 
qilishga mo’ljallangan dasturiy ta’minot yordamidagina kirish mumkin edi. 
Kompyuter tarmoqlarining asosiy vazifalari • Tarmoq abonentlari orasidagi axborot 
almashuvini ta’minlash; • Abonentlar uchun umumiy axborot resurslarini tashkil 
qilish; • Turli axborot spektrlarini yagona kanallarga mujassamlashtirish; • 
Telekommunikatsion tizimlarni konvergensiyalash (infokommunikatsion tarmoqni 
tashkil etish). 1970-1980 yillarda ushbu masalalarni xal etishda axborotni 
"markazlashtirilgan" qayta ishlash tizimlaridan foydalanish keng tus olgan edi. Katta 
moddiy harajatlar talab qiluvchi elektron hisoblash mashinalardan (EHM) 
markazlashgan usulda foydalanish avvalo uning hisoblash quvvatidan beunum 
foydalanishiga 
va 
kompyuter 
resurslaridan 
foydalanish 
imkoniyatlarini 
cheklanishiga olib keldi. Qolaversa markaziy EHM ning biror bir qismining qisqa 
vaqtga bo‘lsada ishdan chiqishi butun tizim uchun oir oqibatlarni keltirdi. Bu esa 
informatsion tizim foydalanuvchilarining barchasining ishini to‘xtatishga olib keldi. 
Ma’lumotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirish uchun ko‘p 
mashinali birlashmalar tashkil etilib, ular ko‘p mashinali hisoblash majmualari yoki 
kompyuter (hisoblash) tarmoqlari ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Ko‘p 
mashinali hisoblash majmualari yonma yon joylashtirilgan hisoblash mashinalari 
guruhi bo‘lib, ular maxsus bolash vositalari yordamida birlashtirilgandir va 


birgalikda yagona axborot hisoblash jarayonini bajaradi. Kompyuter (hisoblash) 
tarmog’i aloqa kanallari yordamida ma’lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning 
yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to‘plami bo‘lib, u ko‘p 
mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir. Kompyuter tarmog’i "tarmoq 
abonenti ", "stansiya " va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil 
topgan. 

Download 218,25 Kb.




Download 218,25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tursunnazar Alijonov Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi. Web-sahifa yaratish texnalogiyalari

Download 218,25 Kb.
Pdf ko'rish